6-Mavzu: O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Reja
Download 21.02 Kb.
|
6-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natija
- 1. Asbob uskuna va moslamalar
6-Mavzu: O’quv ustaxonasini tashkil etish va jihozlash Reja: 1. Asbob uskuna va moslamalar. 2. Sanitariya-gigiyena talablari. Maqsad: Talabalarga ustaxonadagi asbob uskunalar va moslamalar, sanitariya – gigiyena ishlari bilimlarni shakllantirish. Natija: Talabalar ustahonalarda ishlatiladigan asbob uskunalar va sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilishni o’rganadilar. Tezkor savollar: 1. O’quv ustaxonasini jixozlashda nimalarga e’tibor beriladi. 2. Sanitariya-gigiyena, pedagogik metodik talablar nimalardan iborat. 1. Asbob uskuna va moslamalar O’quv ustaxonasidagi mehnat sharoiti sanitariya-gigiyena va xavfsizlik texnikasining barcha talablariga to’la javob berishi kerak. Dasturdagi barcha modellari emas, balki texnik ijodkorlikni ham o’rganish uchun zarur sharoit bilan ta’minlanishi lozim. 1. Turli buyurtmalarni bajarishda pedagogning o’rganuvchilar bilan olib boradigan umumiy guruhli hamda guruhchani va oqim ishlari uchun ham sharoit yaratilishi zarur. 2. Har bir talabaga kerakli asbob-uskunalar va moslamalar bilan ta’minlangan alohida ish o’rni ajratilishi lozim. 3. Pedagog uchun tegishli jihozlar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlangan va poldan 250-300 mm ko’tarilgan namunali ish o’rni tashkil etilishi lozim. 4. Ustaxonalarda talabalar eng qulay va xavfsiz mehnat qilishi uchun zarur sharoit bo’lishi lozim. 5. O’quv ustaxonalari hajmi va tekis ko’rsatmali qo’llanmalar, shuningdek, ta’limning texnik vositalari bilan jihozlanishi zarur. 6. Yordamchi binolar(asboblar ombori o’quv ustaxonasiga yaqin bo’lishi kerak. 7. Tashqaridagi tovushlar talabalarning e’tiborini ichidan alahsitadigan va mehnat jarayonini buzadigan shovqin –suronlar ustaxonaga kirmasligi lozim. O’quv ustaxonasining maydoni 80-90 mm 2 bo’lishi kerak. O’quv ustaxonalari materiallar, yarim-fabrikatlar, tayyorlangan buyumlar saqlanadigan yordamchi xonalarga ega bo’ladi. Bunday xonalar quruq, yog’och poli, tabiiy va majburiy shamollatiladigan, mo’tdil tabiiy va sun’iy (ish o’rnida 100-150 lyuks), yoritilgan, havosining temperaturasi qishda 14-16 0 S bo’lishi va yozda 20 S dan oshmasligi kerak. Yoritgich sifatida kunduzgi lampadan foydalanish kerak. Ustaxona devorlari tekis ,yorqin rangga , shifti oq ranga bo’yalishi kerak. Bu xonaning yorug’ligini oshiradi. Ustaxona anjomlarining turli qismlari bilan ustaxonaning umumiy sathi o’rtasida to’g’ri uyg’unlik vujudga keltiradi. Ustaxonada tovush va vebrasiyani yutuvchi moslamalarni qo’llash hamda mehnatning eng samarali usullaridan foydalanish orqali tebranish zichligini kamaytirib, tovush va titrashni pasaytirishga erishish kerak. O’quvchilar olingan ma’lumotlar asosida detalga, qismga tegishli o’zgartishlar kiritadilar, ularning pishiqligi va ishonchliligi uchun kerakli hisoblashlarni amalga oshiradilar, chizmalardagi o’lchamlar va geometrik shakllarni to’g’irlaydilar, modelni o’zgargan tuzilmasining kinematik (prinsipial) chizmasini tuzadilar. Detallar, uzellar va mexanizmlarning tuzilmlarini tanlashda standartlash va uni funksiyalash talablariga asoslanish lozim, ya’ni yangi nomukammal detallarni o’ylab topmaslik, balki ko’p marta amalda sinalgan tayyorlash va yig’ish qulay standart detallardan ixchamlashtirilgan uzellar va mexanizmlardan foydalanish kerak. Modelda detallarni o’zaro biriktirishning uzellarini mustahkamlashning eng rasional usullarini aniqlash amalga oshiriladi. Model tuzilmasining uning ishlov berish (tayyorlash) va (yig’ish) uchun qulayligini tanqidiy analiz qilish ba’zan talabalardan ilgarigi bichimlarni qayta ko’rib chiqishni yangi detallarni loyihalashni, so’ng ularni takomillashgan tuzilmani hisobga olib joylarga moslashtirishni, yig’ish operasiyalarining xarakterini o’zgartirishni va bunda zarur texnologik jihozlashni nazarda tutishni taqozo etadi. Model tuzilishiga qo’yilgan talablar o’zgarsa yoki ortsa unga boshqacha vazifa yuklansa bu tuzilishini modelining kinemattik chizmasida ko’rinadigan tubdan takomillashtirish yangi uzellar va mexanizmlarni tuzilishi yoki tanlash ulardagi ayrim detallarni almashtirish zarurati tug’iladi. Bu ish talabalarda texnik tuzilish va modellashtirsh jarayonida jiddiy ijodiy kuch-g’ayratni sarflashni talab qiladi. O’quvchilar modellashtirishni o’zlashtirishning birinchi bosќichida asosan vazifalarni bajarish uchun kerakli barcha muhim ma’lumotlarni oladilar. Lekin bundan ana shu bosqichda talabalar o’z ijodkorligini ko’rsatishlari uchun sharoit yo’q degan ma’no kelib chiqmaydi. Chunki hatto obyektning chizmasi va texnik shartlari va texnologik xaritalar mavjud bo’lsada, talabalar muayyan darajada mustaqil ko’rsatishlariga to’g’ri keladi. Ular avvalo texnik hujjatlarni yaxshi tushunishlari: chizmalarni o’qiy olishlari,buyumni tayyorlash va yig’ish texnologiyasini o’rganib chiqishlari kerak. Xususan, chizmaga muvofiq materialni to’g’ri tanlash, kerakli asboblarni, detallarning birikish usullarini aniqlash masalalarini mustaqil hal qilishlari lozim bo’ladi. Download 21.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling