6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash. Reja


Download 1.63 Mb.
bet13/15
Sana17.02.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1208014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash.

Doiraviy jilvirlash.
41-rasmda 3151 modelli doiraviy jilvirl-ash stanogining umumiy ko’rinishi tasvirlangan. Bu stanokning oldingi babkasi A da zagotovkani aylanma harakatga keltirish yuritmasi joy-lashgan. Jilvirlash babkasi B stol Ye ning bo’ylama yo’naltiruvchilarida surila oladi.
Stanokping texnikaviy harakteristikasi.
Jilzirlanishi mumkin bo’lgan eng katta zagotovkaning diametri 200 mm; markazlari orasidagi eng katta masofa 750 mm; stolining eng uzun yo’li 780 mm; stolining burilishi mumkin bulgan eng katta burchak ±6°; jilvirlash babkasining ko’ndalang yo’nalishdagi eng uzun io’li 200 mm; jilvirlash toshining minutiga aylanishlar soni 1050; oldingi babka patronivchng aylanish tezliklari soni 3- oldingi babka patropp minutiga 15 martadan 300 martagacha aylana oladi- stolining builama io’nalishda siljish tezligining eng kichigi 0,1 m/min, eng kattasi esa 10 m/min; jilvirlash babkasining radial surilish chegaralari 0 01 dan 0,03 mm gacha; asosiy elektrik dvigatelining quvvati 7 kvt.
Bu stanokda kesish harakati jilvirlash toshining aylanma harakagidan, b o’ y l a m a s u r i sh harakati zagotovka urnatilgan stolning to’g’ri chiziqli ilgarilanma-qaytar harakatidan, ko’ndalangsurish harakati stolning bir yurishida jilvirlash babkasining radial yo’nalishda davriy ravishda siljish harakatidan, doiraviy surish harakati oldingi babkadagi povodokli patronning doiraviy siljishidan, yo r d a m ch i harakatlar esa stolni bo’ylama yo’nalishda dasta-ki siljitish, jilvirlash babkasini ko’ndalang yo’nalishda dastaki siljitish, jilvirlash toshining g’idravlik yuritma yordamida jadal qaytish harakatlaridan iborat.

79- rasm. 3151 modelli doiraviy-jilvirlash stanogining umumiy ko’rinishi:
A — oldingi babka (buyum babkasi); B — jilvirlash babkasi; V — ketingi babka; G — stanina; J — burish plitasi; 1 — jilvirlash babkasini ko’ndalang yo’nalishda dastaki siljitish chambaragi; 2 — stolning gidravlik yuritmasini boshharish dastalari; 3 — stolni bo’ylama yo’nalishda dastaki siljitish chambaragi; 4 — knopxalar stantsiyasi.

Stanokning ishlash printsipi. Zagotovka oldingi va ketingi babkalarning markazlariga o’rnatiladi va povodokli patroi yordamida aylanma harakatga keltiriladi-da, zagotovka bo’ylama surish bilan jilvirlanadi. Jilvirlashning bo’ylama surishsiz va chuqur botirish usullari ham bor.


Ichki jilvirlash. Ichki jilvirlashning ikki usuli bor. Bulardan birida zagotovka aylanadi, ikkinchisida esa zagotovka qo’zg’almaydi. Birinchi usul ancha aniq ishlashga imkon berganligi uchun undan ko’proq foydalaniladi. Bu usulda zagotovka jilvirlash toshi aylanayotgan tomonning teskarisiga aylanadi. Jilvirlash toshi zagotovkaning ishlov berilayotgan teshigi o’qi bo’ylab suriladi va tegishli kesish chuqurligigacha ko’ndalangiga siljib turadi.
Ikkinchi usul katta zagotovkalarning teshiklariga ishlov berishda qo’llaniladi. Bunda zagotovka qo’zg’almas qilib mahkamlanadi, jilvirlash toshiga esa aylanma va ilgarilanma-qaytar harakat beriladi; bulardan tashqari, jilvirlash toshi ko’ndalangiga surilib ham turadi, bu hol toshni tegishli kesish chuqurligiga to’g’rilash imkonini beradi.
Markazsiz jilvirlash. Bu usulda bir tomonning o’ziga aylanuvchi ikkita toshdan: jilvirlovchi tosh 1 va yetakchi tosh 2 dan foydalaniladi (90-rasm). Jilvirlanuvchi tsilindrik zagotovka, masalan, porshen’ barmog’i 3 pichoq 4 ustiga, ikkala tosh oralig’iga joylashtiriladi. Jilvirlovchi tosh 30 m/sek chamasi tezlik bilan aylanib, kesish ishini bajaradi, yetakchi tosh esa 15—25 m/lshn tezlik bilan aylanadi.


Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling