6-mavzu Ma`lumotlar bazasida ishlatiladigan tillar. Sql tili haqida tushuncha
Download 47.02 Kb.
|
maruza6
6-mavzuMa`lumotlar bazasida ishlatiladigan tillar. SQL tili haqida tushunchaReja: SQL tili SQL operatorlarini yozish. Ma`lumotlar bilan ishlash (manipulyatsiya) 10.1. SQL tili SQL tili tarixi. SQL (Structured Query Language) — Strukturalashgan so`rovlar tili — relyatsion MB bilan ishlashda qo`llaniladigan so`rovlar tilidir. Relyatsion modelning tarixi (va bilvosita SQL tarixi ham) 1970 yil E.F.Koddni (bu paytda u IBM korporatsiyasining San Xosedagi tadqiqot markazida ishlagan) maqolasi chiqqan davrdan boshlanadi. 1974 yil shu laboratoriyada ishlovchi D. Chemberlen ‘Structured English Query Language’ yoki SEQUEL deb nomlangan tilni e`lon qiladi. 1976 yil bu tilning qayta ishlangan SEQUEL/2 versiyasi yaratildi va u rasmiy ravishda SQL deb atalgan. Hozirgi kunda SQL qisqartmasini ba`zilar ‘sikvel’ deb talaffuz etadi. Biroq rasmiy ravishda u ‘es-kyu-el’ deb o`qilishi kerak. SQL tili relyatsion algebra paydo bo`lgandan keyin paydo bo`ldi va uning birinchi prototipi IBM Research kompaniyasi tomonidan 70 yillar oxirida yaratilgan. Bu til birinchi IBM System R nomli MBBT tarkibiga kiritilgan. Keyinchalik bu til ko`pgina tijorat MBBT tarkibida qo`llanilgan va keng tarqalganligi sababli vaqt o`tishi bilan relyatsion MBBT larda ma`lumotlar ustida amallar bajaruvchi tillarning norasmiy standarti bo`lib qoldi. SQL tilining birinchi rasmiy standarti 1989 yil qabul qilingan. Ko`pgina MBBT lar ushbu standartni qo`llab – quvvatlaydi. Biroq MB bilan bog`liq axborot texnologiyalarining rivojlanishi va ba`zi talablarning paydo bo`lishi birinchi SQL standartini qayta ishlash va kengaytirishni taqoza etdi. 1992 yil oxirida SQL tilining yangi xalqaro standarti (SQL/92 yoki SQL2) qabul qilindi. Unda ham ba`zi kamchiliklar aniqlangan, biroq shunga qaramasdan SQL/89 ga nisbatan aniq va to`liqroq hisoblanadi. Ko`pgina MBBT ishlab chiqaruvchilar o`z mahsulotlarini SQL2 standartini qanoatlantiradigan qilib o`zgartirdilar. 1999 yil SQL3 deb atalgan yangi standart paydo bo`ldi. Agar SQL1 va SQL2 standartlari bir–biridan miqdor jihati bilan farq qilgan bo`lsa, SQL3 standarti sifat jihatlari bilan farqlanadi. SQL3 ga murakkab tuzilmaga ega ma`lumotlar tipini ishlatish imkonini beradigan yangi ma`lumotlar tipi kiritilgan. Bu tipni ob`ektga mo`ljallanganlik darajasi yuqori hisoblanadi. SQL tilini to`la qonli an`anaviy dasturlash tillari tarkibiga kiritib bo`lmaydi. Chunki, unda dastur bajarilishini boshqaruvchi va boshqa ko`pgina an`anaviy operatorlar yo`q. Unda faqat MB da saqlanayotgan ma`lumotlarga murojaat qiluvchi operatorlar mavjud. SQL tili o`rganish uchun juda oson. SQL: bu noprotsedura til. Shuning uchun, unda ma`lumotni qanday olish emas, balki qanday ma`lumot olish kerakligi ko`rsatiladi. Boshqacha aytganda, SQL tili ma`lumotlarga murojaat usulini ko`rsatishni talab etmaydi. Boshqa zamonaviy tillar kabi SQL tili operatorlarning mustaqil formatiga ega. Ya`ni, operatorlarni yozishda operatorlarni alohida elementlari ekrandagi ma`lum o`rinlarda joylashishi bilan bog`liq emas. buyruqlar ingliz tilining odatdagi so`zlaridan iborat kalit so`zlardan tashkil topgan, masalan, CREATE TABLE (jadval yaratish), INSERT (kiritish), SELECT (tanlash) CREATE TABLE Staff (staffNo VARCHAR(S), IName VARCHAR(15), salary DECIMAL(7,2)); Axborot texnologiyalari sanoatida SQL tili ommaviy tarqalishi jihatidan eng oldingi o`rinlarda turadi. IBM kompaniyasining ikkinchi darajali tadqiqot loyihasining bajarilishi natijasida paydo bo`lgan SQL tili hozirgi vaqtda MBBT lar faktori sifatida keng tarqaldi. Xo`sh, SQL nima? Nima uchun u bunchalik muhim? U nima ish qiladi va u qanday ishlaydi? Agarda SQL - haqiqiy standart bo`lsa, nima uchun MB ning juda ko`p versiyalari va dialektlari mavjud. SQL Server, Oracle, Interbase, Paradox MBBT lar bir - biridan nimasi bilan farq qiladi? SQL haqiqatan ham kompyuterlar va lokal tarmoq uchun shunchalik muhimmi? SQL tilining rivojlanish tarixi: 1970 Doktor Kodd relyatsion MB modeleni yaratdi. 1974 IBM kompaniyasi System/R loyihasini ishlashga kirishdi. 1974 SEQUEL tili haqidagi birinchi maqola chiqdi. 1978 System/R loyihasinining tajribaviy tadbig`i. 1979 Oracle kompaniyasi birinchi relyatsion MBBT ni yaratdi. 1981 Relational Technology kompaniyasi Ingres relyatsion MBBT ni yaratdi. 1981 IBM kompaniyasi SQL/DS relyatsion MBBT ni yaratdi. 1982 ANSI SQL tilini standartlash ko`mitasini tashkil qildi. 1983 IBM kompaniyasi DB2 relyatsion MBBT ni yaratishini e`lon qildi. 1986 ANSI SQL1 standartini qabul qildi. 1986 Sybase kompaniyasi tranzaktsiyalarga ishlov beruvchi relyatsion MBBT yaratdi. 1987 ISO SQL1 standartini qo`llab-quvvatladi. 1988 Microsoft va Ashton-Tate kompaniyalari OS/2 operatsion tizimi uchun SQL Server relyatsion MBBT ni yaratishini e`lon qildi. 1989 Unumdorlikni aniqlovchi TPC (TPC-A) birinchi test matbuotda e`lon qilindi. 1990 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-B test matbuotda e`lon qilindi. 1991 SQL Access Group kontsertsiumi MB ga kirish spetsifikatsiyasini chop qildi. 1992 Microsoft kompaniyasi ODBC protokoli spetsifikatsiyasini chop qildi. 1992 ANSI SQL2 standartini qabul qildi. 1992 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-C (OLTP tizimi uchun) test matbuotda e`lon qilindi. 1993 Ma`lumotlarni saqlash xizmatlarining birinchi tizimi topshirildi. 1993 ODBC protokolini qo`llovchi birinchi dasturiy mahsulotlar topshirildi. 1994 Unumdorlikni aniqlovchi TPC-D (qarorlar qabul qilish tizimlari uchun) test matbuotda e`lon qilindi. 1994 Parallel ishlovlarni qo`llovchi server MB topshirildi. 1996 OLAP MB ga ruxsat va OLAP tizimlari unumdorligini aniqlovchi test API-funktsiya standarti chop qilindi. 1997 IBM kompaniyasi boshqa platformalarda ishlovchi DB2 Universal Database relyatsion MBBT ni yaratdi. 1997 Etakchi MBBT ishlab chiqaruvchilar Java-texnologiyasini qo`llab-quvvatlashlarini e`lon qilishdi. 1988 Microsoft kompaniyasi korporativ MB ni qo`llovchi Windows NT platformasi uchun SQL Server 7 MBBT ni yaratdi. 1998 Oracle kompaniyasi Internet muhitida ishlashni ta`minlovchi Oracle 8i MBBT ni yaratdi. Download 47.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling