6-mavzu. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar. Reja
Download 445.85 Kb. Pdf ko'rish
|
6-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi
- 6.1-rasm. Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi
- 6.2-rasm. Negativ SHKK (Keygli (Keighley) sistemasi
6-mavzu. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar. Reja: 1. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar va ularni turlari. 2. Shoda ko‘taruvchi karetkalar yordamida ishlab chiqarilgan to‘qimalar. 3. Negativ shoda ko‘taruvchi karetkalar xomuza omillarini rostlash. Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi Ayrim mokili to'quv dastgohlariga kulachoklari ichki joylashgan, yumshoq uzatmali, shodalar harakati bir-biriga bog'liq bo'lgan negativ xomuza hosil qilish mexanizmi o'rnatiladi (6.1-rasm). Xomuza balandligi (y) va (b) masofalarni o'zgartirish yo'li bilan rostlanadi. Ravon xomuza hosil qilish uchun orqada joylashgan shodalar oldingisiga nisbatan ko'proq miqdorga ko'tarilishi kerak, ya'ni shodalar to'qima chetidan qanchalik uzoqda joylashgan bo'lsa, u shunchalik ko'proq miqdorda tik yo'nalishda harakatlanadi, ya'ni h 1 h 2 bo'ladi. 6.1-rasm. Negativ kulachokli xomuza hosil qilish mexanizmi Bir ko'tarimli, yopiq xomuza hosil qiluvchi shoda ko'tarish karetkalari eni enli va tezligi yuqori bo'lmagan to'quv dastgohlarida qo'llaniladi. Tezligi yuqori bo'lgan to'quv dastgohlarini paydo bo'lishi ikki ko'tarimli karetkalarni yaratishni taqazo etdi. Bir ko'tarimli karetkalar dastgoh bosh valining aylanishlari soni 170-175 min -1 bo'lgan to'quv dastgohlarida qo'llanilsa, ikki ko'tarimli karetkalar esa tezligi 240 min -1 gacha bo'lgan to'quv dastgohlarida foydalanish imkoniyatini beradi. 6.2-rasm. Negativ SHKK (Keygli (Keighley) sistemasi S 1 ,S 2 - tayanch, H 1 , H 2 -ilgaklar, A, B, -sharnirlar, F 1 , F 2 -pasongi, K 1 , K 2 - pichoklar, C, D-ignalar, 16-8 qirrali prizma, 17-karton, 18-tyaga. Karetka to‘quv dastgohining o‘rta validan harakat oladi. O‘rta va aylanganda krivoship yordamida tortqi orqali harakat uzatiladi. Pichoqlar (K 1 , K 2 ) yo'naltiruvchi bo'ylab ilgarilama - qaytma, bir-biriga nisbatan qarama-qarshi harakatlanadi. Agar yuqori pichoq K 2 chapga harakatlansa, pastki pichoq K 1 o'ngga harakatlanadi. Pichoqlarni tsiklik harakati 6.3-rasmda keltirilgan. Download 445.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling