Iqtisodiy psixologiya va


Iqtisodiy iqtisodiyotning boshqa fanlar bilan aloqasi


Download 115 Kb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi115 Kb.
#1321774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
117248-Xulq atvor iqtisodiyoti Yarashov Nuriddin

4. Iqtisodiy iqtisodiyotning boshqa fanlar bilan aloqasi

Bundan biroz vaqt oldin tadqiqotchilarning e`tiborini iqtisodiy iqtisodiyotning boshqa fanlar bilan aloqalari o`ziga qaratdi. Masalan, Lunt va Livingstoun o`zlarining “Ommaviy iste`mol va ijtimoiy aynan bir xillik” kitobida (Peter Lunt and Livingstone, 1992) kross-madaniy tadqiqotlar va sosiologiyaning ahamiyatini qayd etib o`tdilar. Furnam va Lyuis (Furnham, Lewis, 1986) “Iqtisodiy ong” asarida antropologiya va sosiologiyaning ahamiyatini alohida ko`rsatib o`tganlar. Dittmar (Helga Dittmar, 1992) sosiologiya va yangi iste`mol tadqiqotlaridan sitata keltiradi (Beck). Livingstounni (1992) esa OAV nazariyasi va feminizm bo`yicha ishlar o`ziga jalb qiladi. Ushbu ishlarda subyektni iste`molga nisbatan tadqiq etishning yangi usullari ochib beriladi, qaror qabul qilish nazariyasidan uzoqlashish va asta-sekinlik bilan madaniy kontekstning yangi qatlamlarini qamrab olish ro`y beradi. Shunga qaramay, boshqa ijtimoiy fanlardan ilhom oluvchi yondashuvlar iqtisodiyot ta`riflari va muammolaridan ham foydalanadi.


Ular iqtisodiy fenomenlarni olib, ularni “agarda” ijtimoiy psixologiya fenomenlari bo`lganda kabi talqin qiladilar. Bu tadqiqotlarda soddalashtirilgan iqtisodiyot iqtisodiy e`tiqod va xulq-atvorning muhim ijtimoiy-psixologik jihatlarini pisand qilmaydigan soha sifatida ko`rib chiqiladi. Bunday yondashuvning muvaffaqiyatlari yaqqol ko`zga tashlanib tursada, biroq bu yerda ham uning o`ziga xos muammolari mavjud. Ba`zida tadqiqotchilar psixologik nazariyani qisman qo`llaydilar. Masalan, Dittmar (1992) “Ijtimoiy aynan bir xillik nazariyasi”dan, Furnam esa, “Shaxs nazariyasi”dan foydalanishgan. Muqobillik shundaki, iste`molning ayrim jihatlarini o`rganish uchun bir qator psixologik nazariyalarni jalb etish lozim, masalan, xuddi Lunt va Livingstounning jamg`armalar va qarz bo`yicha ishlaridagi kabi (1992).
Ayrim holatlarda, masalan, Dittmarning ishidagi mulkka egalik qilish muammosini tadqiq etishda mavzuni avvalo butun iqtisodiyot belgilab beradi. Amalda bu muammoga taassubni kognitiv izohlash uchun ishlab chiqilgan ijtimoiy aynan bir xillik nazariyasi aniq mos kelmaydi. Shunga o`xshash tarzda Furnam ma`lum bir muvaffaqiyat bilan iqtisodiy e`tiqodlar xilma-xilligini tushuntirish uchun “Nazorat lokusi” nazariyasidan foydalanadi. Lekin shunga qaramay tushunarliki, bu – muammoning qisman hal etilishi: bevosita ijtimoiy-psixologik tushuntirish uchun iqtisodiy fenomenlar doim ham yaroqli bo`lavermaydi. Yuqorida sanab o`tilgan yondashuvlar ijtimoiy fanlardan ma`lumotlarni olish mayliga ega bo`lsada, biroq ba`zan boshqa fanlarning roli muhim ekanligini umuman pisand qilmaydi. Shu bois, masalan, Duglas va Ishervudningiii egalik qilish iqtisodiy konsepsiyasiga nisbatan tanqidini eslatib o`tish joiz (Douglas, Isherwood, 1979).
1.1-chizma. Psixologiya sohalarining iqtisodiy psixologiya bilan o`zaro bog`liqligi



M.Bunkina, V.Semenovlar o`zlarining “Iqtisod va psixologiya” darsligida iqtisod va iqtisodiyotning uzviyligini asoslaganlar. Ularning fikricha, “Iqtisodiy iqtisodiyotning tarkibiy qismlari bo`lgan iqtisodiy nazariya va amaliy psixologiya quyidagilarni o`rganishni nazarda tutadi (1.1-chizmaga qarang)iv: [1] Iqtisodchi odamning faoliyat motivasiyasi yoki uni harakatga undagan motivlarni; [2] Shaxsning irodasi, ya`ni hayotiy kechinmalar, tajribalar, qiyinchiliklarni yenga olishi; [3] Voqea-hodisalar, his-tuyg`u va emosiyalar natijasida inson psixikasida yuzaga keladigan ongosti kechinmalari; [4] Iqtisodiy axloqning namoyon bo`lishi”.
Psixologiya sohalarining iqtisodiy psixologiya bilan birgalikdagi bog`liqligi yuqoridagi chizmada o`z ifodasini topgan
Shunday qilib, rus olimlarining e`tirof etishlaricha, iqtisodiy psixologiya real iqtisodiy borliqni idrok etish, fikrlash, tafakkur qilish va ijtimoiy tasavvurlarga tayangan harakat uslublarini bilishga qaratilgan ilmiy yo`nalishdir.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling