OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
MIRZO ULUGʼBEK NOMIDАGI OʼZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
IJTIMOIY FАNLАR FАKULTETI
Iste’dod va ijod psixologiyasi
fanidan
Mustaqil ish
MAVZU: “Seminarga tayyorgarlik”
Bajardi: Mamadaliyeva Munisa
Tekshirdi: __________________
Toshkent 2023
Mundarija:
Kirish
1. Talabalarning mustaqil ishi - ta’limni tashkil etishning yetakchi shakli sifatida
1.1.Mustaqil ishning vazifalari, tamoyillari, shakl va darajalari
1.2. Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishda mustaqil ishlar
1.3. Auditoriyadan tashqari mustaqil ish shakllari
2. Talabalar mustaqil ishlarining texnologik ta’minoti
2.1. Mustaqil ish shaklidagi-baholanovchi vositalarning ro’yxati va qisqacha tavsifi
2.2. Mustaqil ish shakllarini bajarishni baholash ko’rsatkichlari va mezonlari tizimi
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
KIRISh.
Jahondagi yetakchi davlatlar oliy ta’limini rivojlantirish yo’nalishlarida talabalarning mustaqil ishlari foizining tobora ko’payib borayotganligi tendentsiyasi kuzatilmoqda. Bu o’z navbatida “o’qitish”dan “o’rgatish” jarayoniga o’tishni taqozo etmoqda. Ta’limda kompetentli yondashuv amalga oshirilayotgan vaqtda mustaqil ishlash ko’nikmalari va malakalari tizimini shakllantirish, talabalar mustaqil faoliyati madaniyatini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida mustaqil ish ta’limni tashkil etish shakli sifatida qaralib, talabalarda zarur axborotlarni mustaqil izlash, auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda o’quv materiali mazmunini ijodiy anglash va qabul qilish, tahlil qila olish qobiliyatlarini, shuningdek, faollik, mustaqillik, ijodkorlik, bilishga intilish xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Mazkur o’quv-uslubiy qo’llanmada talabalar mustaqil ishini tashkil etish hamda mustaqil ish jarayonining texnologik ta’minoti masalalari tahlil qilingan bo’lib, 1-bobda mustaqil ishning nazariy asoslari hamda unga oliygohda tayyorlanishning o’ziga xosliklari yoritilgan. 2-bobdagi o’quv materiali mazmuni esa talabalarni mustaqil ishning turli shakllarini amalga oshirish jarayonida o’quv natijalarini baholashga o’rgatishga yordam beradi.
Biz tomonimizdan taqdim etilayotgan texnologik yondashuvlar talabalar, magistrlar, hamda o’qituvchilarning turli shakldagi mustaqil ishlarni bajarish va baholashni tashkil etish muammolarini yechishga, shuningdek, o’z-o’zini rivojlantirish, loyihalash ko’nikmalarini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |