6-mavzu. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar. Reja


Download 445.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi445.85 Kb.
#1586535
  1   2   3
Bog'liq
6-Mavzu



6-mavzu. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar. 
Reja: 
1. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar va ularni turlari.
2. Shoda ko‘taruvchi karetkalar yordamida ishlab chiqarilgan to‘qimalar.
3. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar xomuza omillarini rostlash. 
Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi 
Ayrim mokili to'quv dastgohlariga kulachoklari ichki joylashgan, yumshoq 
uzatmali, shodalar harakati bir-biriga bog'liq bo'lgan negativ xomuza hosil qilish 
mexanizmi o'rnatiladi (6.1-rasm).
Xomuza balandligi (y) va (b) masofalarni o'zgartirish yo'li bilan rostlanadi. 
Ravon xomuza hosil qilish uchun orqada joylashgan shodalar oldingisiga nisbatan 
ko'proq miqdorga ko'tarilishi kerak, ya'ni shodalar to'qima chetidan qanchalik 
uzoqda joylashgan bo'lsa, u shunchalik ko'proq miqdorda tik yo'nalishda 
harakatlanadi, ya'ni h
1

h
2
bo'ladi. 
6.1-rasm. Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi
 
Bir ko'tarimli, yopiq xomuza hosil qiluvchi shoda ko'tarish karetkalari eni enli 
va tezligi yuqori bo'lmagan to'quv dastgohlarida qo'llaniladi. 


Tezligi yuqori bo'lgan to'quv dastgohlarini paydo bo'lishi ikki ko'tarimli 
karetkalarni yaratishni taqazo etdi. Bir ko'tarimli karetkalar dastgoh bosh valining 
aylanishlari soni 170-175 min
-1 
bo'lgan to'quv dastgohlarida qo'llanilsa, ikki 
ko'tarimli karetkalar esa tezligi 240 min
-1 
gacha bo'lgan to'quv dastgohlarida 
foydalanish imkoniyatini beradi. 
6.2-rasm. Negativ SHKK (Keygli (Keighley) sistemasi 
S
1
,S
2
- tayanch, H
1
, H
2
-ilgaklar, A, B, -sharnirlar, F
1
, F
2
-pasongi, K
1
, K
2
-
pichoklar, C, D-ignalar, 16-8 qirrali prizma, 17-karton, 18-tyaga. 
Karetka to‘quv dastgohining o‘rta validan harakat oladi. O‘rta va 
aylanganda krivoship yordamida tortqi orqali harakat uzatiladi. Pichoqlar (K
1

K
2
) yo'naltiruvchi bo'ylab ilgarilama - qaytma, bir-biriga nisbatan qarama-qarshi 
harakatlanadi. Agar yuqori pichoq K

chapga harakatlansa, pastki pichoq K

o'ngga harakatlanadi. Pichoqlarni tsiklik harakati 6.3-rasmda keltirilgan.



Download 445.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling