6-мавзу: Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja
Download 17.24 Kb.
|
6-mavzu ekstremizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari.
6-мавзу: Markaziy Osiyodagi barqarorlikka tahdid solayotgan diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar Reja: Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari. Diniy ekstremistik oqimlarning g’arazli maqsadlari. Yoshlar va xotin-qizlar orasida ekstremistik g’oyalarning tarqalish sabablari. Tayanch tushunchalar: Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishi, diniy ekstremistik harakatlarning g’arazli maqsad va intilishlari, diniy ekstremistik tashkilotlar. Yoshlar va xotin-qizlar ekstremistik g’oyalarni tarqatish obekti. 1. Diniy ekstremizm va terrorizmning mintaqada namoyon bo’lishining o’ziga xos xususiyatlari. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillari diniy erkinliklarga keng yo’l ochildi. Haqiqiy diniy e’tiqod erkinligi qonun yo’li bilan kafolatlandi. Bugungi kunda mamlakatimizda turli diniy konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar, shu jumladan, oliy va o’rta mahsus diniy bilim yurtlari faoliyat yuritayotgani, fuqarolarning emin-erkin diniy amallarni bajarayotgani buning yorqin isbotidir. Biroq, bugungi kunda siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan ba’zi guruhlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o’tkazmoqda. Ekstremistlarning 2005 yil may oyida Andijonda amalga oshirgan terrorchilik harakatlari, 2006 yilning may oyida Qirg’izistonning Botkent tumani va Tojikistonning Isfara tumanida chegarachilarga, avgust-sentyabr oylarida Qirg’izistonning O’sh va Jalolobod viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga qurolli hujum uyushtirishlari oqibatida begunoh odamlar xalok bo’ldi, xalq osoyishtaligi buzildi. O’tgan asrning 80-yillaridan Afg’oniston diniy ekstremizm va fundamentalizmning yirik o’chog’iga aylandi. Ayrim yirik davlatlar o’zlarining geosiyosiy manfaatlarini ro’yobga chiqarish ilinjida Afg’onistondagi radikal islomchilarni amalda qo’llab-quvvatladi. Markaziy Osiyoga diniy ekstremizmning kirib kelishida Afg’oniston darvoza vazifasini o’tadi. Diniy-ekstremistik guruhlarning bosh maqsadi – “xalifalik” davlati tuzish shiori ostida siyosiy hokimiyatni egallashdir. Hozirgi kunda ko’proq “O’zbekiston islom harakati” (ikkinchi nomi - Turkiston islom harakati), “Hizbut tahrir”, “Akromiylar”, “Nurchilar” va “Tablig’chilar” kabi diniy ekstremistik va terrorchi guruhlarning faoliyati kuzatilmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O’zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab bo’ldi: – “qayta qurish” davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bo’lgach esa, mafkuraviy bo’shliq o’zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi; – e’tiborli diniy ulamolar o’rnini soxta “islomchilar” egallashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib talqin qilinishi boshlandi; – aholining islom diniga bo’lgan katta qiziqishidan foydalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi; – din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g’arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o’laroq shakllangan, qo’poruvchilik maqsadini ko’zlagan turli oqim va yo’nalishlarga mansub xorijiy da’vatchilar mintaqaga o’z g’oyalarini olib kira boshladilar. Mintaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog’larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga va mintaqa bo’ylab erkin harakat qilishga zamin yaratdi. Qisqa qilib aytganda, sho’ro davridan meros bo’lib qolgan og’ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuki yuqorida qayd etilgan sabablar bilan qo’shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi. Umuman olganda esa, diniy ekstremizm mintaqada yashirin, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo’ravonlikka asoslangan faol harakatlar, so’ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yana o’ta maxfiy ishlash asnosida targ’ibot olib borish va qo’poruvchilik xurujlarini sodir etishdek sifatiy bosqichlarni bosib o’tdi, deyish mumkin. Download 17.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling