O‘zbek tilida frazeologik va paremiologik birliklar xo’shbaqova Nasiba Nurqobil qizi Denov Tadbirkirlik va Pedagogika Instituti
Download 31.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqtezis1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so’zlar
- Frazeologiya
O‘ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR Xo’shbaqova Nasiba Nurqobil qizi Denov Tadbirkirlik va Pedagogika Instituti Annotatsiya: Ushbu maqolada frazeologik va paremiologik birliklarni o’zbek tilidagi tadqiqi yoritilgan. Frazeologiya va paremiologiya haqidagi ma’lumotlar to’liq yoritilgan. Kalit so’zlar: frazeologiya, paremiologiya, hikmatli so’zlar, turg’un birikmalar. Ma’lumki dunyo tillari kabi o’zbek tilida ham frazeologik birliklar hamda paremiologik birliklar leksik birliklarning asasiy qismlari hisoblanadi. Bu kabi leksik birliklar tilimizni yanada chiroyli va qiziqarli qilishi sir emas. Shunday ekan, yillar davomida o’zbek tilshunosligida ham ularning o’rni beqiyos va olimlar frazeologik va paremiologik birliklarni o’rganib kelmoqdalar. XX asr tilshunoslarining eng bahsli mavzularidan biri - bu frazeologik birikmalarning lug`atdagi o`rni va bu tilning chegaralari haqida munozaralar yuritishdan iborat edi. Britaniya va amerikalik olimlar frazeologik birikmalarni asosan tilshunoslikning bir muammosi sifatida qarashgan. Ular o`z e`tiborlarini frazeologik birikmalar va iboralar lug`atlarini tuzishga qaratishgan. Bunday qilishdan ko`zlangan maqsad tajriba o`tkazish bo`lgan xolos, ya`ni ular barchani ham mahalliy aholini, ham xorijliklarni so`zlashuvdagi iboralar kitobi bilan ta`minlashgan va xorijliklar va sof inglizlarning muhim farqli jihatlarini ko`rib chiqqanlar. Bu yondashish qisman didaktik, qisman stilistik bo`lgan. Masalaning bu tomoni kelajakda alohida maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borishga undaydi [2]. Frazeologiya Frazeologik birliklar tilning boshqa birliklaridan farq qiluvchi, o’ziga xos ma’no va shaklga ega bo’lgan birikmalardir. Ular so’zlar va erkin birikmalardan farqli ravishda sintaktik jihatdan yaxlit, semantik jihatdan o’zgarmas hisoblanadi. Frazeologik birliklar va erkin birikmalar tuzilishi jihatidan ham semantik jihatidan ham alohida alohida birliklardir. Frazeologik birliklar yaxlit holda yoki qisman ko’chma ma’noga ega so’z birikmasi yoki gap tuzilishiga ega birliklar hisoblanadi. Turg’unlik frazeologik birliklarga xos xususiyat hisoblanadi. Erkin birikmalar va so’zlar esa morfemalardan tashkil topgan bo’ladi. So’zlar va erkin birikmalar lug’aviy ma’noda ham ko’chma ma’noda ham qo’llanilish xususiyatiga ega bo’ladi, ammo frazeologik birliklar faqatgina ko’chma ma’noda qo’llaniladi. Ingliz tilshunosligida taniqli ingliz tilshunosi I.V.Arnol’d frazeologizmlar xususida fikr yuritar ekan, quyidagicha yozadi: “Har qanday tilning ... boyishi faqat yangi so‘zlar yasalishi hisobiga emas, balki turg‘un birikmalar orttirib borish hisobiga ham bo‘ladi”[1]. Rus tilshunosligida N.N.Aleosova keyinchalik frazeologizmlarni monografik planda o‘rganib, quyidagi fikrlarni e’tirof etadi: “Frazeologik hodisalarni tadqiq etish tizim sifatidagi til haqida ham, nutq mexanizmi haqida ham mavjud tasavvurlarimizga sezilarli o‘zgarishlar kiritadi” Ingliz tilida Frazeologik birliklarni rus tilshunosi Kunin boshqa til birliklaridan quyidagicha farqlaydi: • turg’unlik ikki yoki undan oriq leksimadan yasalishi; • tilda tayyor holda saqlanib, nutqqa shundayligicha olib kirilishi O‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasi dastlab XX asrning 50- yillarida o‘rganila boshlangan. Uning o‘rganilishiga boshlang‘ich tamal toshini qo‘ygan tilshunos Sh.Rahmatullaevdir. U birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasini tadqiq eta boshlagan va natijada uning “Hozirgi o‘zbek tilida obrazli fe’lli frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari” mavzuidagi monografik tadqiqoti maydonga kelib, uni 1952-yili muvaffaqiyatli himoya qilgan . Keyinchalik esa Sh. Rahmatullaev o‘zining mazkur sohadagi ilmiy-tadqiqot ishini davom ettirib, 1966-yili “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling