2) ESSE TAYYoRLASh
Mustaqil ishning maqsadi: mustaqil ijodiy tafakkur ko’nikmalarini rivojlantirish, o’z fikrlarini yozma bayon qila olish.
Esse - (frants. — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta bo’lmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub’ektiv fikr bayon qilinadi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda bo’ladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi. Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat bo’ladi1.
Esselar tuzilmasi:
-mazmuniga ko’ra: falsafiy, adabiy-tanqidiy, tarixiy, badiiy, badiiy-publitsistik, diniy, ma’naviy-ma’rifiy;
-shakligi ko’ra: retsenziya, lirik miniatyuralar, qaydlar, kundalik sahifalari, xatlar va x.k.z
Shuningdek, tasvirlovchi, tavsiflovchi, bayon qiluvchi, refleksiv, tanqidiy hamda tahliliy esse shakllari farqlanadi.
Esse belgilari:
- uncha katta bo’lmagan hajm (3-7 sahifagacha);
- aniq mavzu, uning qat’iy sub’ektiv talqini;
- erkin bayon va kompozitsiya.
-Paradokslarni qo’llash. Essening asosiy xususiyatlaridan biri uning tinglovchilarni hayratga solishidadir.
-Ichki mantiqiy tuzilish birligi.
-Esse matnida turli xil sleng, shablon iboralar, qisqartirilgan hamda engil-elpi so’zlardan foydalanish mumkin emas.
Topshiriqni bajarish
kirish qismini yozish (muammoni 2-3 jumladan iborat)
muammoni ifodalash;
muammoni izohlash;
mualliflik nuqtai nazarini ifodalash va uni asoslash;
xulosalash.
Mustaqil ish natijalari :
Yozma hamda og’zaki nutqlarini mantiqiy to’g’ri, asoslangan holda aniq bayon etish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |