6-mavzu: Kichik ta’mirlash ish usullari. Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari. Reja


Download 29 Kb.
Sana01.10.2023
Hajmi29 Kb.
#1690444
Bog'liq
6-mavzu Kichik ta’mirlash ish usullari. Uy va xonadonlarni ta’m


6-mavzu: Kichik ta’mirlash ish usullari. Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari.
Reja:
1. Uy va xonadonlarni ta’mirlash ishlarining asosiy turlari.
2.Ta’mirlashda qo‘llaniladigan qurilish materiallari va asosiy ish asboblari
3. Ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari.
4. Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan asosiy ish asboblari.
Tayanch so’z va iboralar: Kosmetik ta’mirlash, kapital ta’mirlash, elita ta’mirlash
Uy va xonadonlarni ta’mirlash ko‘p mehnat va sarf-xarajat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shu sababli, bu kabi tadbirni boshlashda ta’mirlashning aynan qaysi turiga ehtiyoj mavjudligi aniq baholab olinishi lozim. Hozirda ta’mirlashning kosmetik, kapital, elita turlari mavjud.
Kosmetik ta’mirlash katta sarf-xarajat talab qilmaydigan, eng sodda va arzon ta’mirlash turi bo‘lib, u minimal mablag‘ va vaqt sarfi bilan xonadonning tashqi ko‘rinishini yangilashga qaratiladi. Xonadonda umumiy ishlov berish tadbirlari bajarilib, bunda santexnik jihozlar, xona interyer dizayni va devorlar konstruksiyasini o‘zgartirish bilan bog‘liq ishlar bajarilmaydi. Bunda asosiy vazifa shift va devorni tekislash va suvoq qilish, oboy, plintus, pol qoplamalarini almashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Odatdagi kosmetik ta’mirlash xonadon egalarining kuchi bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kapital ta’mirlash nisbatan ancha murakkab va qimmatbaho ta’mirlash turi hisoblanib, unda barcha kommunikatsiya tarmoqlari almashtirilishi, xona devorlarining konstruksiyalari o‘zgartirilishi asosiy tadbirlar qatoriga kiradi. Bu kabi ta’mirlash ishlari albatta, tegishli soha mutaxassislari va ustalarini jalb qilgan holda bajariladi.
Elita usulida ta’mirlash ham kapital ta’mirlashga o‘xshaydi, faqatgina u zamonaviy qurilish va ishlov berish materiallari, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda, yuksak malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, bu ta’mirlash turida mutaxassis dizayner tomonidan xonadonning individual dizayn loyihasi tayyorlanib, maishiy texnika va bezaklarni o‘rnatishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda uning o‘zi bevosita ishtirok etadi.
Alohida aniqlik talab qilmaydigan o‘lchash ishlarida yig‘ma va rulet metrlardan foydalanish mumkin. O‘lchashda metrning to‘liq ochilganligi, zarur uzunlikka ega ekanligi hamda tarang tortilganligiga e’tibor qaratish lozim.
Nisbatan aniqroq o‘lchashlar uchun shtangensirkuldan foydalaniladi. Xonadonni ta’mirlashda uning yordami bilan bir necha millimetrdan bir necha detsimetrgacha o‘lchamdagi teshiklar diametri, detallar qalinligini o‘lchash mumkin.Quvurlar, simlar, yupqa listli metallar qalinligini o‘lchashda mikrometrdan, tashqi o‘lchamlarni olishda kronsirkuldan, ichki o‘lchamlarni olishda nutromerdan foydalaniladi.
Qurilish sanoatining rivojlanib borishi natijasida yog‘och, tosh va g‘isht kabi an’anaviy qurilish materiallari qatoriga beton, po‘lat, shisha va plastmassa kabi ashyolar qo‘shilib bordi. Hozirda qurilishda temirbeton va metalloplastik materiallar keng qo‘llanilmoqda Ko‘pchilik zamonaviy materiallar yengil vaznga egaligi bilan birga qurilish konstruksiyalari uchun muhim bo‘lgan yuqori mustahkamlikka ega.


Mustahkamlash uchun savollar
1.Uy va xonadonlarni ta’mirlashning asosiy turlarini ayting.
2.Ta’mirlashda qo‘llaniladigan qurilish materiallari ayting
3. Ta’mirlashda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilish materiallari qaysilar.
4. Uy va xonadonlarni ta’mirlashda qo‘llaniladigan asosiy ish asboblarini izohlang.


Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Uy-ro’zg’or asoslari. M.Z.Murtozayev. M.Q.Muxliboyev. O’quv qo’llanma.-T.: “Ziyo”, 2021, 160 bet.

  2. Texnologiya va dizayn. O’quv qo’llanma. B.Qurbonov, G.Kurbanova. Toshkent “Innovatsiya - Ziyo” 2020, 140 bet.

  3. Qo‘ysinov O.A., Sattorov V.N., Yakubova H.S. — Mehnat ta’limidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasi.” metodik qo‘llanma. Toshkent.

  4. 6-sinfda texnologiya va dizayn yo’nalishi bo’yicha yog’och va metallga ishlov berish texnologiyasini o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent:”Innovatsiya-Ziyo”, 2022, 88 bet.

Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling