6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


a) Yakkalik, xususiylik va umumiylik


Download 237.5 Kb.
bet13/17
Sana18.06.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1569480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

a) Yakkalik, xususiylik va umumiylik.
Faqat alohida narsa-hodisaga xos, uni boshqa narsa-hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa-hodisalar yoki ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni aks ettiradi.
Ko‘pchilik narsa-hodisalarga (yoki ularning tur va tomonlariga) xos o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligi umumiylik deyiladi. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa-hodisalarni ham ifodalaydi.
Narsa-hodisalarga xos maxsus tomon, xusu­siyatlar birligi xususiylik kategoriyasida aksini topgan. Xususiylik alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomon, belgi, xususiyat va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi barcha narsa-hodisalarga xos tomon, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan universal tushuncha. Masalan: Ahmad  odam  tirik mavjudot  materiya  borliq. «Borliq» tushunchasi bu yerda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik o‘zaro dialektik munosabatda. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohida­lik bilan bog‘laydi. Umumiylik ham yakkaliklarning umu­miy xususiyat, belgi, tomon, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikda mavjud bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa-hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iborat.
b) Sistema, struktura va element.
Borliqdagi narsa-hodisalar ma’lum sistemalar tarzida, o‘z tarkibiga ko‘ra, muayyan struktura hamda qator elementlardan tashkil topgan.
Sistema – borliqdagi o‘zaro bog‘liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsa, hodisa va jarayonlarning qonuniyatli birligi.
Struktura shu sistemani tashkil etgan narsa, hodisa va jarayonlarning tartibi, tuzilishi, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir. Struktura har bir narsa yoki hodisa, har bir sistemaning ajralmas tub xususiyati.
Element esa sistema strukturasini tashkil kilgan, nisbiy mustaqillikka ega tuzilmadir. Har bir sistema strukturasi bir qancha o‘zaro chambarchas bog‘liq elementlardan tarkib topadi.
Struktura:
1) narsa yoki hodisaning bir xil yoki har xil jinsligini, uning muayyan nisbiy mustaqil qism, element, komponentlarga bo‘linishini;
2) narsa yoki hodisani tashkil etuvchi qismr, bo‘lak, komponent va elementlarning o‘zaro bir-biriga ta’sir va aks ta’sirlari, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlar oid qonuniyatlarni;
3) narsa yoki hodisaning qanday elementlardan tashkil topganligidan qat’iy nazar, bu elementlarning organik birligi, yaxlitligi va bir butunligini ifodalaydi. Shuning uchun strukturani bilish, avvalo, uning elementlarini, so‘ng, mazkur elementlarning o‘zaro aloqadorliklarini aniqlash, nihoyat, bu elementlar bir butunligining o‘ziga xos tabiatini tushunib olish, demakdir.
So‘nggi paytda tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohalarida tadqiqot ob’ektiga sistemali yondashish, strukturaviy analiz usullari ishlab chiqildi. Ayniqsa, sistemali yondashish usuli dialektik usullarning tarkibiy qismidir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» ham bor. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlar yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling