6-mavzu. Matn va uning turlari. Mikro matn va makro matn. Reja


I.Grammatika yuzasidan topshiriqlar


Download 57.26 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi57.26 Kb.
#1631405
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-МАВЗУ[1]

I.Grammatika yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. Buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma dalolatnoma kabi hujjatlar qaysi uslubda yoziladi ?
2-topshiriq. Siz shunday matn tuzingki, unda kamida 3 ta uslub mujassamlashsin.


II.Mashqlar bilan ishlash.
1- mashq.Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir.
Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligi:
(Bu matn ilmiy uslubning ichidagi sof ilmiy uslubga mansub)


O‘ziga xos uslubiy vositalari:
Atomlar, kimyoviy, zarralardir, moddalar, vodorod, kislorod, atomlar, grafit, oltingugurt, metallar, temir, mis, magniy, suv, karbonat angidrid, mis (II) oksidi.
2- mashq. Matnni o‘qing, uni uslubiy jihatdan tahlil qiling. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang.
Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagi tezligi 1500 m/sekund, po‘latda esa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan.
Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligi:
(Bu matn publitsistik uslubning yozma shakliga mansub).
O‘ziga xos uslubiy vositalari:
(kashf etilgunga qadar, har qanday, qabul qilish, vositasi, vujudga kelishi va tarqalishi, teng bo‘lsa, ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan).

Download 57.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling