6-mavzu. Meva ko’chatzorining birinchi dalasida amalga oshiriladigan tadbirlar


Download 42.53 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi42.53 Kb.
#1166127
  1   2   3
Bog'liq
6-mavzu


6-mavzu. Meva ko’chatzorining birinchi dalasida amalga oshiriladigan tadbirlar
Reja:

  1. Nixollarni o’stirish

  2. Nixollarni parvarishlash

  3. Nixollarni ikkinchi dalaga o’tkazish


Tayanch iborala: meva ko’chatzori urug’lik, urug’ ko’chat, mahalliy va mineral o’g’itlar, parvarishlash, birinchi dala, meva ekinlari turiga, qurg’oqchilikka chidamli, unib chiqishi, chuqurligi.

Meva ko’chatzorining birinchi dalasida urug’ ko’chatli daraxt turlari dalasi bir yillik urug’ ko’chatlardan yoki klon payvandtag novdasini ekish bilan barpo qilinadi.


Payvandtaglar o’tqazilganda qator oralari 80-90 sm, qatordagi o’simliklar oralig’i esa 30-35 sm dan belgilanadi. Har bir gektar erga 31,0-41,6 ming tup payvandtag ekiladi. Urug’ mevalilarning ko’chatlari ikki yoshligida, birinchi dalaga ko’proq oraliq qoldirib payvandtag o’tqaziladi.
Payvandtaglarning har bir navi dalaning alohida qismiga yoki kvartaliga o’tqaziladi. Nami qochgan ko’chatlar o’tqazishdan avval kamida 4- 6 soat davomida suvga botiriladi. O’tqaziladigan erga keltirilgan payvandtaglar darhol ko’mib qo’yiladi. O’tqazilayotgan vaqtda payvandtag tanalari 25-30 sm gacha, ildizlari ham 25-30 sm gacha qisqartiriladi.
Ko’mib qo’yilgan o’simliklar yoniga chuqur kovlab, unga oldindan chirindi va yaxshi tuproqni aralashtirib atalasimon loy tayyorlab qo’yiladi. Ko’chat o’tqazishdan oldin payvandtag ildizlari ana shu loyga botirib olinadi.
Bu bilan payvandtaglarning qurib qolishiga yo’l qo’yilmaydi va o’sishining dastlabki davrida qo’shimcha oziqlanishini ta`minlaydi. Payvandtaglar katta maydonlarga maxsus ko’chat o’tqazish mashinasida – uch qatorli SShN-3 da yoki o’rmon daraxti ko’chatlari o’tqaziladigan SLCh-1 markali mashinadan foydalaniladi.
Payvandtaglar suv tanqis bo’lgan, shartli sug’oriladigan erlarda gidroburlar yordamida o’ralar kovlanib ekiladi, kichik maydonlarda esa marker bilan oldindan iz olingan qatorlarga yoki tortilgan chizimcha bo’ylab ketmon yoki belkurak bilan o’tqaziladi. Payvandtaglar er haydash vaqtida plug ostiga ham ekiladi. Bunda plug birinchi marta haydab o’tishda hosil bo’lgan egatlarga ishchilar payvandtaglarni qo’yib chiqadilar, ikkinchi marta o’tishida payvandtaglarni ko’mib ketadi, keyinchalik ular qo’lda to’g’rilab qo’yiladi.
Payvandtaglar o’tqazilgandan keyin tik turishi, ularning ildiz bo’g’zi esa er bilan bir xil yuzada bo’lishi yoki 1-2 sm chuqur turishi lozim. Ko’chat chuqurroq o’tqazilsa juda ko’p bachki ildizlar paydo bo’ladi. Bular ko’chatlarni birinchi dalada payvandlash uchun tayyorlashga qiyinchilik tug’diradi, kurtak payvand qilingan ikkinchi va uchinchi dalalardagi ildiz bachkilari ko’chatlardan ko’pgina oziq moddalarni oladi. Bunday ko’chatlar mevali boqqa ko’chirib o’tqazilgandan keyin ham ildizlardan bachki novdalar chiqaraveradi. Oqibatda daraxtlarni parvarish qilish qiyinlashadi.
Payvandtaglarni o’tqazib bo’lgandan keyin dala darhol sug’oriladi, chopiq qilinadi va ketmon bilan ko’chat atrofi yumshatiladi. Sug’orilgan va chopilgan erdagi o’simliklarning ildizlari bahorda qurib qolmaydi, qishda esa ularni sovuq urmaydi. Bundan tashqari, suv berilsa tuproq ildizlarga yaxshiroq yopishadi, qator oralari yumshatilgandan keyin ildiz tizimi yaxshi o’sadi, ularni tuproqqa ko’milgan joylaridan yon novdalar chiqmaydi, bu esa payvandtaglarni payvandlashga tayyorlash ishlarini ancha osonlashtiradi, shuningdek, payvandlash vaqtida ularning po’stlog’i tez ko’chadi. Ko’chat qatorlarining to’g’ri bo’lishi uchun ma`lum masofalarga belgilar qo’yilgan maxsus sim yoki oddiy chizimcha ishlatiladi.
Danak mevalilarning ko’chatlarini parvarish qilishda ikki marta yaganalash o’tkaziladi. Birinchi marta ko’chatlar ikkitadan chinbarg chiqargan paytda, o’simliklar orasida 8-10 sm qoldirib, ikkinchi marta esa birinchi yaganadan so’ng 2-3 hafta o’tgandan keyin 20-25 sm oraliqda bittadan o’simlik qoldirib yaganalanadi.
Payvandtaglar o’tqazilgandan keyin qator oralari ketma-ket chuqur kulьtivatsiya qilinadi. Bunda KRN-4,2, KRN-2,8 A, KON-2,8, KSV-25, NKU-4-6 osma kulьtivatorlardan foydalaniladi. Urug’ ko’chatzorda erni ishlash va begona o’tlarga qarshi kurash olib borishdagi qilinadigan ishlar payvandtag ko’chatzorida ham bajariladi. Qator oralari o’suv davrida kamida uch marta yumshatiladi. Birinchi marta bahorda ko’chat o’tqazilgandan keyin, bir-bir yarim oy vaqt o’tgach, ikkinchi marta kurtak payvand qilish oldidan iyul oyi oxirida va uchinchi marta qish oldidan noyabrda yumshatiladi.
Sug’orish texnikasi, muddatlari va miqdori payvandtag ko’chatzoridan kam farq qiladi. Tuproq namligi DNS ga nisbatan 70-80 % miqdorida ushlab turiladi. Kurtak payvand qilishdan 5-7 kun oldin urug’lik ko’chatlar qondirib sug’oriladi. Bu shira harakatini yaxshilaydi va kurtak payvand qilinganda po’stloq oson kechadi. Shuningdek, kurtak payvand qilingandan keyin ham kurtaklar yaxshi tutib ketishi uchun dala darhol sug’oriladi.
Birinchi dalani ishlashdan maqsad payvandtaglarning yaxshi o’sishini ta`minlashdir. Qatorlar va qator oralarini doimo begona o’tlardan toza va yumshoq holda saqlash maqsadga muvofiqdir.



Download 42.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling