6-mavzu. O‘smirlar xulq-atvori psixokorreksiyasi. Gerontopsixologiyada psixokorreksiya Reja


O‘smirlik davrida deviant xulq atvor psixokorreksiyasi


Download 34.68 Kb.
bet3/7
Sana03.02.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1155089
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-мавзу

6.2.O‘smirlik davrida deviant xulq atvor psixokorreksiyasi.

Destruktiv hulqning paydo bo‘lishi psixologik hususiyatlar bilan bog‘liq. Bu davrda bolalar qaysar bo‘ladi. Katta o‘smirlar hayotda mustaqil bo‘lib, o‘z o‘rnini topmoqchi bo‘ladi. Ular romantik bo‘lib, tortinish nimaligini bilmaydilar va yolg‘izlikni yoqtiradilar. Shaxsning rivojlanishi jamiyat va madaniyat ta’sirida kechadi. Jinsiy yetilish hammada har hir kechadi. Ba’zilarda o‘smir bu davrni og‘ir kechib, juda ta’sirchan bo‘lib qoladi. Masalan o‘smir sportchilar orasida obro‘yli bo‘lib, qarama-qarshi jins bilan aloqa qilishda mutloqo tayyor bo‘lmasligi mumkin. Ba’zida hulqning buzilishi oila bilan chegaralanadi. Bu yerda ota-ona va qarindoshlarning qo‘pol muomilasi bilan namoyon bo‘ladi. Uydan narsa o‘g‘irlanadi, uy yondiriladi va hokazolar. Ba’zida o‘smirlarni yetarli darajada kattalar yoki tengdoshlar bilan muloqat qilmasligi ham shu holatlarga olib keladi. Kattalarga nisbatan ishonchsizlik, tushunmovchilik, berahimlikni ko‘ramiz. Har galgidek bola yoki o‘smir yolg‘iz. Bu yolg‘izlik tartib buzarlikga, shavqatsizlikga, qo‘pollikka olib keladi. Bunday holatlarda kattalar bilan munosabati yomon bo‘lganligini ko‘rsatadi.


Destruktiv xulq ko‘rinishlaridan biri- delinkvent hulqdir. Ushbu xulq ko‘rinishlari salbiy oqibatlar sarasiga quyidagilar kiritildi. Bunga mayda hulq va huquqbuzarliklar kiradi. Ya’niy, kuchsiz va kichiklarni kamsitish, pul talab qilish, velosiped yoki motosikllarini olib qochish, darslardan qochish va hokazolar.
- Sabablar yetarlicha tarbiyani yuqligi. - 30%-80%- to‘liqsiz oilalar; - 70%- harakterni jiddiy buzulishi; - 66% - aksentuantlar; - 40% - kasallangan orasida; - 3% - uydan qochish va daydilanish; - 4% - qochishda lat yeganlar va kasalhonalarga jo‘natilganlar
- Qochishlarning kelib chiqishi: yetarli nazorat qilmaslikdan, oilaning o‘ta talabchanligi, yaqinlarni yetarli e’tibor bermaganligidan, o‘rtoqlar tamonidan shavqatsiz muomala qilganligidan va hokazolar.
- Erta ichkilikbozlik va nashavandlik. Ichkilikbozlik va nashavandlikni yarimi o‘smirlik davrida boshlanadi. Bu davrda o‘smirni davralarda bo‘lishi qiziqtiradi va o‘zini katta odam deb his qiladi, ruhiy holatini o‘zgartirgisi keladi. Shu bilan birga o‘smir ichkilikka va nashabandlikka o‘zi bilmagan holda berilib ketadi.
- O‘smirni ongida jinsiy aloqa haqida tushunchasi yetarli darajada emas. Hali jinsiy indentifikasiyasi oxiriga yetmagan. Shuning uchun o‘smir jinsiy aloqaga berilishi mumkin. Bir hil o‘smirlar viziantizm bilan qoniqadilar. Ya’ni o‘zini yechingan holda tamosha qiladi yoki yechinganlarni kuzatadi.
- Bu hol o‘smirni o‘sishi bilan asta-sekin yo‘qoladi. Lekin sharoiti yo‘q holatlarda, bu odat bo‘lib qoladi. O‘smirlarni gomoseksualizmi, odatda yopiq o‘quv maskanlarida, bir xil toifadagi jins bilan aloqa bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu zo‘rlash bilan, o‘g‘il bolalar orasida ko‘proq uchraydi.
- Deviant hulqi ohirigacha o‘rganilmagan. Bu hulq og‘ir hatolarga olib keladi. Faqat ruhiy faktorlar emas, balki ijtimoiy va avlodlarni bir-biriga moyilligi, katta ahamiyatga ega.
- Charlz Kuli konsepsiyasi bo‘yicha o‘smirni yoshligida mehr-muhabbat, hurmat, mehnat, atrofdagilarga achinish, rahimi kelish, hamdardlik bildirish hislarini uyg‘otish kerak. Bolani har tamonlama rivojlantirib, hayot maktabini o‘rgatish va ko‘p bilim berish lozim. Bolani har bir harakatini atrofdagildar his qilib, ma’qullab yoki tanbeh berishini, o‘smir hamma vaqt sezishi kerak. Uning quvonchiga yoki kulfatiga atrofdagilar beparvo bo‘lmasligi lozim. Bu alifbe yoki gramatika yoki ko‘paytirish jadvalini tushuntirish emasdir. Bu turmush va hayotiy maktabdir. Bola o‘z o‘zidan shahs bo‘lib qolmaydi. Shaxs tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. Bola tashqi va ichki dunyo, odamlar bilan muloqot, tabiat, o‘simlik, hayvonot dunyosi bilan tanishib borishi kerak. Bular bolaga juda muhimdir. Bolalar uylarining tarbiyachilari, “tarbiyalanuvchilarning hamma sharoiti bor”, deyishini yaxshi ko‘rishadi. Ammo ularni ichida ruhan sog‘lom emas odamlar ko‘p. Bularning ichida jinoyatchilar va huquqbuzarlar topiladi.
- Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, odamlar 30 yoshidan keyin ham o‘z-o‘zini boshqara olmaydi. Bunday odamlar qarindosh, o‘rtoq, oila a’zolari, atrofdagilar bilan munosabatda bo‘lishda qiynalishadi. Ular hayotda ko‘p narsa yo‘qotadi. Bu odamlar shunday muhitga tushib, urush, janjal, kaltaklash, kamsitish va hakozolar bilan irodasi sinadi va yanada ham yomon ishlarni qilishga urinadilar. Shu bilan birga odam shahs sifatida sinadi va so‘nadi, depressiyaga tushkunlikka tushadi. Ba’zilarida uni dorilar bilan davolaydilar. Ko‘pincha bunday odamlar o‘zini aroq bilan davolaydi va u hayot mazmunini yo‘qotadi.
O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos tomonlar, ular o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar doirasida umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator tadbirlar, ya’ni psixotrening va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda bolalarga nisbatan ba’zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Asosan tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash kuzatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar kelib nazoratchilari ik va o‘g‘rilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta’sirlarga qarro‘yxatida hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlik ichishga, bezorilshilik ko‘rsatadi, ularning hulqida o‘zini biz hohlaganday tutmaslik holatlari chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘lishidir. Odatda bunday munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli nisbiy bilim olish bilan qanoat xosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda xukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob’yektiv baho berilmasligi, o‘qituvchi tomonidan bolaning individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga yetarlicha e’tibor berilmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz o‘tilishi, o‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi va boshqalar. O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a’zolari bunday o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi mumkin. O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak rejalarining poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan o‘smir o‘z kelajagini, orzuumidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, oilaviy sharoitning salbiy ta’siri ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi sababli bola nohush holat bilan yolg‘iz kurash olib borish kechinmalari bilan yashaydi. O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga aylanib boradi. Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, ba’zi ota-onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi va ta’lim tizimidagi pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi. Pedagogik qarovsizlik quyidagi darajalarda tavsiflanadi:

  1. Past. Hatti-harakat, xulq-atvordagi beqarorlik. O‘z “men”iga ortiqcha baho berish. Asosan yoshiga xos bo‘lgan xarakter belgilarining ustunlik qilishi.

  2. O‘rta. Kattalar va tengqurlari bilan aloqaning bo‘zilishi. O‘qish va mehnatga qiziqmaslik, nizolar egoistik yo‘nalishga asoslanishi. Pedagogik ta’sir choralari to‘g‘ri qabul qilingan holda unga amal qilmaslik.

  3. Yuqori. Salbiy xarakter xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlik oshkora qilinadi. Kattalar bilan o‘zaro munosabatda tajovo‘zkor bo‘ladi. O‘zlari to‘g‘ri deb qabul qilgan “ahloq normalari”ni oqlashga urinadilar. Ular huquqbuzarlik chegaralarini tushunib yetmaydilar.


Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling