Mustaqil ish mavzu: “Seminarga tayyorgarlik” Bajardi: Mamadaliyeva Munisa Tekshirdi


Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik


Download 70.27 Kb.
bet4/25
Sana20.09.2023
Hajmi70.27 Kb.
#1682830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Iste\'dod va ijod Mamadaliyeva

Seminar mashg’ulotiga tayyorgarlik.
Seminar – oliy yoki o’rta maxsus talaba (o’quvchi) larining muayyan nazariy kursni qanchalik o’zlashtirganliklarini aniqlash usuli, mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan o’quv amaliyotining muhim turlaridan biri. Seminar mashg’uloti gumanitar fanlarni o’rganishda talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning eng ko’p tarqalgan va an’anaviy shakli hisoblanadi.
Seminarga mustaqil tayyorgarlik quyidagilarga yo’naltirilgan bo’ladi:
- ilmiy yoki boshqa adabiyotlarni o’rganish qobiliyatini rivojlantirishga;
-ba’zi masalalarni chuqurroq tushunishga doir qo’shimcha axborotlarni izlashga;
-mavjud axborot manbalaridan mashg’ulot mavzusi bo’yicha soha vakillari, olimlarning fikrlarini to’g’ri tanlay olish va bibliografik me’yorlar asosida rasmiylashtirish ;
-tanlangan axborot manbalarini tahlil qila olish ko’nikmalarini rivojlantirishga;
-muhokama qilinadigan savollar bo’yicha o’z chiqishlarini tayyorlash;
- muhokamada u yoki bu muammolarni tahlil qilishdagi turli fikrlarga nisbatan tezkor munosabatni bildirish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Seminar-konferentsiyaga tayyorgarlik. Seminar-konferentsiya semestr davomida 1-3 marta o’tkaziladi. Chunki talabalar bu mustaqil ish faoliyatiga ma’lum vaqt davomida tayyorgarlik ko’rishlarini taqozo etadi. Uni tashkil etishda seminar mashg’uloti hamda ilmiy konferentsiya shakllari uyg’unlashadi. Bunda turli tadqiqodchilarning ma’lum bir yo’nalish yoki muammo yuzasidan dokladlari tinglanadi. Seminar - konferentsiyaga mustaqil tayyorgarlik ko’rishda talabalardan muhokama qilinadigan muammoning nazariy jihatlari yoritilgan hamda eksperimental tadqiqotlar natijalari qayd etilgan 2-3 manba (monografiya, maqolalar) mazmunini o’rganishlari talab etiladi.
So’zga chiquvchi o’z dokladi mavzusi bo’yicha barcha beriladigan savollarga javob berishga tayyor bo’lishi kerak. Har bir chiqishdan so’ng turli tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy fikrlarning muhokamasi amalga oshiriladi.



Download 70.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling