Iqtisodiy psixologiya va


Download 115 Kb.
bet1/6
Sana02.04.2023
Hajmi115 Kb.
#1321774
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
117248-Xulq atvor iqtisodiyoti Yarashov Nuriddin


Xulq atvor iqtisodiyoti
Reja:
1. Iqtisodiy iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi
2. Iqtisodiy iqtisodiyot muqobil yondashuvlar
3. Iqtisodiy iqtisodiyot madaniy yondashuvlar
4. Iqtisodiy iqtisodiyotning boshqa fanlar bilan aloqasi
5. Iqtisodiy iqtisodiyotning qo`llanishi
Iqtisodiy psixologiya yoki iqtisodiyotning psixologik jihatlarini tadqiq etish istiqbolli ilmiy izlanishlar maydonidir. Iqtisodiy psixologlar iqtisodiyotning hayotiy talqini; iqtisodiy qarorlar asosida yotuvchi omillar; shaxsiy, aynan, bir xillik va ommaviy iste`mol o`rtasidagi munosabatlar kabi mavzular bilan qiziqadilar. Tadqiqotlarni ijtimoiy psixologlar, kognitiv psixologlar (qaror qabul qilishga asosiy e`tiborni qaratgan holda), rivojlanish psixologlari (bolalarning iqtisodiy jarayonlar haqidagi tasavvuri rivojlanishiga e`tiborni qaratgan holda) o`tkazadilar. Garchi iqtisodiiy psixologiya dinamik sur`atda rivojlanayotgan bo`lsa-da, u fanlarning markazida turadi, deb da`vo qilish o`rinli emas. Zamonaviy akademik psixologiyada kognitiv, hisob-kitob va neyrologik yondashuvlar ustunlik qiladi. Tadqiqotlar, professorlik lavozimlari, jurnallarni tahrir qilish va institusional hukumatning boshqa indikatorlarida jamg`armalarni taqsimlashda ijtimoiy psixologiya bir chetda qolib ketadi. Biroq uning ichida ham iqtisodiy psixologiya endi vujudga kelayotgan soha hisoblanadi. Shu tariqa mazkur paragrafda hozirgi zamon psixologiya fanining periferiyasida joylashgan salohiyat ko`rib chiqiladi.
Psixologiya an`anaviy ravishda zamonaviy hayotning moddiy sharoitlarini tahlil qilishdan oldin abstrakt tadqiqotlar natijalarini o`rganishni afzal ko`radi. Bulardan keyingisiga esa, zamonaviy psixologiya fani nazariyalarida deyarli e`tibor qaratilmaydi. Ushbu “mashhur” tanqidga qaramay (Parker, 1989), psixologik tadqiqotlarda laboratoriya usullari gegemoniyasi davom etmoqda.
Zamonaviy iqtisodiy psixologiyada ikkita yondashuvni alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Ulardan birinchisi, sezilarli darajada iste`molning madaniy jihatlaridan uzoqlashib, asosan iqtisodiyot va psixologiya o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni ko`rib chiqadi. Ikkinchi yondashuv esa, madaniy yondashuvlar o`rtasidagi aloqaga yo`naltirilib, ommaviy iste`mol ijtimoiy psixologiyasini nisbatan kengroq fanlararo soha doirasida tadqiq etadi. Ikkala yondashuv yonma-yon bo`lishi sababli, ushbu bobda biz ularning har ikkalasini ham tahlilini ko`rib chiqamiz.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling