O‘zbek tilida frazeologik va paremiologik birliklar xo’shbaqova Nasiba Nurqobil qizi Denov Tadbirkirlik va Pedagogika Instituti
Download 31.53 Kb.
|
1 2
Bog'liqtezis1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Paremiologiya
Paremiologiya (yunoncha: paroimia — hikmatli soʻz, zarbulmasal va ... logiya) — 1) maʼlum bir tildagi avloddan avlodga ogʻzaki shaklda koʻchib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor, mantiqiy umumlashma sifatida paydo boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni — paremalarni oʻrganadigan fan sohasi; 2) muayyan tilda mavjud boʻlgan maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralar — paremalar tizimi. Paremalar avloddan avlodga faqat ogʻzaki holdagina oʻtib kelganligi, xalq ogʻzaki ijodining mahsuli boʻlganligi uchun adabiyotshunoslikning oʻrganish obʼyekti hisoblanadi, chunki ularning aksariyati koʻpincha sheʼriy shaklga oʻxshaydi va ularda oʻxshatish, antiteza, anafora, alliteratsiya, kinoya, piching kabi bir qancha tasviriy vositalar qoʻllanadi. Shu bilan birga paremalar soʻzlardan tuzilib, maʼlum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat boʻlgani uchun tilshunoslikning ham oʻrganish obʼyektidir. Paremalar ana shu jihatni oʻzida birlashtiradi. Paremalar frazeologiya bilan chambarchas bogʻliq. Ular tilda mavjud boʻlgan turli xil barcha iboralarni oʻrganadi, frazeologiya esa uning bir qismi sifatida faqat koʻchma maʼnoli turgʻun birikmalarni oʻrganadi. Shu jihatdan ular oʻzaro farqlanadi. Oʻrganish obʼyektining birligi, yaʼni bir necha soʻzdan tashkil topgan turgʻun, barqaror birikmalarni tekshirish parema bilan frazeologiyaning oʻxshash, umumiy tomoni hisoblanadi. Paremalarni toʻplash, oʻrganish Mahmud Koshgʻariy ("Devonu lugʻotit turk") va Gulxaniy ("Zarbulmasal") zamonlaridan to hozirgi kunlargacha davom etib kelmoqda [4]. Xulosa o’rnida aytishimiz mumkinki, frazeologik birliklar hamda paremalar har qanday tilning ajralmas qismi hisoblanadi, ularni o’rganish dunyo olimlarining e’tibor markazidadir. Ular tilimizdan azaldan mavjud bo’lganligini 11 asrda Mahmud Koshgʻariy ("Devonu lugʻotit turk") paremalar mavjud bo’lgan asarini yozganligi bunga misol bo’la oladi. Ammo, frazeologik birliklar ham paremalar ham ular xususida tadqiqotlar olib borilishi kerakligini anglatadi. Foydalanilgan adabiyotlar Арнолд И. В. Лексикология современного английского языка. – М. , 1969. Makhsetova, Z. T. R. (2022). Frazeologik birliklar va ularning boshqa birliklardan farqi. Science and Education, 3(10), 668-671 Sabirova, S., & Ismailova, A. (2022). O ‘ZBEK TILIDA FRAZEOLOGIK VA PAREMIOLOGIK BIRLIKLAR VA ULARNING YONDOSH HODISALARGA MUNOSABATI. Solution of social problems in management and economy, 1(4), 134-136. https://uz.wikipedia.org/wiki/Paremiologiya Download 31.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling