Pretsedent birliklarning matn yaratilishidagi o’rni
Download 25.75 Kb.
|
Qodiriy
Pretsedent birliklarning matn yaratilishidagi o’rni Pretsedent birliklar til tizimini tadqiq etishning yetakchi yo’nalishlaridan biri bo’lgan lingvokulturologiyaning asosiy o’rganish ob’ektlaridan biri hisoblanadi. Mazkur birliklarga bag’ishlangan tadqiqotlarda qayd etilishicha, pretsedent termini tilshunoslikda birinchi marta Yu.N.Karaulov tomonidan rus tilida e’lon qilingan “Rol pretsedentnыx tekstov v strukture i funksionirovanii yazыkovoy lichnosti” (Materialы VI Mejdunarodnogo kongressa prepodavateley russkogo yazыka i literaturы. – M., 1986) nomli maqolada qo’llangan. Rus tilshunosligida muayyan til egalariga yaxshi tanish bo’lgan va ularning lisoniy xotirasida saqlanadigan, nutqiy faoliyatda qayta-qayta murojaat qilinadigan shaxs nomlari, barqaror so’z birikmalari, jumlalar hamda matnlar pretsedent birliklar sifatida qayd etiladi. E.A.Naximova pretsedent fenomenlarni xalqning milliy ongida saqlanuvchi tizim sifatida baholaydi. Rus tilshunosligidagi pretsedent birliklar tadqiq etilgan ishlarda Injil matnlari, miflar, xalq qo’shiqlari, ertaklar, latifalar, maqol, turg’un o’xshatishlar, frazeologizm hamda mashhur shaxslar nomi pretsedent birlik sifatida qayd etiladi. Shunga ko’ra bunday birliklarning pretsedent nomlar, pretsedent jumlalar, pretsedent matnlar kabi turlari ajratiladi. N.Pego-Gro intertekstuallikka bag’ishlangan tadqiqotida pretsedent birliklarni to’rtga bo’ladi: 1. Sitata; 2. Referensiya. 3. Qo’shtirnoqsiz ko’chirma. 4. Allyuziya. Pretsedentlik intertekstuallik tushunchasi bilan bog’liq, aniqrog’i, uning ichiga kiruvchi hodisadir. Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlarini tadqiq etgan M.Yo’ldoshev intertekstuallikni shunday ta’riflaydi: “Muayyan badiiy matn tarkibida o’zga matnlarga daxldor unsurlarning mavjudligi shu matnning intertekstualligidir” Ayrim tadqiqotlarda pretsedentlik intertekstuallikning bir turi sifatida qayd etilgan. Biz ham ushbu fikrni ma’qullaymiz. Pretsedentlik intertekstuallikning namoyon bo’lish shakllaridan biri bo’lib, til egalarining asosiy qatlamiga yaxshi tanish ekanligi, nutqda qayta-qayta qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Pretsedent birliklar ichida pretsedent nomlar alohida o’rin tutadi. V.A.Maslovaning fikriga ko’ra, muayyan millat vakillariga yaxshi tanish bo’lgan matnlar yoki voqealar bilan bog’liq bo’lgan shaxs nomlari pretsedent nomlar bo’la oladi. Masalan: Oblomov, Taras Bulba kabi Pretsedent nomlar badiiy asarda turli pragmatik maqsadlarda qo’llanadi. Ularning yana shunday vazifasi borki, bu – mikromatn sub’ekti sifatida matn yaratilishida ishtirok etishidir. Yozuvchi birgina pretsedent nom vositasida matn hosil qilishi mumkin. Masalan: Darvoqe, dastavval bu erlarda Yormat paydo bo’ldi. (Aslida uning ismi boshqa; mahallaga ixtiyoriy ravishda kayvoni bo’lib olgan Saidjalol ³Akaxonning gumashtasi, ishboshi´ deganidan keyin, ³Qutlug’ qon´dagi boyning gumashtasi xayoliga kelib, domla uni o’zicha Yormat deb atay boshladi.) (Erkin A’zam. “Yozuvchi” hikoyasi). Shuni aytish joizki, pretsedent nomlar yuzaga kelish motiviga ko’ra turlicha bo’ladi. Ular badiiy matnlar, diniy matnlar, mashhur va qiziq voqealar, afsona, rivoyat, ertak, latifa, qo’shiq, kinofilmlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Masalan: Layli, Majnun, Xizr, Nasriddin Afandi, Shum bola, Qorabotir, Tohir-Zuhra, Sotti kabi nomlar o’zbeklar orasida mashhur hisoblanadi. O’.Hoshimovning “Itbozga ehtirom” nomli asarida Duxnovskiy familiyasining o’zbeklar orasida qanday mashhur bo’lganligi (pretsedent birlikka aylanganligi haqida) yozilgan. Unda aytilishicha, o’tgan asrning 80-yillarida yozuvchi qo’liga DOSAAF nashriyotida 1979 yilda bosilgan itlar haqidagi kitob tushib qoladi. Unda I.Duxnovskiyning “Itlarga qanday laqab qo’yish kerak” nomli maqolasi ham bo’lib, maqola muallifi Alisher, Nodira, Umar kabi bir qancha nomlarni itlarning laqabi sifatida keltiradi. O’.Hoshimov bunga javoban “Do’stlik hurmatdan boshlanadi” nomli maqola yozadi va uning bir nusxasini DOSAAF nashriyotiga yuboradi. U yerdan hech qanday javob kelmaydi. Maqola esa respublikamiz gazetasida nashr qilinadi, yozuvchining kitobiga kiritiladi. Shuni ta’kidlash lozimki, pretsedent nomlar muayyan millat vakillarining milliy mentaliteti bilan bog’liq bo’lishi bilan birga global xarakterda ham bo’lishi mumkin. Jumladan, o’zbek o’quvchisi Napaleon, Kolumb, Buratino, Charli Chaplin, Otello, Don Juan, Robinzon Kruzo, Jeki Chan, janob Bin kabi nomlar ishtirok etgan matnlar mazmunini hech bir qiyinchiliksiz qabul qilaveradi. Pretsedent nomlarning badiiy matndagi muhim psixolingvistik xususiyati shundan iboratki, ular matn o’quvchisi ongida nomatniy ma’no, ya’ni matnga doir, lekin uning verbal tuzilishiga kirmagan qo’shimcha ma’lumotlar aktuallashuvini taqozo etadi. O’quvchi bunda nomatniy ma’noning matnning pragmatik tuzilishidagi ahamiyatini ham bilishi muhimdir. Pretsedent birliklar hisoblanuvchi pretsedent jumlalar ham til egalari lisoniy xotirasida saqlanuvchi birliklar bo’lib, ularga barqaror birikmalar (frazeologizm, turg’un o’xshatish va metaforalar, nutqiy etiketlar, maqol va hadislar) kiradi. Ayrim ishlarda pretsedent jumlalar qanotli so’zlar, logoepistemalar deb ham yuritilgan. Kuzatishlarimizga ko’ra, pretsedent jumlalar so’zlashuv uslubida juda ko’p qo’llaniladi. Xususan, kinofilm qahramonlari tilidan aytilgan ayrim gaplar yoki qo’shiq satrlari kishilar o’rtasida tez mashhur bo’lib ketadi. Bunday jumlalarni til egalari o’z nutqiy vaziyatiga moslagan holda ishlatadi. So’rov natijasida quyidagi pretsedent jumlalar bugungi kunda ko’p qo’llanishi aniqlandi: (“Uchrashuv” filmidan); O’nta qo’y nima bo’ladi? (“Mahallada duv-duv gap” filmidan); Otamni uylantiraman deyapti (“Chinor ostidagi duel” filmidan); Siz o’shami? (“O’tgan kunlar” filmidan), (“Kelinlar qo’zg’oloni” filmidan) Ma’lumki, o’zbeklarda dafndan so’ng “Marhum qanday odam edi? ” deb so’rash odat tusiga kirgan. O’.Hoshimov ushbu pretsedent jumla asosida quyidagi matnni yaratgan: Pretsedent birliklar orasida pretsedent matnlar muhim o’rinni egallaydi. Yu.N.Karaulov esa pretsedent matnlarga shunday ta’rif beradi: “Birdan ortiq shaxsga tegishli bo’lgan, ularning bilish va hissiy munosabatlarida u yoki bu shaxs uchun ahamiyatli bo’lgan, ya’ni mazkur shaxs bilan aloqador odamlarga juda yaxshi tanish bo’lgan va, nihoyat, til egalari diskursida qayta-qayta murojaat qilinadigan matnlar” pretsedent matnlardir. Pretsedent matnlar ikki xil tarzda – aynan yoki o’zgartirilgan holatda qo’llanishi mumkin. Masalan: Peshonamda nima bo’lsa, shuni ko’raman. Taqdirdan qochib, qayerga ham borardim?! Bandasining emas, Xudoning aytgani bo’ladi”. (S.Nazarova. “Qorlar eriganda” hikoyasi). So’zlashuv uslubiga xos bo’lgan ushbu matn hadisi sharifda quyidagicha shaklga ega: “Abdulloh (ibn Mas’ud) rivoyat qiladilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Har qaysingizning vujudingiz onangiz qornida qirq kunda tarkib topgay, so’ng yana shuncha kunda laxta qonga va yana shuncha kunda bir parcha etga aylangay. Keyin Olloh taolo (onangiz qorniga) bir farishtani yuborib, unga to’rt so’zni, ya’ni qanday ishlar qilmog’ingizni, rizqingizni, umringizni va baxtsiz yokim baxtli ekanligingizni yozib qo’ymoqni amr qilg’ay. So’ng jismingizga ruh pudalagay” O’zbek tilidagi matnlar tahlili natijasida aytish mumkinki, til egalarining xotirasida nafaqat pretsedent matnlar, balki ularning mazmuniy-kompozitsion tuzilishiga xos bo’lgan shakllar ham saqlanib turadi. Bunday shakllarga segmentli matnlar, parsellyativ matnlar, o’xshatish, maqol, metafora asosida tuzilgan matnlarni, shuningdek, ilmiy uslubga xos ayrim matn turlarini, rasmiy uslubdagi hujjatlar matnini misol sifatida keltirish mumkin. Bunday matnlarning mazmuniy-kompozitsion tuzilishiga xos shakllar bir emas, bir necha yozuvchi uslubiga xosligi, takrorlanuvchanligi ularning pretsedent shakl ekanligidan dalolat beradi. Masalan, hozirgi o’zbek yozma adabiy tilida shunday matn turi borki, u aksariyat publitsistik janr ijodkorlari nutqiga xosdir. Bunday matn turiga o’zbek tilshunosligida birinchi marta A.G’ulomov e’tibor bergan edi. Jumladan, u “Hunar, hunardan unar” tipidagi gaplarni tahlil qilib, bunday gaplarda biror predmet-hodisa haqida fikr bayon etishdan ilgari o’sha narsa bir eslatib o’tilishi, shundan keyin esa u haqda fikr bildirilishi haqida yozgan edi 1975 yili A.Ahmedov tomonidan yozilgan “O’zbek tilining ekspressiv sintaksisiga xos bir konstruksiya haqida” nomli maqolada esa bunday qurilmalarning sintaktik, leksik-semantik, intonatsion xususiyatlari chuqur yoritib berildi. A.Ahmedov ushbu maqolasida bunday qurilmalarni “tema nomi konstruksiyalari” deb atab, ularning mazmuniy va sintaktik mohiyatini chuqur tahlil qilgan. Jumladan, bunday qurilmalar haqida u shunday yozadi: “Tema nomi o’zidan keyin kelgan gapning temasini oldindan ma’lum qilib, uni ta’kidlab, ayirib ko’rsatadi... Agar tema nomini undan so’ng kelgan gap bilan birga olib qarasak, butun konstruksiyada tema ikki marta ifodalanganini ko’ramiz... Bu qo’shifodalilik natijasida fikrning ekspressivligi hosil qilinadi” Lisoniy faktlar shuni ko’rsatadiki, A.Ahmedov mikromatn sifatida tahlil etgan yuqoridagi kabi qurilmalar publitsistik uslubga xos bo’lgan matn turlaridan biri bo’lgan segmentli matnlarning shakllanishida ham asosiy ahamiyat kasb etadi. Segmentli matnlar bog’lanma matnning bir ko’rinishidir. Bunday matn tarkibidagi gaplar mazmunan o’zaro bog’liq bo’lib, ularning barchasi matn tarkibidan ajratib olingan bo’lak ma’nosini izohlashga xizmat qiladi. Bunda segment bo’lak gap bilan grammatik bog’lanmasa-da, matndagi gaplarni bir mazmuniy nuqtaga jamlovchi yadro vazifasini o’taydi Masalan: Mirtemir domla... Bu nomni eshitganda beixtiyor qalbimizga bir iliqlik yuguradi. Bu iliqlik, eng avvalo, kamtar va jozibali bir insonga hurmatimizdandir. Bu iliqlik xalqimizni qirq besh yildan buyon xushnud etib kelayotgan kattakon bir shoirga muhabbatimizdir. Ha, domla Mirtemir haqiqatan ham ulkan inson va katta san’atkor... (A.Oripov. “Ehtiyoj farzandi” maqolasi). Misoldan ko’rinib turibdiki, ushbu matndagi to’rtta gap mazmunan “Mirtemir domla” tarzida ifodalangan segment bo’lakni izohlab kelgan. Segmentli matnlarda matn yaratuvchining maqsadiga ko’ra uning tarkibidagi birinchi gap transformatsiyalanadi – bitta gap ikki qismga ajratilgan holda ifodalanadi. Bunda matn sub’ektini ifodalagan birlik ajratib olinadi va alohida ohang bilan aytiladi. “O’ychanlik” tembri bilan aytilgan bo’lakdan keyingi pauza o’quvchi yoki tinglovchida kutish kayfiyatini paydo qiladi. Bunday ohang yozuvda turli tinish belgilari – nuqta, ko’p nuqta, vergul yoki undov belgisi bilan ifodalanishi mumkin. Ohang elementlari orqali matn sub’ektiga e’tibor jalb etilgach, keyingi gaplarda uni izohlovchi mazmun ifodalanadi. Ko’rinadiki, sub’ektning ajratib olinib, matn boshiga chiqarilishi uning aktuallashishiga sabab bo’ladi. Bunda ohang elementlari va pauza aktualizatorlik vazifasini o’taydi. Segmentli matnlar O.Yoqubov, A.Muxtor, E.A’zamov kabi yozuvchilar asarlarida ham ko’p uchraydi. Masalan: Mushtipar kampir! U Oqsaroydan rasadxonaga no’xat solingan bir lagan palov ko’tarib kelibdi. (E.A’zamov. “Otoyining tug’ilgan yili” qissasi). O’zbek tilidagi parsellyativ matnlarning kompozitsion tuzilishi ham pretsedent shaklga misol bo’ladi. “Badiiy matnda parsellyativ konstruksiyalarning qo’llanishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi muallifi Sh.M.Haydarov parsellyativ matnlarni parsellyativ konstruksiyalarning alohida turi sifatida qayd etgan. Sh.M.Haydarov parsellyatsiya va segmentatsiyani ekspressiv sintaksisdagi o’ziga xos usul sifatida baholaydi. Darhaqiqat, bu ikki usul yozuvchi maqsadini ifodalashda muayyan bo’laklarni aktuallashtirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga segmentatsiya va parsellyatsiya asosida tuzilgan matnlar bir qator yozuvchilarning uslubiga xos bo’lgan hodisa hamdir. Jumladan, Sh.M.Haydarov ta’kidlaganidek, “A.Muxtor, Sh.Xolmirzayev, O’.Hoshimov, E.A’zam, X.Do’stmuhammad, T.Malik kabi yozuvchilar asarlarida parsellyativ konstruksiyalarning turli ko’rinishlarini kuzatish mumkin” Ular tomonidan tuzilgan matnlar turli mazmunga ega bo’lsa-da, bir mazmuniy-kompozitsion shakl asosida tarkib topadi. O’zbek tilidagi tarkibida maqol ishtirok etgan matnlarning kompozitsiyasi ham takrorlanish xususiyatiga ega. Bunday matnlar A.Qodiriy, A.Qahhor, P.Qodirov, O’.Hoshimov, M.M.Do’st, N.Jaloliddin asarlarida nisbatan ko’p uchraydi. Xususan, A.Qodiriy “O’tkan kunlar” romanida bu usul vositasida bir qancha matnlarni yaratgan. Masalan: “Kundashlik uyda kunda janjal” deganlar. Albatta buni aytkuchi kishi o’ylamasdan va bilmasdan aytmagandir. Jilla, har kuni janjal bo’lmaganda ham haftada, o’n kunda bir to’polon chiqmasa albatta kundashni kundash, deb bo’lmas. Nega desangiz, bizning ba’zi bir kundashsiz, chiqitsiz oilalarda ham ikki, uch kunda tovoq bor…” Ayon bo’ladiki, bu kabi matnlarning mazmuniy-kompozitsion tuzilishiga xos bo’lgan shakl til hodisasi hisoblanadi. Ular so’z yasalishi qoliplari kabi matn yaratuvchining lisoniy xotirasida imkoniyat tarzida mavjud bo’ladi va nutqda turli mazmundagi matnlar sifatida voqe bo’ladi. Keltirilgan misollar shuni ko’rsatadiki, o’zbek tili egalari lisoniy ongida mavjud bo’lgan pretsedent fenomenlar til tizimida ham o’ziga xos mikrotizimni yuzaga keltirgan. Milliy ong, milliy mentalitet va o’zbek lisoniy ongi bilan bog’liq ushbu birliklar yangi tadqiqotlar uchun qiziqarli va boy materiallar berishi shubhasizdir. Download 25.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling