6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari


Download 90.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi90.49 Kb.
#1479082
Bog'liq
6-мавзу мой



41 
6-mavzu. Moylarni ishlab chiqarishning nazariy asoslari. 
 
Neftdan olinadigan har-xil sohalarda ishlatiladigan moylar atmosfera bosimi 
ostida xaydab olingan neft qoldig’i mazutdan olinadi. Moylarni ishlab chiqarish 
jarayoni 3 bosqichdan iboratdir:
1. Boshlang’ich xom ashyoni tayyorlash - moy frakstiyalarini olish. 
2. Olingan moy frakstiyalaridan komponentlar olish.
3. Komponentlarni aralashtirish (kompaundirlash) ularga qo’ndirma qo’shish 
va tovar mahsulot olish.
Boshlang’ich xom ash’yoni tayyorlashda mazutni vakuum ostida haydab
frakstiyalarga ajratiladi. Moylarni olishda ishlatiladigan usulga qarab ular ikki 
gruppaga bo’linadi.
1. Distillyat gruppasi – bunga vakuum ostida 300-400
0
S, 350-420
0
S, 420-
450
0
S va 450-500
0
S da mazutni qizdirib olinadigan frakstiyalar. 
2. Mazutni vakuumda haydalgandan keyingi qoldiq-gudrondan (500
0
S dan 
yuqori) olinadigan moylar.
Distillyat moy frakstiyalaridan qayta ishlab olingan surkov moylari-distillyat 
moylar deyiladi, gudrondan olinganlari-qoldiq moylar deyiladi. Boshlang’ich moy 
frakstiyalaridan moy komponentlarini olish murakkab ko’p bosqichli jarayondir. 
Xar bir bosqichni vazifasi moylarni ekspluatastiya xususiyatini pasaytiradigan 
gruppalar birikmasidan tozalashdir. Neft frakstiyalaridan hamma kislotali xossaga 
ega bo’lgan birikmalarni, to’yinmagan uglevodorodlarni, qisman oltingugurtli va 
smolali birikmalarni, qisqa yon zanjirli polistiklik aromatik uglevodorodlarni, qattiq 
parafinlarni chiqarib tashlash kerak. Boshlang’ich moy frakstiyalaridan moy 
komponentlarini olish asosida yuqorida ko’rsatilgan zararli komponentlarni tozalash 
yotadi. Bu usullar-fizik (erituvchilar bilan ekstrakstiyalash), eritmadan past haroratda 
cho’ktirish, fizik-ximik-adsorbstiya, kimyoviy usul-N
2
SO
4
bilan tozalash va 
gidrotozalashdir. 
Qoldiq moylarini ishlab chiqarish distillyat moylarni ishlab chiqarishga 
nisbatan murakkabdir, chunki gudronda asfalten-smolali birikmalar juda ko’p.


42 
Mazutni vakuum ostida haydalgandan keyingi qolgan qoldiqni-gudronni 
deasfaltizastiya qilinib undagi bo’lgan smolali-asfaltenlarni chiqarib olinadi. 
Deasfaltizat saylab tozalovchi eritmalar-fenol yoki furfurol bilan tozalanadi. Bundan 
maqsad-qolgan smola-asfaltenlarni va yonbosh zanjiri qisqa bo’lgan polistiklik 
aromatik uglevodorodlarni ajratib olish.
Selektiv (saylab) tozalangan rafinatdan erituvchilar asteton, dixloretan 
yordamida qattiq parafinlarni cho’ktiriladi. Deparafinlangan mahsulotni adsorbstiya
yoki gidrotozalash yordamida me’yoriga etkaziladi. 
Distillyat moy frakstiyalari, odatda, deasfaltizastiya qilinmaydilar.
Distillyat va qoldiq moylarni umumiy texnologik sxemasi shu bilan farq 
qiladi. Moy frakstiyalari tozalangandan so’ng moylarni rangi o’zgaradi, ular ancha 
rangsizlanadi. Smolali va polistiklik aromatik uglevodorodlardan tozalash natijasida
moylarni kokslanishi va yopishqoqlik indeksi ortadi. Smola va to’yinmagan 
uglevodorodlardan tozalash moyni termobarqarorligini oshiradi. Kislota 
xususiyatiga ega bo’lgan uglevodorodlardan tozalash esa korroziya aktivligini
pasaytiradi va qattiq uglevodorodlardan tozalash qotish temperturasini pasaytiradi.
Moylarni tovar xolatiga keltirib tayyorlash komponentlarni aralashtirish 
qurilmasida olib boriladi. Engil, o’rta va og’ir distillyatlar va qoldiq komponentlar
bo’lsa moylarni xoxlagan navini tayyorlash mumkin.
Moylarni tozalash jarayonida saylovchi erituvchilaridan foydalanish. – 
Saylovchi yoki selektiv erituvchilar suyuq modda bo’lib ma’lum haroratda
aralashmadan faqat ma’lum komponentlarni (boshqalarini eritmasdan va ularda o’zi 
erimasdan) ajratib beradi. Ba’zan erituvchilar uglevodorodlarni yaxshi eritadilar va 
keraksiz komponent cho’kmaga tushadi, engil ajratib olinadi. Deasfaltlash va 
deparfinlash ana shunga asoslangan.
Boshqa jarayonlarda, buni teskarisi bo’lib, erituvchilar keraksiz 
komponentlarni eritadi va qimmatbaxo komponentlarni deyarli eritmaydi. Bu 
jarayonlarda fenol va furfurol selektiv tozalashda ishlatiladi. Tozalangan mahsulot va 
keraksiz komponentlar har bir jarayonda o’z nomiga ega. 


43 
Masalan: Deasfaltlashda tozalangan moy frakstiyasi deasfaltizat deyiladi, 
smola-asfaltenlarni konstentrastiyasi asfalt deyiladi. Deparafinlashda olingan moy 
rafinat, qattiq uglevodorodlarni konstentrati – gach yoki petrolatum deyiladi. Fenol 
va furfurol bilan tozalanganda moy - rafinat va smolali, asfaltenli polistiklik 
aromatik uglevodorod konstentrati – ekstrakt deyiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 90.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling