6-Mavzu: metallarning kislotali eritmalaridagi korroziyasi, ingibitorlarining himoyalash xossalari. Nazariy qism
Download 43 Kb.
|
E-Amaliy 6.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Metallarni elektrokimyoviy korroziyadan saqlash usullari.
- Metallar
6-Mavzu: METALLARNING KISLOTALI ERITMALARIDAGI KORROZIYASI, INGIBITORLARINING HIMOYALASH XOSSALARI. Nazariy qism: Korroziya ingibitorlari. Metall korroziyasini sekinlashtiradigan moddalarga ingibitorlar deyiladi. Ingibitorlar sifatida asosan aminlar, mochevina, polimochevina, sul`fatlar, al`degidlar, fosfatlar, silikatlar va boshqalar ishlatiladi. Ingibitorlar rangli metallarni korroziyadan saqlashda ham qo’llaniladi. Metallarning elektrokimyoviy korroziyasi. Aksariyat metallar havo, tuz, suv, kislota va ishqor eritmasi ta’siri ostida yemiriladi. Metallarning, umaman turli moddalarning tashqi muhit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy ta'sirlanishi natijasida buzilishi va yemirilishi korroziya deyiladi. Metall toza bo’lganda ham, uning turli joylari turli fizik - kimyoviy xossaga egaligi natijasida mikroelement hosil bo'lishi mumkin. Masalan, toza AI yoki Fe tayoqchasi bukilsa, bukilgan joyi anod, bukilmagan joyi katod bo’ladi. Fe tayoqchalarning bukilgan joyi ko’proq korroziyalanganligini ko’rgan bo’lsangiz kerak. Kristallarning yuzasi anod ichi esa katod bo’ladi. Katod jarayonini ionlashtiruvchi moddalarning mavjudligi korroziyani tezlatadi. Korroziyani borishiga pH qiymati katta ta’sir ko’rsatadi. H+ ionlar kontsentratsiyasining ko’payishi ularning katodda zaryadsizlanishini osonlashtiradi va demak, korroziyani kuchaytiradi. Metallarni elektrokimyoviy korroziyadan saqlash usullari. Korroziyaga qarshi kurash usullarining hammasi metal sirtini elektrolit muhitdan va mikrogalvanik elementlar elektr tokini kamaytirishga asoslangan. Kerakli reaktivlar va jihozlar:Kimiyoviy toza HCl ning 4n eritmasi; urotropin (geksametilen -tetramin); tarkibida 30 g/l jelatina bo‘ladigan gidrozol ; spirt; atseton, uchta po‘lat plastinka; 150-200ml qopqoqli uchta stakan, stakan qopqog‘iga plastinkalar ilib qo‘yish uchun shisha ilmoqlar qilingan bo‘ladi; 100 ml li o‘lchov silindiri; shisha tayoqchalar; soat oynasi. Tajriba: Uchta stakanning har qaysisiga 4n HCl dan 80-100 mldan quyiladi . birinchi stakanga 1 gr urotropin , ikkinchisiga- 2 gr jelatina qo‘shiladi, uchinchisiga hech narsa qo‘shmay, kontrol uchun qoldiriladi. Stakanlardagi eritmalar shisha tayyoqcha yordamida yaxshilab aralashtiriladi. Shundan keyin stakanlar termostatga qo‘yiladi. Stakanlardagi eritmalar temperaturasi 60O ga etgandan keyin, stakan qopqog‘idagi ilmoqqa po‘lat plastinka ilinib, stakanga tushuriladi. Po‘lat plastinka ilgariroq jilvir qog‘oz bilan yaltiratib tozalangan, atseton yoki spirtda ho‘llangan paxta bian artilgan va analitik tarozida tortilgan bo‘ladi. Uch soatdan keyin plastinkalar ( iloji boricha baravariga ) eritmadan chiqarib olinadi , suv bilan yuviladi, spirt bilan ho‘llab ishqalanadi, quritiladi va analitik tarozida tortiladi. Tajribadan olingan ma’lumotlar jadvalga yoziladi.
Tajriban chiqqan ma’lumotlardan foydalanib, ingibitorlarning saqlovchi ta’siri hamda tormozlovchi effekti tormozlash koeffitsienti tenglamalar yordamida hisoblab topiladi. Metallar korroziyasiing ingibitorlari Metallarni korroziyadan saqlash uchun elektrolitlar eritmasiga ko‘pincha oz miqdor boshqa moddalar qo‘shiladi, bunday moddalar metallarning erish tezligini keskin suratda kamaytiradi. Bu xil moddalarni korroziya ingibitorlari deb atash odatqilindi. Hozirgi paytda juda yaxshi ta’sir etuvchi korroziya ingibitorlari ma’lum, ular yordamida metallar kislotalarda erishdan ko‘p hollarda amalda to‘la saqlanib qolinishi mumkin. Ingibitorlar qo‘shilganda reaksiya juda sekinlashuviga sabab shuki, ingibitor zarralari metall sirtida adsorbilanib saqlovchi parda hosil qiladi, bu hol metallning eritmaga o‘tishini qiyinlashtiradi. Metalning tabiatiga, uning tuzilishiga , shuningdek, ingibitorlarning tabiatiga qarab , ingibitorlarning metal erishini sekinlatish ta’siri ham har xil bo‘ladi. Ingibitorlarning effektiv ta’siri turlicha ifodalanadi va ko‘pincha saqlash ta’sirining qiymati (Z) bilan xarakterlanib, protsent hisobida ifoda etiladi. P0- P; P0 – metallning toza kislotada erish tezligi; P – metallning ingibitor qo‘shilgan kislotada erish tezligi Ingibitorlar qanchalik yaxshi ta’sir etishi ingibitor effektinig qiymati γ bilan ham ifoda etilishi mumkin: Ingibitor effekti γ metallning kislotada erishini ingibitor necha marta kamaytirishini ko‘rsatadi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling