Doimiy resurslar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq bo’lmagan va ko’rib o’tilayotgan davr mobaynida o’zgarmas holatda qoladigan re- surslardir. Ularga ishlab chiqarish maydonlari (bino yoki inshoat o’l- chami), yuqori malakali mutaxassislarning mehnati va o’ziga xos bilimi misol bo’la oladi.
Ishlab chiqarish hajmiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq resurslar o’z- garuvchan resurslardir. Ularga misol qilib elektroenergiya, xom- ashyo va materiallar, transport xizmatlari, ishchilar va muhandis-tex- niklarning mehnatini keltirish mumkin.
Ishlab chiqarish omillarini doimiy va o’zgaruvchanlarga bo’lish firma faoliyatini qisqa va uzoq muddatli davrlarga ajratishga imkon beradi.
Qisqa muddatli davr deb, firma o’z resurslarining bir qismini son jihatdan o’zgartirib qolgan qismini o’zgarmas holatda qoldirish dav- riga aytiladi.
Qisqa muddatli ishlab chiqarish funksiyasi – mavjud doimiy resurslar sharoitida firma o’zgaruvchan resurslar hajmini o’zgartirib ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan maksimal ishlab chiqarish hajmini ko’rsatadi.
Q = f (K, L)
Uzoq muddatli davr deb, firma o’zi foydalanayotgan jami resurs- larning sonini o’zgartirish mumkin bo’lgan davrga aytiladi.
Uzoq muddatli davrda barcha ishlab chiqarish omillari o’zgaruv- chan bo’ladi. Firma iqtisodiy resurslarga bo’lgan bozor talabi va nar- xiga qarab ishlab chiqarishning texnologik samaradorligi variantla- ridan birini tanlashi mumkin.
Bir o’zgaruvchan omil qatnashgandagi ishlab chiqarish
Ma‘lum vaqt oralig’ida jami ishlab chiqarilgan mahsulotni umu- miy mahsulot (Total product) desak, o’rtacha mahsulot (Average product) – umumiy mahsulotni ushbu mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o’zgaruvchan va doimiy ishlab chiqarish omillari (L,K) sarfiga nisbati bilan aniqlanadi:
TP
AP ;
L
TP
AP ;
K
Do'stlaringiz bilan baham: |