6-mavzu: Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish


Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari


Download 20.37 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi20.37 Kb.
#1540677
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-mavzu

2. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari.


1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi ushbu Qonundan hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iborat bo‘ladi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi korxonalarni va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
3. O‘zbekiston Respublikasining respublika hududidan tashqaridagi mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ushbu Qonun va davlatlararo hamda hukumatlararo shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.

3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlari va obyektlari.


Subyektlari (5-modda)
O‘zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslar
ajnabiy yuridik shaxslar ommaviy mulkni sotib oluvchi subyektlar bo‘lishi mumkin

3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlari va obyektlari.


obyektlari
O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulki
obyektlari to‘liq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.

2. Quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:


1) O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;
2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;
4) pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar;
5) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk);
6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
    • 7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;

8) qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;
    • 9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

10) kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;
11) O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;
12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
13) portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;
15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
16) davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;
17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);
18) qabristonlar.

Download 20.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling