6-Mavzu: O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Reja


Sanitariya-gigiyena talablari


Download 21.02 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi21.02 Kb.
#1574129
1   2   3   4
Bog'liq
6-maruza

Sanitariya-gigiyena talablari.
Kasb ta’limi metodikasi” o’quv mehnati gigiyenasi bilan ham bog’liq bo’lib, u o’quv ustaxonalarida o’quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda o’qitish hamda tarbiyalashning sanitariya-gigiyena sharoitlarini o’rganadi. Har bir gigiyena sharoiti yaratish (yorug’lik, ozodalik, shamollatish), o’quvchilarning ish o’rnini to’g’ri tashkil etishga, zarur asboblardan, mehnat usullaridan foydalana bilishga o’rgatish – kasb ta’limi o’qituvchisi amalga oshirishi va hayotga tatbiq etishi lozim bo’lgan asosiy masalalardir.

  1. Ustaxonalar uchun mo’ljallangan bino o’quv-pedagogika, sanitariya-gigiyena va ishlab chiqarish, texnik talablarini qondirishi kerak.

  2. O’quv ustaxonalarining jihozlanishi texnikaning hozirgi darajasiga, yuksak kasb madaniyatiga muvofiq kelishi hamda ularga kasb-hunar ta’limi dasturining barcha mavzularini o’rganish uchun shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi lozim.

  3. O’qituvchining o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan o’quv ishlab chiqarish ishlari uchun ham guruh tarzidagi ishlar uchun ham shart-sharoitlar yaratilgan bo’lishi kerak.

  4. Har bir o’quvchi uchun mustaqil ish joyi ajratilgan bo’lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlangan bo’lishi zarur.

  5. O’qituvchi uchun namunaviy ish joyi ajratilgan bo’lib, u tegishli asbob-uskunalar, moslamalar bilan jihozlanishi va pol ustidan 250-300 mm balandlikda bo’lishi kerak.

  6. Ustaxonalarda o’quvchilarning qulay va xavf-xatarsiz mehnat qilishi uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

  7. O’quv ustaxonalari hajmdor yassi ko’rsatma qo’llanmalar bilan, shuningdek, ta’limning texnikaviy vositalari bilan jihozlangan bo’lishi zarur.

  8. Yordamchi xizmatxonalari (asboblar saqlanadigan xona va omborxonalar) o’quv ustaxonalariga yaqinroq joylashgan bo’lishi kerak.

  9. Ustaxonalarda o’quvchilarning diqqatini ishdan chalg’ituvchi va mehnat jarayonini buzuvchi shovqinga va tashqi ovozlarga yo’l qo’ymasligi kerak.


Download 21.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling