6-Mavzu. Jarayonlar va resurslar. Reja Resurslarni taqsimlash Jarayonlar bajarilishini rejalashtirish


Download 148.14 Kb.
bet1/4
Sana02.01.2022
Hajmi148.14 Kb.
#202039
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu. Jarayonlar va resurslar.


6-Mavzu. Jarayonlar va resurslar.
Reja


  1. Resurslarni taqsimlash

  2. Jarayonlar bajarilishini rejalashtirish.

  3. Registrli XESH-xotira, tashqi xotira

  4. Asosiy xotira, asosiy xotiraning mantiqiy strukturasi


Tayanch so’z va iboralar. Xotira, Xotirani taqsimlash jarayoni, Xotirani taqsimlash, ajratilgan programm ob’ektlar, Strategiya va dissiplina, Dinamik xotira

1. Xotira tushunchasi.

Xotirahar bir axborot so’zini saqlovchi joy xizmatini o’tovchi yacheykalar majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga so’zni yozish uchun shu so’z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko’rsatilishi lozim.

Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan uch qismdan iborat va ularning bir qismi xotira deb aytgan edik. Xotira ma’lumot va program-malar saqlash uchun xizmat qiladi.

Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:

• mikroprosessorli xotira (MPX);

registrli XESH-xotira;

• asosiy xotira (AX);

• tashqi xotira (TX).

Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (tmur) bilan o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan: murojaat qilish vaqti (tkil) va o’qish tezligi (Vo’qish) bilan o’lchanadi.

Tmur – ma`lumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;

tkil - yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;

Vo’qish - axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.

Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’tamiz:  sekund, ms - millisekund, mks - mikrosekund; 1 s=103 ms=106 mks=109 ns.


Download 148.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling