6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari
Download 90.49 Kb. Pdf ko'rish
|
6-мавзу мой
- Bu sahifa navigatsiya:
- Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish.
41 6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari. Neftdan olinadigan har-xil sohalarda ishlatiladigan moylar atmosfera bosimi ostida xaydab olingan neft qoldig’i mazutdan olinadi. Moylarni ishlab chiqarish jarayoni 3 bosqichdan iboratdir: 1. Boshlang’ich xom ashyoni tayyorlash - moy frakstiyalarini olish. 2. Olingan moy frakstiyalaridan komponentlar olish. 3. Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) ularga qo’ndirma qo’shish va tovar mahsulot olish. Boshlang’ich xom ash’yoni tayyorlashda mazutni vakuum ostida haydab frakstiyalarga ajratiladi. Moylarni olishda ishlatiladigan usulga qarab ular ikki gruppaga bo’linadi. 1. Distillyat gruppasi – bunga vakuum ostida 300-400 0 S, 350-420 0 S, 420- 450 0 S va 450-500 0 S da mazutni qizdirib olinadigan frakstiyalar. 2. Mazutni vakuumda haydalgandan keyingi qoldiq-gudrondan (500 0 S dan yuqori) olinadigan moylar. Distillyat moy frakstiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari-distillyat moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi. Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko’p bosqichli jarayondir. Xar bir bosqichni vazifasi moylarni ekspluatastiya xususiyatini pasaytiradigan gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft frakstiyalaridan hamma kislotali xossaga ega bo’lgan birikmalarni, to’yinmagan uglevodorodlarni, qisman oltingugurtli va smolali birikmalarni, qisqa yon zanjirli polistiklik aromatik uglevodorodlarni, qattiq parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy komponentlarini olish asosida yuqorida ko’rsatilgan zararli komponentlarni tozalash yotadi. Bu usullar-fizik (erituvchilar bilan ekstrakstiyalash), eritmadan past haroratda cho’ktirish, fizik-ximik-adsorbstiya, kimyoviy usul-N 2 SO 4 bilan tozalash va gidrotozalashdir. Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko’p. 42 Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni deasfaltizastiya qilinib undagi bo’lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi. Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo’lgan polistiklik aromatik uglevodorodlarni ajratib olish. Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar asteton, dixloretan yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbstiya yoki gidrotozalash yordamida me’yoriga etkaziladi. Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydilar. Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan so’ng moylarni rangi o’zgaradi, ular ancha rangsizlanadi. Smolali va polistiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to’yinmagan uglevodorodlardan tozalash moyni termobarqarorligini oshiradi. Kislota xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish temperturasini pasaytiradi. Moylarni tovar xolatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish qurilmasida olib boriladi. Engil, o’rta va og’ir distillyatlar va qoldiq komponentlar bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin. Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. – Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib ma’lum haroratda aralashmadan faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o’zi erimasdan) ajratib beradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va keraksiz komponent cho’kmaga tushadi, engil ajratib olinadi. Deasfaltlash va deparfinlash ana shunga asoslangan. Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo’lib, erituvchilar keraksiz komponentlarni eritadi va qimmatbaxo komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu jarayonlarda fenol va furfurol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega. 43 Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy frakstiyasi deasfaltizat deyiladi, smola-asfaltenlarni konstentrastiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy rafinat, qattiq uglevodorodlarni konstentrati – gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol va furfurol bilan tozalanganda moy - rafinat va smolali, asfaltenli polistiklik aromatik uglevodorod konstentrati – ekstrakt deyiladi. Download 90.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling