6-mavzu. Modda miqdori birligi molga doir masalalar va ularni yechish. (2 soat) Reja


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1327026
  1   2
Bog'liq
6-mavzu. Modda miqdori birligi - molga doir masalalar va ularni yechish. (2 soat)



6-mavzu. Modda miqdori birligi - molga doir masalalar va ularni 
yechish. (2 soat) 
Reja. 
1. Modda miqdori birligi – Mol. 
2. Mavzuga doir misol va masalalar yechish. 
Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy 
elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, «gramm 
atom» va «gramm molekula» birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari 
amalda juda nisbiy bo‘lgan «atom massasi» va «molekulyar massa» bilan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. «Atom massasi» dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, 
kislorodning atom massasi – 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda 
kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, 
kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 
– izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Vanihoyat 1959/60 yillar 
davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va 
Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikki yoqlamalikka 
barham berdi. O‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom 
massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar( 
12
C), massa soni 12 
bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 
12
C) asosida belgilashga kelishib oldilar. 
Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular 
shuningdek mos ravishda «atom massasi» va «molekulyar massa» ham deyiladi) 
qiymatlarini beradi. 
Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini 
aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda «Modda miqdori» deb 
ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha 
moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy 
qiymatga (konstantaga) ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. 
Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol – uglerod 12 ning 
massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab 


aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya’ni, 12 
gramm uglerod miqdori bilan belgilangan. O‘TXK, 1967 yilda XANFI, XANKI va 
XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta’rifni ma’qulladi va 1969 
yilda uni tasdiqladi. Molning ta’rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan qabul qilindi: 
1. Mol – massasi 0.012 kg bo‘lgan 
12
C uglerodda qancha atom bo‘lsa, tarkibida 
shuncha struktur elementlar tutgan sistemaning modda miqdoridir. Uning belgisi – 
«mol».
2. 
Molni 
tadbiq 
etishda 
struktur 
elementlarni 
xoslashtirlgan 
(spetsifikatsiyalashtirilgan) bo‘lishi shart va ular, atom, molekula, ion, elektron va 
boshqa zarrachalar, yoki zarrachalarning xoslashtirilgan guruhi bo‘lishi mumkin. 
Bundan kelib chiqadiki, uglerod 12 niong molyar massasi – aniq 12 gramm taqsim 
mol bo‘lar ekan: M( 
12
C)=12 
𝑔/𝑚𝑜𝑙 1980 yilda O‘TXQ, Birliklar Konsultativ 
Qo‘mitasi 1980 (CCU) ning quyidagi axborotini ma’qulladi: 
Mazkur tarif, uglerod 12 erkin atomining tinch va standart holati uchun 
keltirilgan. 
Molning ta’rifi shuningdek, har qanday modda uchun bir moldagi struktura 
birliklarining sonini ifodalovchi universial konstantanig qiymatini ham aniqlaydi. Bu 
konstantaning nomi – Avogadro doimiysi, belgisi NA yoki L. Agar tanlangan X 
namunadagi mollar sonini N(x) bilan belgilasak va aynan shu namunadagi modda 
miqdorini n(X) bilan ifodalasak, quyidagi nisbat o‘rinli bo‘ladi. 
n(x)=
𝑁(𝑋)/ 𝑁
A
shuni e’tiborga olingki, N(x) – o‘lchamsiz kattalik va n(X) ning SI tizimidagi birligi 
mol, Avogadro doimiysi SI tizimida mol bilan bog‘liq kogerent birlikka ega.
«Modda miqdori» so‘zidagi «modda» so‘zini, ishlatishda qulay bo‘lishi uchun, 
ta’kidlanayotgan moddaning maxsus nomlar bilan almashtirib, masalan «Vodorod 
xlorid HCl miqdori», yoki «Benzol C
6
H
6
miqdori» kabi tarzida qo‘llanilishi mumkin. 
Nazarda tutilayotgan moddaning empirik kimyoviy formulasi keltirish orqali, struktur 
elementni alohida ta’kidlab aytish muhim (Mol ta’rifning ikkinchi qismida 
aytilganidek). Garchi «miqdor» so‘zining asosiy lug‘aviy ma’nosi ancha keng bo‘lsa 
ham, uni «modda miqdori» so‘zining qisqartirilgan shakli sifatida qo‘llashga ruxsat 


etiladi. Bu qoida shuningdek, «modda konsentratsiyaning miqdori» kabi, keltirib 
chiqarilgan miqdorlar uchun ham tegishli bo‘lib, uni ham, shunchaki «konsentratsiya 
miqdori» sifatida qo‘llash mumkin. Shunga ko‘ra, klinik kimyo sohasida, «modda 
konsentratsiyasi miqdori» nomi, «modda konstentratsiyasi»gacha qisqartirib olingan 













Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling