6-mavzu Ma`lumotlar bazasida ishlatiladigan tillar. Sql tili haqida tushuncha
Download 47.02 Kb.
|
maruza6
- Bu sahifa navigatsiya:
- SQL tilining vazifasi.
SQL tili. SQL - kompyuter MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni qayta ishlash va o`qish uchun mo`ljallangan instrument bo`lib, u faqat relyatsion MB bilan ishlaydi. Barcha relyatsion MBBT lar SQL tilini tushunadi.
Bu sxemaga muvofiq hisoblash tizimi muhim ma`lumotlar saqlanuvchi MB ga ega bo`ladi. Agarda foydalanuvchi MB dan ma`lumotlarni o`qimoqchi bo`lsa, u buni MBBT dan SQL yordamida so`raydi. MBBT so`rovga ishlov beradi, talab qilingan ma`lumotlarni topadi va uni foydalanuvchiga uzatadi. Ma`lumotlarni olish yoki ma`lum bir shartlar buyicha ishlov berilgan ma`lumotni MB dan olish buyrug`i so`rov deb aytiladi. SQL bir qator imkoniyatlarga ham ega, ya`ni: 1. Ma`lumotlar tuzilmasini tuzish. SQL foydalanuvchilarga MB tuzilmasini tuzish, o`zgartirish hamda MB elementlari o`rtasida aloqalarni o`rnatish imkoniyatini beradi. 2. Ma`lumotlarni o`qish. SQL foydalanuvchi yoki dasturga MB da saqlanuvchi ma`lumotlarni o`qish va ulardan foydalanish imkonini beradi. 3. Ma`lumotlarni qayta ishlash. SQL foydalanuvchiga yoki dasturga MB ni o`zgartirish, ya`ni unga yangi ma`lumotlar qo`shish, mavjud ma`lumotlarni o`zgartirish va o`chirish imkonini beradi. 4. MBni himoyalash. SQL yordamida MB foydalanuvchilarini, undagi ma`lumotlarni o`qish va o`zgartirish imkoniyatlarini chegaralab qo`yish mumkin. Bu orqali ruxsat berilmagan foydalanuvchilardan axborotlar himoyalanadi. 5. Ma`lumotlardan birgalikda foydalanish. SQL ma`lumotlardan birgalikda foydalanishni koordinatsiya qiladi, bu esa paralel ishlayotgan foydalanuvchilar bir-birlariga xalaqit bermasdan MB dagi ma`lumotlardan foydalanishlari imkonini beradi. 6. Ma`lumotlar yaxlitligini ta`minlash. SQL MB ni yaxlitligini ta`minlashga imkon beradi va unda noo`rin o`zgartirishlar qilishni oldini oladi. Demak, SQL MBBT bilan o`zaro aloqa qiluvchi etarlicha kuchli tildir. SQL tilining vazifasi. SQL tili foydalanuvchining relyatsion MB bilan muloqat qilishi uchun mo`ljallangan bo`lib, quyidagi 3 ta qismdan iborat: DDL (Data Definition Language) – ma`lumotlarni aniqlash tili. MB ni (jadvallarini, indekslarini va h.k.) yaratish va uning sxemasini tahrirlash uchun mo`ljallangan. DCL (Data Control Language) – ma`lumotlarni boshqarish tili. Foydalanuvchilarning MB ob`ektlariga murojaatini chegaralash operatorlaridan iborat. DML (Data Manipulation Language) – ma`lumotlarni qayta ishlash tili. MB jadvallariga o`zgartirishlar kiritish uchun mo`ljallangan. MB bilan ishlovchi ixtiyoriy til foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlarni yaratishi lozim: tuzilmasini to`la tavsiflagan holda MB ni va jadvallarini yaratish; ma`lumotlar ustida manipulyatsiya amallarini bajarish, masalan, jadvallardan ma`lumotlarni kiritish, tahrirlash, va o`chirish; oddiy va murakkab so`rovlarni bajarish. Bundan tashqari, MB bilan ishlovchi til yuqoridagi amallarni bajarish uchun foydalanuvchilardan kam urinishlarni talab qilishi, hamda buyruqlarining sintaksisi va tuzilishi o`rganish uchun oson va tushunarli bo`lishi kerak. Nihoyat, bu til universal bo`lishi kerak. Bu bir MBBT dan boshqasiga o`tganda buyruqlarni bir xil tuzilmasi va sintaksisidan foydalanishni ta`minlaydi. SQL tili bu talablarni barchasini qanoatlantiradi. Download 47.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling