6-mavzu. Meva ko’chatzorining birinchi dalasida amalga oshiriladigan tadbirlar


Download 42.53 Kb.
bet2/3
Sana04.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1166127
1   2   3
Bog'liq
6-mavzu

Nazorat uchun savollar:
1. Ko’chatzorning birinchi dalasida qanday tadbirlar o’tkaziladi ?
2. Payvandlangan ko’chatlar qanday parvarish qilinadi ?
3. Danakli meva ekinlari ko’chati qanday parvarish qilinadi ?
4. Urug’li meva ekinlari ko’chati qanday parvarish qilinadi ?


Urug’lik payvandtaglarni etishtirish
Reja:

  1. Ko’paytirish maydonchasi (urug’ko’chat ko’chatzori).

  2. Ekish muddatlari

  3. Ekish normasi va tartibi


Tayanch iborala: urug’lik, urug’ ko’chat, mahalliy va mineral o’g’itlar, meva ekinlari turiga, naviga qarab namlikka munosabati, usullari, qurg’oqchilikka chidamli, unib chiqishi, chuqurligi.

Urug’idan etishtiriladigan ko’chatzorlarda odatda urug’meva payvandtaglar, ba`zida 100 danak meva (olcha, olxo’ri, gilos va antipka) lar payvandtaglari etishtiriladi. O’rik, shaftoli, tog’olcha va yong’oq mevalar tez o’sadigan turlar sifatida bevosita shakl berish bo’limining birinchi dalasiga ekiladi. Bu turlarni urug’ ko’chat ko’chatzoriga ekilganda kelgusi yili ko’chatzorning birinchi dalasiga payvandtaglar ko’chirib o’tqazilganida kuchli o’sadi va payvand qilinganda kurtaklarning ko’pchiligi tutmaydi. Olma, nok va behi urug’larini bevosita shakl berish bo’limining birinchi dalasiga yuqori agrotexnika tadbirlarini qo’llab, yuqori sifatli konditsion urug’larnigina ekish mumkin.


Yaxshi tarmoqlangan ildiz tizimiga ega bo’lish uchun urug’ ko’chatlar etishtirish davri uzaytirilib ko’chatlar yosh davrida pikirovka qilinadi, ya`ni ildizchalarning uchi kesilib, yaxshi unumdor tuproqqa ko’chirib o’tqaziladi. Lekin, O’zbekiston sharoitida bu usul kam qo’llaniladi, chunki kunning issiq bo’lganligidan ko’chirib o’tqazilgan ko’chatlarning ko’pi tutib ketmaydi.
Ekish muddatlari. Urug’lar kuzda va bahorda ekiladi. Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog’istonda qishi uzoq davomli, qorsiz va quruq qattiq sovuq bo’lishi, meva urug’larining unib chiqishga tayyorgarlik ko’rish jarayonining normal o’tishi uchun qulay sharoit bo’lmaganligi sababli bu erlarda stratifikatsiyalangan urug’larni faqat bahorda sho’ri yuvilgan tuproqqa ekish maqsadga muvofiqdir. Agarda tuproq yozda yaxshi tayyorlanib, sho’ri yuvilgan bo’lsa, urug’ni kuzda ham ekish mumkin. Urug’lar bahorda ekilganda qatqaloq paydo bo’lish xavfi tug’iladi.
Buning oldini olish uchun qatorlarga 1,0-1,5 sm qalinlikda va 10 sm kenglikda chirindi yoki qipiq solinadi. Engil tuproqlarda urug’ ekilganidan so’ng ketma-ket qatorlarning ustiga xaskash bilan 5-8 sm qalinlikda tuproq tortib qo’yiladi. Bu bahorda yomg’irdan so’nggi boronalashda tez buzilib ketadi.
Kuzda urug’lar oktyabrь oxiri – noyabrь boshlarida; bahorda esa urug’lar nishlay boshlaganda ekiladi. Stratifikatsiyalangan urug’larni janubiy hududlarda fevralь oxiri – mart boshlarida, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’istonda esa mart oyi oxiri – aprelь boshlarida; O’zbekistonning qolgan boshqa viloyatlarida uchun esa martning birinchi yarmi eng yaxshi muddat hisoblanadi. Kuzda urug’i stratifikatsiyalanmaydigan quruq urug’lar ekiladi. Tog’olcha, olcha va magalyobkaning urug’i, mevalari terib olinishi bilan stratifikatsiyalanadi va bahorda ekiladi. Urug’larni ekish chuqurligi ularning katta-kichikligi va tuproq sifatiga qarab belgilanadi: mayda urug’lar yuzaroq, yiriklari chuqurroq ekiladi. Urug’ mevalilar kuzda engil tuproqlarda 3-3,5, og’ir tuproqlarda 2-2,5 sm chuqurlikda ekiladi. Olcha, gilos va antipka urug’lari engil tuproqlarda 4-5 sm, og’ir tuproqlarda esa 5,5-6,0 sm, o’rik, shaftoli, bodom urug’lari 8 sm chuqurlikda ekiladi. Bu urug’ bahorda ekilganida ularning ekish chuqurligi 0,5-1 sm kamaytiriladi. Kuzda chuqurroq qilib ekilgan urug’lar bahorda ekilgan urug’larga qaraganda qishki sovuqlar ta`sirida er betiga chiqmaydi va yomg’ir yuvib ketmaydi.

Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling