6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 237.5 Kb.
bet17/17
Sana18.06.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1569480
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

Imkoniyat – voqelikning kurtak holdagi ko‘rinishi, u yuzaga chiqmagan voqelik. Imkoniyat voqelikni keltirib chiqaruvchi, rivojlanishning ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari hamdir.
Imkoniyat va voqelikni aralashtirib yuborish nazariyaning rolini inkor etishga, insonning tabiat va jamiyatni o‘zgartiruvchi faoliyatini tushunmaslikka, amaliyotning ahamiyatini yo‘qqa chiqarishga olib keladi.
Imkoniyatlar yangi, endi vujudga kelayotgan, rivojlanayotgan – progressiv va eski, umrini tugatayotgan – konservativ real kuchlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Eskilikni ifodalovchi imkoniyatning voqe bo‘lishi vaqtincha. Imkoniyat voqelikka birdan aylanmaydi. U eski voqelik ichida, avvalo, kurtak shaklida mavjud bo‘lib, so‘ng rivojlanib, tobora reallasha boradi va ma’lum davr, ma’lum shart-sharoit tufayli voqe­likka aylanadi. Imkoniyat reallasha borgani sari mavjud eski voqelik bilan kurashi ham keskinlashib boradi. Imkoniyatni formal, abst­rakt va real imkoniyatlarga ajratib o‘rganiladi. Quruq fikriy izchillik jihatidan to‘g‘ri, lekin real asosga ega bo‘lmagan imkoniyat formal imkoniyatdir. Formal imkoniyat hech qachon voqelikka aylanmaydi.
Amalga oshishi uchun hali shart-sharoitlar to‘liq yetilmagan, lekin amalga oshishi qonuniy bo‘lgan, narsa-hodisaning o‘zgarish va rivojlanish mantig‘idan kelib chiquvchi imkoniyat abstrakt imkoniyat deyiladi. Abstrakt imkoniyat rivojlanish jarayonida ma’lum ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlar yetilganda, real imkoniyatga aylanadi.
Real imkoniyat – rivojlanishning asosiy tendensiyasini ifodalovchi, hozirgi sharoitda uning ich­ki mohiyatidan kelib chiquvchi konkret, ayni vaqtda amalga oshishi mumkin bo‘lgan imkoniyatdir.
Ob’ektiv shart-sharoitlar – bular inson onggidan tashqarida mavjud bo‘lgan shart-sharoitlardir. Sub’ektiv omil – xalq ommasi, uning ongliligi va aktiv amaliy faoliyati. Imkoniyat va voqelik dialektikasi­ni o‘rganish masalasi jamiyatni boshqarishda juda ahamiyatli. Bunda sub’ektiv omil ob’ektiv shart-sharoitlarga asoslanadi.
Umuman, dialektikada deterministik aloqadorliklarni ifodalaydigan kategoriyalar nafaqat o‘zaro, balki boshqa barcha kate­goriyalar bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishni taqozo etadi.


1 Progress (lotinchi progress suzidan olingan bo‘lib, yangining rivoji, oldinga tomon harakat, rivojlanishda quyi bosqichdan yuqori bosqichga o‘tish. degani) — ilgarilab boradigan taraqqiyot.

2 Regress (lotincha regress — so‘zidan olingan bo‘lib, orqaga tomon harakat, qaytish degani) — salbiy tomon o‘zgarish, ortta qaytish, yuqoridan quyi tomon borish.

3 Differensiatsiya (lotincha differentia — so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘linish, parchalanish, tarmoqlanish, farqlanish ma’nolarini bildiradi) — rivojlanish jarayonida narsa na hodisalarning turli ko‘rinish va shakllarga kirishi.

4 Integratsiya (lotincha integratio — so‘zidan olingan bo‘lib, bir butun holga kelish, birikish kabi ma’nolarni bildiradi) — rivojlanish jarayoni­da turli qismlarga bo‘lingan narsa va hodisalar tomonlarining qaytadan birikishi.

5 Sofistiki (yunoncha: sopism — ataylab xato asoslar asosida, ko‘p ma’noli so‘zlarga asoslanib fikr yuritish) — bilib turib, xato asoslardan yolg‘on xulosa chiqarishdir. Bu yerda sufiylik falsafasi emas, balki o‘rta asrlarda Yevropada keng tarqalgan alohida falsafiy ta’limot nazarda tutilali.

6 Eklektika (yunoncha: yeklegein — tanlayman, degani) — turli qarama-qarshi nazariyalarni qarashlarni aralash-quralash qilib yuboruvchi tafakkur usuli.

7 Dogmatika (yunoncha so‘z bo‘lib o‘zgarmas, qotib qolgan, aqida degani) — konkret shart-sharoitlarni hisobga olmay qo‘llaniladigan qoida, prinsip, fikrdir.

8 Islom Karimov. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., «O‘zbekiston», 1992, 10-bet.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling