6-mavzu: maktabgacha ta’lim muassasalarida iqtisodiy tarbiya berishda sharq mutafakkirlari fikrlaridan foydalanish reja


Download 1.46 Mb.
bet6/51
Sana28.01.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1135898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika (2) (1)

Nazorat savollar:



  1. Iqtisodiy ta’lim va tarbiya bolalarga tevarar-atrofimizdagi iqtisodiyot nimani o‘rganadi?




  1. MTMda iqtisod o‘rganish zarurligi nimalardan iborat?

30
9-mavzu: BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA IQTISODIY


TA’LIMNING AHAMIYATI
Reja:

  1. Barkamol avlodni tarbiyalashda iqtisodiy ta’limning ahamiyati




  1. Iqtisodiy ong, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rag‘batlantirish tushunchalarni o’rgatish




  1. Bolalar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirish



Tayanch so‘zlar: avlod, rivojlanish, tarbiya, ta’lim, tushuncha, iqtisod

Sivilizatsiyaning ming yillik tajribasi, shuni ko‘rsatadiki, xususiy mulkchilikni keng rivojlantirmay turib, xo‘jalikni samarali boshqarib bo‘lmaydi. Sharqiy Yevropa, Xitoy, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrikaning bir qator mamlakatlarida va Kubada jamiyat hayotini huquqsiz (ya’ni xususiy mulkchiliksiz) yo‘lga qo‘yishga bo‘lgan turli urunishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Mana shuning uchun xam O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohatlar yo‘liga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Respublika aholisining eng muhim iqtisodiy huquqi - mulk huquqi e’lon qilingan. Davlat iqtisodiy faoliyatni, tadbirkorlikni, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy himoyasini kafolatlaydi. Har bir mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanidi va uni boshqaradi.


Lekin mulkdor yuqorida aytib o‘tilgan mulk huquqidan samarali foydalana olishi uchun u iqtisodiy bilim asoslarini yaxshi bilishi va amalga oshirish uchun eng yaxshi variantni tanlashi lozim. Buning uchun, o‘z navbatida, matematikani yaxshi bilishi kerak. Chunki matematika iqtisodiyot bilan chambarchas bog‘langan. Bunda iqtisod matematika oldida inson hayotining kundalik va istiqboldagi dolzarb vazifalarni qo‘yish kerakligini nazarda tutish juda muhimdir. Shu bois matematikani hayot bilan chambarchas bog‘liq holda o‘qitish kerak. Shunda bola bog‘chada matematikani tushunmasdan yodlamaydi, balki uni o‘zining kundalik va bulg‘usi vazifalarni xal etish asbobi deb biladi.


G‘arbda bu vazifa allaqachon xal etilgan va shu xolicha u muayyan vazifa hisoblanmaydi, u haqda yozmaydilar ham, gapirmaydilar ham. U jamiyat hayoti va oila tarzining ajralmas qismiga aylangan. Bolalar o‘zlarrining barcha daromatlarini hisobga olgan holda, xarajatlarni planlashtiradilar, pullarini ota-onalariga berib qo‘yadilar va bergan pullarini ortig‘i bilan oladilar. O‘z pullarini ishonchli bo‘lishi uchun o‘ziga yaqin tutgan kishisini tanlaydilar.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, bolalar uchun iqtisodiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Iqtisodiy ong, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy rag‘batlantirish? Xo‘jalik tizimi, iktisodiy aloqalar, iqtisodiy integratsiya, ishlab chiqarish dasturi, korxonani rivojlantirishning biznes-plani, investitsiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, tadbirkor - xo‘jalik yurituvchi subyekt, ish o‘rni, inson- iqtisod subyekti, yangi texnalogiyalar. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tushunchalarni bir-biri bilan o‘zaro


31
bog‘liqlikda idrok qilish oson bo‘lishi uchun o‘quv materiallarini yuqoridan pastga sxemasi bo‘yicha tuzish maqsadga muvofiq:





  • hayot va ish uchun zarur bo‘lgan xamma narsalarni yetkazib beruvchi bog‘chaning ijtimoiy xo‘jaligi;




  • regional xo‘jalik - maxalliy xomashyo va mehnat resurslari manbayi;




  • xo‘jalik yurituvchi subektlarning soxaviy birlashmalari, ular birlashma tarkibiga kiruvchi korxonalar ishini muvofiqlashtiradi;

- korxona - moddiy ishlab chiqarish va xizmat soxasining asosiy ishlab chiqarish yacheykasi.


O‘quv materiallariga kiritiladigan barcha tushunchalar aniq mazkur mashg‘ulot o‘tayotgan vaqtga kelib bolalar ongida shakllangan lug‘at doirasida bayon qilinishi, bolaning fikrlari iqtisodiyotga kirib boradigan asosiy sohalarni qamrab olishi kerak.


Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi.


Ma’naviyat ilm-fan, falsafa, ahloq, huquq, adabiyot va san’at, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar, din va boshqa ko‘plab tarixiy amaliy va zamonaviy qadriyatlarning ta’sirida shakllanadi. Aynan shuqadriyatlar oilada ota-ona, katta yoshdagi oila a’zolari ta’sirida shakllanadi.


O‘zbek xalqi qadimdan oila ma’naviyatiga alohida e’tibor qaratgan. Bugungi kunda ma’naviy merosdan foydalanib, mustaqil respublikamiz talabiga javob beradigan yoshlarni tarbiyalash har bir oilaning muqaddas burchidir.


Bu burchni sharaf bilan ado etish oilada yosh avlod ongiga avlodlar shajarasi, kasb-kori, urf-odatlari, an’analari, tarbiya usullari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos ijobiy tarixini singdirish, undan g‘ururlanish hissini tarbiyalashdan boshlanadn. o‘z ota-onasidan, oilasi, avlod-ajdodlari tarixidan g‘ururlangan inson o‘z o‘lkasi, millati, xalqi, tili, diii, madaniyatidan g‘ururlanishi, Uni avaylab -asrashi, dunyoga ko‘z-ko‘z qilishi tabiiydir. Buning uchun oilada bolaning ongiga yoshlikdan boshlab «sen tarixi boy, ulug‘ millatning farzandisan», «sen ulug‘ mutafakkirlar, allomai-zamonlarni dunyoga keltirib, tarbiyalagan bobokalonlarning ajdodisan», «o‘zbek xalqi boy ma’naviyatli, vatanga, xalqqa, sadoqatli xalq», «Bizning mamlakat dunyoda tabiati eng go‘zal, boy diyor» kabi tushunchalarni singdirib bormoq lozim.


Bolalar iqtisodiy ongining qaror topishi ularda iqtisodiy tushunchalar tizimini shakllantirishni, ularning jamiyatni iqtisodiy rivojlantirish qonunyatlarini, iqtisod, ishlab chiqarishni tashkil etishga doir umumiy ma’lumotlarni o‘zlashtirib olishni, ularda fikrlash operatsialari (tahlil, sintez qilish, umumlashtirish va boshqalar)ni rivojlantiradi va keyinchalik eng oddiy iqtisodiy tahlil qilish ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirishni nazarda tutadi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalarning matematikaga oid mashg‘ulotlarida iqtisodiy elementlarni oshirib borish lozim. Buning uchun bolalarni oila budjeti asoslariga o‘rgatish kerak. Shunda ular turli xil oila xarajatlari, oila a’zolari daromadi (ish xaqi, pensiya, stipendiya, yordam puli va boshqalar)ning qanday manbalar hisobiga qoplanishini bilib oladilar. Bolalarni budjetning raqamlaridagi ifodasi bilan tanishtirish, oilaning ovqatlanish, kiyim-bosh, poyabzal, kommunal xizmatlar,


32
o‘yin-kulgi, sayr-tamosha va hokazolar uchun bo‘ladigan xarajatlarni misollar va o‘yinchoqlar bilan tushuntirish kerak. Shundan keyin bolaning shaxsiy budjetini misol qilib ko‘rsatish kerak. Bolalarni daromad va xarajatlarni taqsimlashga o‘rgatish,jamg‘armalardan qanday foydalanishni mumkinligini ularga gapirib


berish lozim.


Shundan so‘ng bolalarga ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turlari haqida oddiy tushunchalar berish kerak. Ularga qo‘shimcha ishlab chiqarish yoki uy xo‘jaligini yuritishni, har qanday faoliyat xarajatlari bilan bog‘liqligini eng oddiy misollarda tushuntirish lozim.





Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling