3-mashq.Quyidagi so‘zlar asosida ilmiy matn tayyorlang. Tayyorlagan matningizda qo‘llanilgan til vositalarini toping va tahlil qiling.
Til, nutq, madaniyat, kishilar ongi, tafakkur, tushuncha, borliq, ijtimoiy, hodisa, tabiiy, jarayon, soflik, aniqlik to‘g‘rilik, maqsadli, bilish, o‘rganish, odob, aql, mantiqiylik, izlanish, o‘qish, og‘zaki, yozma, shakl, iborat. (Nutq matnning tashqi ko‘rinishi. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Til kishilar ongini va o‘ylagan so‘zlarini ommaga taqdim etuvchi vosita. Til tafakkur qilishga undaydi. Til biror fan to‘g‘risida tushuncha beradi. Til – borliq demakdir. Til jamiyatning aloqa almashuv quroli sifatida jamiyat bilan uzviy bog‘liqdir. Til ijtimoiy harakterga ega, chunki u jamiyat taraqqiyoti, mehnat faoliyati jarayonida yuzagakeladi.)
4-mashq. Klaster usuli orqali ilmiy uslub janrlarini ko‘rsating.
H isobot
Ilmiy uslub
Monografiya
She’rlar
Insholar
F elyeton
A riza
Disertatsiya
Deklaratsiya
O cherk
Tavsiyanoma
Maqolalar
Hikoya
Ertak
5-mashq. Termin so‘ziga klaster tuzing.
1.Bir so‘z
2.Ikkita sifat
3.Uchta fe’l
4. To‘rt so‘zdan iborat gap
5. Birinchi so‘zga sinonim
2-mashq. Ushbu matndan tovush ortishi hodisasini toping va belgilang.
- Aziz o‘g‘lim, senga shafqat va marhamat yuzasidan bir qancha
nasihat qilaman. Bu nasihatlarimni jon qulog‘ing bilan tingla,
unga amal qil. Shundagina xalq qoshida izzat va obro‘ga ega bo‘lasan,
rohat va farog‘atda yashaysan, — dedi va shunday nasihat qildi:
- O‘g‘lim, qo‘lingdan chiqqan yoki qo‘lingga kirmagan narsalar
uchun g‘amgin bo‘lma, pastkash odamdan qarz olma, u seni
ranjitadi. Adib va shoirlar bilan achchiqlashma, sharm-hayosiz
baxillar bilan suhbatdosh bo‘lma, hech vaqt birovning noniga tama
qilma, o‘z mehnating bilan topgan noningga qanoat qil. Olijanob,
tarbiyali, axloqli va olim-fozillar bilan suhbatdosh bo‘lsang, yaxshi
nom chiqarasan.
Topshiriq:
Matn turlariga alohida misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |