6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash. Reja


Vertikal-parmalash stanoklari


Download 1.63 Mb.
bet10/15
Sana17.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1208014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash.

Vertikal-parmalash stanoklari
Vertikal-parmalash stanoklaridan biri — 2A135 modelli vertikal-parmalash stanogining umumiy ko’rinishi 37- rasmda tasvirlangan. Bu stanok yakkalab va seriyalab ishlab chiqarish hamda remont qilish sharoitida uncha katta va og’ir bo’lmagan za-gotovkalarga teshik parmalash, teshiklarni parmalab kengaytirish, zenkerlash, razvertkalash, shuningdek, metchiklar bilan ichki rez’balar qirqish uchun ishlatiladi. U asos L, kolonna (sta-nina) B, tezliklar qutisi V, shpindelli babka G va stol D dan iborat. Stanokiing shpindelli babkasi ichiga surish qutisi va ko’tarish-tushirish mexanizmi joylashtirilgan. Stanokni harakatga keltiruvchi elektrik dvigatel’ kolonnaning tepa qismiga o’rnatilgan bo’lib, aylanma harakat tezliklar qutisiga trapetsiya nusxa kesimli tasmalar vositasida uzatiladi. Stanokning stoli va shpindelli babkasi kolonnaning yo’naltiruvchilarida siljitiladi va zarur vaziyatda mahkamlab qo’yiladi. Stanokning boshqarish erganlari va ularning vazifasi rasmning ostida keltirilgan.
Stanokda asosiy harakat (kesish harakati) kesuvchi asbob o’rnatilgan shpindelning aylayama harakatidan, surish harakati shpindelning o’z o’qi bo’ylab siljishidan, yordamchi harakatlar esa stolni va shpindelli babkani vertikal yo’nalishda dastaki surish va shpindelni o’z o’qi atrofida dastaki ravishda jadal surish harakatlaridan iborat.
Stanokning ishlash printsipi.
Ishlov beriladigan zagotovka stanokning stoliga zarur vaziyatda o’rnatilib, mashinaviy tiski va maxsus moslama bilan mahkamlanadi va bo’lajak teshikning markazi shpindelning o’qiga moslamani siljitish yo’li bilan to’g’rilanadi. Kesuvchi asbob stanok shpindeliga patron yoki oraliq vtulka yordamida mahkamlanadi. SHundan keyin kesuvchi asbob zagotovka sirtiga tegizilib, stanok ishga tushiriladi.
Stanokning texnikaviy harakteristikasi.
Parmalanishi mumkin bo’lgan eng katta teshik diametri 35 mm; shgindelning o’qidan kolennaning ichki devorigacha bo’lgan oraliq 300 mm; shpindel’ uchidan stolgacha bo’lgan eng katta oraliq 750 mm; shpindelning eng uzun yo’li 225 mm; stol sirtining bo’yi 500; mm, eni esa 450 mm; stolnilg vertikal yo’nalishda surilishi mumkin bo’lgan eng katta oraliq 325 mm; shpindelning aylanish tezliklari soni 9; shpindelning minutiga aylanishlar soni 68 dan 1100 gacha; surish qiymatlari soni 11; surish qiymatlari chegaralari 0,115 dan 1,6 mm/ayl gacha; elektrik dvigatelining quvvati 4,5 kvt.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling