6-mavzu. Menejerni rahbarlik uslubi va boshqarishdagi o’rni


Quyi  pog’onali  menejerlar


Download 298.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana08.01.2022
Hajmi298.79 Kb.
#253236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
6-мавзу

Quyi  pog’onali  menejerlar  quyi  bo’g’inda,  masalan,  tsex,  bo’lim,  brigada  doirasida 

ishni tashkil etish, kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi. 

To’g’ri,  korxonani  boshqarish  bevosita  mulk  egasining  vazifasi  deyishimiz  mumkin. 

Ammo  boshqarish  uchun  mulk  egasi  bo’lish  shart  emas.  Shu  xususdan  orkestrni  boshqaruvchi 

direjyor musiqa asMAVZUlarining egasi bo’lmasa ham  o’z ishini qilaverishi o’rinli. Boshqarish 

vazifasini korxona egasining o’zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer 

bajaradi. 

Iqtisodiy  aloqalar  murakkablashgan  sari  menejer  xizmatiga  talab  oshadi,  o’z  ishining 

ustasi  bo’lgan  maxsus  ijtimoiy  toifa-menejerlar  toifasi  paydo  bo’ldiki,  uning  alohida  ijtimoiy 

maqomi  bor.  Menejer  g’oyat  murakkab,  o’ta  mas'uliyatli  ish  bilan  shug’ullanishi,  firmaning 

hayot-momotiga  javobgar  bo’lganligi uchun ham  yollanib  ishlovchilar orasida eng katta xizmat 

haqi oladi. 

Boshqaruv funktsiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer: 

 rahbar-boshqaruvchi; 



 rahbar-diplomat; 

 rahbar-murabbiy, tarbiyachi; 



 rahbar-inson; 

 rahbar-tadbirkor; 



 rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi. 

Har bir  menejer o’ziga xos boshqaruv uslubiga ega.  Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi 

o’ziga  xos  yo’l,  usul  ma'nosini  anglatadi.  Shu  nuqtai  nazardan  quyidagi  tushunchalarni  ajrata 

bilish lozim: 

  boshqaruv uslubi; 



  ish uslubi; 




  rahbarning ish uslubi. 




Download 298.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling