6-mavzu. Meva ko’chatzorining birinchi dalasida amalga oshiriladigan tadbirlar
Download 42.53 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish tartibi.
- Nazorat uchun savollar
Ekish normasi urug’larning yirik-maydaligiga, ularning unuvchanligiga, ekish muddatiga va payvandtag ko’chatzorida urug’ko’chatlarning qalinligiga bog’liq.
Payvandtag ko’chatzoriga urug’lar birmuncha qalin ekiladi. Kuzda ekilganda ekish normasi 10-15 % oshiriladi, chunki urug’larning bir qismi nobud bo’lishi mumkin. Urug’lar lenta usulida ikki qator qilib, qatorlar orasi 20-25 sm, lentalar orasida 70-80 sm yoki qatorlar orasini 60-70 sm qoldirib, bir qator qilib ekiladi. Urug’ko’chatlarning o’sib ketish xavfi bo’lsa, u vaqtda lentalar orasi 60-70 sm, qatorlar orasi 6-10 sm qilib ekiladi. Bunday qalinlikda ekilganda gektariga: 30-40 kg olma, nok va behi urug’i, 150-200 kg antipka urug’i, 250-300 kg olcha va yovvoyi gilos urug’i, 400-500 kg tog’olcha urug’i, 300-400 kg tikanli olxo’ri urug’i sarflanadi. Ekish tartibi. Kamroq miqdordagi urug’lar qo’lda, ko’p miqdordagi urug’lar esa mexanizatsiya yordamida ekiladi. Stratifikatsiyalangan urug’larni ekishdan oldin qumdan yaxshilab tozalanadi. Qo’lda ekilganda esa urug’lar markyor yoki ip bilan reja chizig’i olingan egatlarga qumi bilan birga ekiladi. Bahorda yaxshi nishlagan urug’lar ekiladigan kuni namlanadi va oldindan rejalab olingan egatlarga qo’lda ekiladi. Urug’lar yumshoq tuproqqa sekin tashlab ustiga nam tuproq tortiladi. Ekish tugagandan keyin oldindan tayyorlab qo’yilgan egatlardan suv beriladi. Kuzda olma, nok, antipka, olchaning quruq urug’lari ekiladi. Nazorat uchun savollar: 1. Urug’lik payvandtag deganda nimani tushunasiz ? 2. Payvandtag olish uchun urug’larni ekish muddatlarini ayting ? 3. Urug’larni ekish normasi va chuqurligi qanday bo’ladi ? Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling