6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja


Download 1.46 Mb.
bet7/51
Sana28.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1135898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (2) (1)

Nazorat savollar:

1. Bolalarni daromad va xarajatlarni taqsimlashga o‘rgatish, jamg‘armalardan qanday foydalanishni mumkin?





  1. Bola MTMda matematikani tushunmasdan yodlamaydi, balki uni o‘zining kundalik va bulg‘usi vazifalarni xal etish asbobi deb biladi. Ushbu fikr muallifi kim?

10-mavzu: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA IQTISODIY


TUSHUNCHALARNI BERISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI Reja:

  1. Maktabgacha ta’lim muassasasida iqtisodiy tushunchalarni berish usullari




  1. Iqtisodiy ta’lim tarbiya berishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘llari




  1. Iqtisodiy tarbiya jarayonida bolalarda tejamkorlikni shakllantirish



Tayanch so`zlar. Tarbiya, ta`lim, jarajon,bolalar, faoliyat, iqtisod, tejamkorlik

Extiyojlar insonning hulk-atvori va rivojlanishining ichki manbalaridir. Binobarin, tarbiya birinchi navbatda ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Insonda ahloqiy jihatdan o‘zini oqlaran, oqilona ehtiyojlar tarbiyalanishi lozim. Zero ular oila, bog‘cha, jamiyatning moddiy imkoniyatlari bilan solishtirilishi va mehnat faoliyatida qondirilishi kerak. Bolalarni shunday fikrga olib kelish kerakki, ular hayotda biz doimo turli xil buyumlar to‘plamidan yaxshisini, o‘zimizga mosrog‘ini tanlab olishga to‘g‘ri kelishini bilsinlar. Tanlash uchun esa dastlab sotib olinadigan buyumlarni o‘zaro taqqoslash zarur. Taqqoslash uchun miqdor va sifat ko‘rsatkichlari kerak bo‘ladi. Demak bolalarga matematikani bilmasdan turib o‘lchash, taqqoslash, to‘g‘ri tanlash mumkin emasligini tushuntirish lozim.


Bolalarga tanlash hayotimizning doimiy hamrohi ekanligi hamda u matematik hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladigan iqtisodiy mulohazalar va tanlashlarga asoslanishi haqida tushuncha berish kerak. Matematikani bilmay turib doimo nimalarnidir oz-ozdan yo‘qotishimiz mumkin, lekin bir yil ichida bu


33
yo‘qotishlar sezilarli summani tashkil etadi. Vaholanki, bu pulga o‘ziga yoki o‘z oilasiga birorta kerakli narsani sotib olish mumkin bo‘lardi. Shunday ekan, iqtisodni matematika bilan uyg‘un xolda bilmaslik har qanday kishi uchun zararlidir. Chunki u doimo o‘zi uchun kerakli puli, vaqtini yo‘qotadi, yaxshi imkoniyatlarni boy beradi. Iqtisod bilan matematikani yaxshi bilish hayotga to‘g‘ri tayyorlashga yordam beradi.


Bundan tashqari, iqtisodiy tarbiya jarayonida bolalarda maqsadga muvofiq ravishda mehnat qilish, mehnat unumdorligini oshirishga intilish, o‘zi va jamoa mehnatiga, ish vaqtiga nisbatan tejamkor, rejali bo‘lish ehtiyojini shakllantirish muhimdir. Iqtisodiy tarbiya ishlab chiqarish qurollariga, mehnat predmeti va jarayoniga ongli munosabatning paydo bo‘lishiga yordam beradi.


Bog‘chada tejamkorlik, extiyotkorlik ko‘nikmalari va odatlarini avvalo bolalarning vaqt budjetiga, shaxsiy buyumlarga bular asosida umuman ijtimoiy mulkka nisbatan shakllanadi. Bunga faqat malakani emas, balki extiyojiga qarab ish ko‘rish odatini tarkib toptirish muhimdir.


Tejamkorlik va omilkorlik munosabati mehnatdagi mas’uliyatsizlik faktlariga murosasizlik bilan birgalikda jamoat mulkini orttirishga olib keladi. Tarbiyada bu ikki vazifa bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak.


Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning mazmuni quyidagi masalalarni o‘z ichga olishi kerak.


-iqtisodiy rivojlantirishning o‘zbek modeli va jamiyatni yanada takomillashtirishda uning ahamyati;


-O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirishda davlatning roli;


-O‘zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyisloxotlarning asosiy tamoyillari; -O‘zbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga kirishi zarurligi va


uning vazifalari;


-O‘zbekiston davlat tuzilishining milliy shakliga, jamiyat ishlarini demokratik boshqaruviga o‘tishining mustaqil yo‘li;


-barqarorlik tushunchasi, uning asosiy belgilari, barqarorlikni ta’minlash omillari;


-O‘zbekistonda narxlarni liberalizatsiyalash va bozor infrastrukturasining shakllana boshlashi;


-O‘zbekiston Respublikasida samarali soxaviy-ishlab chiqarishni shakllantirish yo‘llari va yo‘nalishlari. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan masalalarga javob tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning asarlari so‘zlaran nutqlari dastlabki manbalardan hisoblanadi.


Ammo, ilmiy-texnika taraqqiyoti nuqtai nazardan, hozirgi kunda bog‘cha yoshining kasbiy tayyorgarligini tashkil etishning eskirib qolgan forma va metodlariga tayanadi. U ta’limni ishlab chiqarish mehnati bilan qo‘shib olib borishda, juda sodda, ba’zan xonaki bog‘cha xo‘jaligiga asoslanadi. Keskinlashib borayotgan qarama-qarshiliklar bog‘cha yoshlari orasida salbiy hodisalar: siyqa mazmunli va sodda mehnati bilan bog‘liq ishlarni bajarishni istamaslik, dangasalik va mehnatga beparvo bo‘lish, pala-partishlik, o‘ta intizomsizlik, mehnatning yomon tashkil etilishi va mehnat unumdorligining pastligiga odatlanish kabi holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodiy ta’lim va tarbiyaning maqsadi yosh avlodni


34
mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlarda ongli va iqtisodiy savodli ishtirok etishga tayyorlashdan iborat. Bu esa islohatlarning o‘tkazilishini ancha tezlashtiradi, iqtisodiyotni o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarni qisqartiradi. Iqtisodiy ta’lim bolara ehtiyoj turlari va ularni qondirish manbalari hakida, tanlash zarurligi to‘g‘risida, inson va jamiyat hayotida pulning roli haqida, daromadlaring manbayi va oila sarf-xarajatlari strukturasi to‘g‘risida tushunchalar berish (tasavvur hosil qilishi) kerak. Bolalarning tovarga va xizmatlar haqidagi, ularni qanday hosil bo‘lishi, ishlab chiqaruvchining munosabatlari, savdo tashkiloti va iste’molchi to‘g‘risidagi, mulkning nima ekanligi haqida bilimlari yuqorida aytib o‘tilgan tasavvur (tushuncha)larga asoslanishi kerak. Bolalarni ko‘p darajali iqtisodiyot: bog‘cha va uy-xo‘jaligi, korxona, regional xo‘jalik va iqtisodiyoti olamiga olib kirishi lozim. Uni o‘z oilasining iehtiyojlarini, shu jumladan o‘z ehtiyojlarini tahlil qilishga, ulardan birinchilari-hayotiy muhimlarini ajratib ko‘rsatishga, oila ehtiyojlarini qondirishda oila budjeti imkoniyatlarini aniklashga o‘rgatish kerak. Unga o‘z pullaridan qanday qilib yaxshiroq foydalanish, magazinlardan eng oddiy narsalar xarid qilish haqida gapirib berish, ehtiyojlarini qondirishda mehnatning ahamiyatini tushuntirishi lozim. Jamiyatning yacheykasi sifatida oilaning stabillashuv, ommaning islohatlarni tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi, iqtisodiy o‘zgarishlar samaradorligini oshirish oldida qo‘yilgan maqsadga erishishning muhim natijasidir.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling