Mustaqil ish mavzu: “Seminarga tayyorgarlik” Bajardi: Mamadaliyeva Munisa Tekshirdi


Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishda mustaqil ishlar


Download 70.27 Kb.
bet3/25
Sana20.09.2023
Hajmi70.27 Kb.
#1682830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Iste\'dod va ijod Mamadaliyeva

1.2. Auditoriya mashg’ulotlariga tayyorlanishda mustaqil ishlar
Oliy ta’lim muassasasidagi auditoriya mashg’ulotlarining asosiy turlari: ma’ruza, amaliy mashg’ulot, seminar, seminar-konferentsiya hisoblanadi.


Ma’ruzaga tayyorgarlik.
Ma’ruza – yirik hajmdagi o’quv materialini og’zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko’pligi, bilimlar bayonining tizimliligi.
Istalgan fan mazmunini o’zlashtirish fan bo’yicha tayyorlangan ishchi dasturda belgilangan mavzularni aniq ketma-ketlikda o’rganib, tahlili qilib borish orqali erishiladi. Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmualar takibida mavzular bo’yicha ma’ruzalar matnining mavjudligi,shuningdek ular tomonidan tayyorlangan darsliklar, o’quv qo’llanmalar talabalarga bo’lajak lektsiya mazmunini anglash va ma’ruza jarayonida savollar bilan faol ishtirok etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Talabalarning 2 soatlik ma’ruza mashg’ulotiga tayyorgarlik vaqti 0,2 s dan kam bo’lmasligi lozim.
Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik. Amaliy mashg’ulotlar - maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba maydonida tashkil etilib, tahsil oluvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llay olish ko’nikma va malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan ta’lim shakli. Amaliy mashg’ulotga tayyorgarlik o’zida mustaqil faoliyatning: amaliy mashg’ulotni o’tkazishning maqsad va vazifalari haqida aniq tassavurga ega bo’lish, aqliy, tahliliy, ilmiy faoliyat ko’nikmalarini ajratish kabi elementlarini qamrab oladi.
Amaliy mashg’ulotga tayyorlanishda talabalar uyda ilmiy hamda o’quv adabiyotlardan foydalangan holda, mashg’ulot uchun mavzuga oid 3-4 ta tadqiqot vazifalarini belgilab olishlari zarur. Bu o’z navbatida amaliy mashg’ulotda bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni aniq ketma-ketlikda bajarish va maqsadga erishish imkoniyatini hosil qiladi.



Download 70.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling