6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash. Reja
Download 1.63 Mb.
|
6-mavzu. Metallarni payvandlash va kavsharlash.
70-rasm. Kesish tekisligi.
Kallak qismida esa keskichning asosiy kesuvchi elementlari joylashgan, bu elementlar qo’yidagilardan iborat: oldingi yuza (1), asosiy kesuvchi kirra (2), asosiy ketingi yuza (3), keskich uchi (4), yordamchi ketingi yuza (5), yordamchi kesuvchi kirra (6). Keskichning kirindi chikadigan yuzasi oldingi yuza deb ataladi. Keskichning yunilayotgan buyumga karagan yuzalari ketingi yuzalar deyiladi. Asosiy kesuvchi kirra oldingi va asosiy ketingi yuzalar kesishuvidan hosil bo’lib, asosiy ishni bajaradi, ya’ni kirindi hosil qiladi. Asosiy va yordamchi kesuvchi kirralarning to’tashuv joyi keskichning uchi bo’ladi. Oldingi va yordamchi ketingi yuzalar kesishuvidan hosil bo’ladigan kirra yordamchi kesuvchi kirra deyiladi. Yunilayotgan buyumda keskich vaziyatiga ko’ra qo’yidagi yuzalar va tekisliklar mavjud bo’ladi (70- rasm): kesib ishlangan yuza (1) — kirindi yunilgandan keyin hosil bo’lgan yuza; kesish yuzasi (2)~ 71- rasm. Tokarlik keskich kesuvchi qismi geometriyasining asosiy elementlari. yunilayotgan buyumda keskichning kesuvchi kirrasi hosil qiladigan yuza; kesib ishlanayotgan yuza (3) — kirindi yunilayotgan yuza; kesish tekisligi (4) — kesish yuzasiga urinma bo’lib, asosiy kesuvchi kirradan utuvchi tekislik; asosiy tekislik (5) — keskichni buylama (s6) va ko’ndalang (sk) surishlarga parallel o’tkazilgan tekislik. Surish yo’nalishiga ko’ra, keskichlar unakay va chapakay keskichlarga bo’linadi.- Agar keskich ustiga o’ng kul kafti barmoklar keskich uchiga qarab turadigan vaziyatda qo’yilganda keskichning asosiy kesuvchi kirrasi bosh barmok tomonda tursa, bunday keskich unakay keskich deb ataladi (71-rasm). Keskich ustiga chap kul kafti barmoklar keskich uchiga qarab turadigan vaziyatda qo’yilganda keskichning asosiy kesuvchi kirrasi bosh barmok tomonda tursa, bunday keskich chapakay keskich deyiladi. Keskichlar kallak qismining tana qismiga nisbatan joylashishi vaziyatiga ko’ra to’g’ri yoki ogma keskichlarga bo’linadi. Keskichning asosiy burchaklari bir necha xil bo’ladi. Kesish tekisligiga perpendikulyar holda asosiy kesuvchi kirra orqali o’tkazilgan tekislik bilan keskichning oldingi yuzasi orasidagi burchak asosiy oldingi burchak (), keskichning asosiy ketingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchak esa asosiy ketingi burchak () deb ataladi. Keskichning oldingi yuzasa va asosiy orka yuzalaridan o’tkazilgan tekisliklar orasidagi burchak utkirlik burchagi (), keskichning oldingi yuzasi bilan kesish tekisligi orasidagi burchak esa kesish burchagi () deyiladi. Ana shu burchaklar orasida qo’yidagi bog’lanish mavjud: + + = 90° + = 90°, chunki = +. Asosiy kesuvchi kirraning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan buylama surish yo’nalishi orasidagi burchak plandagi asosiy burchak () deyiladi. Yerdamchi kesuvchi kirraning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyasi bilan buylama surishga teskari yo’nalish orasidagi burchak plandagi yordamchi burchak (1) deyiladi. Kesuvchi kirralarning asosiy tekislikka tushirilgan proektsiyalari orasidagi burchak keskich uchining burchagi () bo’ladi. Plandagi bu burchaklarning yig’indisi 180° ga teng, ya’ni + 1 + = 180°. v) Asosiy plandagi burchagi 90°ga teng bo’lgan chapakay (v) utuvchi keskichlar; ular tashqi yuzani yunish bilan birga shu yuzaga to’tashgan torets yuzani bir vaqtda kesib ishlash uchun ishlatiladi. g) Galtel’ keskichlari (e) galtellar (pogonali valning bir diametrdan ikkinchi diametrga o’tish joylari) yunish uchun ishlatiladi. d) Rez’ba keskichlari (z, i), sirtqi (z) va ichki (i) rez’balar qirqish uchun ishlatiladi. Torets yunish keskichi (v) buylama va ko’ndalang yunishda ishlatiladi. Bu keskichlardan toretslarni yunishda foydalaniladi. j) Yunib kengaytirish keskichi (k, ya) mavjud teshiklarni kengaytirishda ishlatiladi. Bu keskichda yunib kengaytirish bilan birga toretslarni ko’ndalangiga kesish ham mumkin. z) Fason keskichlar (j) ko’ndalang surish yo’li bilan shakldor yuzalar yunish uchun ishlatiladi, bunda keskich kesuvchi qismining profili detalning yuniladigan shakldor yuzasi profiliga mos keladi.
Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling