3. Ijodiy ko’nikmalar (bunda mantiqiylik asosida vaziyat (muammo)ni echish muhim emas, balki ijodiy yondashuv asosida muammoning bir necha echimlarini topish va ularni tahlil qilish talab etiladi).
4. Muloqot ko’nikmalari
5. Ijtimoiy ko’nikmalar
6. O’z-o’zini tahlil (bahs-munozara jarayonida o’zini tuta bilishi, boshqalarga namuna bo’lishi muhim)
TEMATIK IShLAR PORTFOLIOSINI TAYYoRLASh
Mustaqil ishning maqsadi: tanlangan mavzu bo’yicha axborotlarni tahlil qilish va tizimlashtirish qobiliyatini rivojlantirish, emperik manbalar bilan ishlash, muammolarni echish texnologiyalari va usullarini egallash.
“Portfolio” – (ital. portfolio-portfel, ingl.hujjatlar uchun papka) ta’limiy va kasbiy faoliyat natijalarini autentik baholashga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan hisoblanadi. Portfolio mutaxassisning saralangan o’quv-metodik ishlari, kasbiy yutuqlari yig’indisi sifatida aks etadi.
Tematik ishlar portfoliosi-kurs (modul) bo’yicha u yoki bu mavzu doirasidagi aniq muammoni echish maqsadi, jarayoni va natijalarni ifodalovchi materiallar yig’indisi hisoblanadi.
Ishlar portfoliosi bir necha bo’limlardan iborat bo’ladi (o’qituvchi bilan kelishilgan holda).
Tematik ishlar portfoliosi tuzilishi:
-hujjatning qisqa tavsifi, kim va nima uchun mo’ljallanganligi, maqsadi ifodalangan matn;
- mazmuni va mundarija;
-organayzer (sxemalar, rasmlar, jadvallar, grafiklar, diagrammalar,gistogrammalar);
- ish davomida sodir bo’lgan jdarayonlarni kuzatish va qayd etish varag’i
- yozma ishlar;
-videolavhalar, kompyuter dasturlari;
Topshiriqni bajarish:
1) Tanlangan portfolio mavzusini asoslash hamda shaxsiy portfolio ishini nomlash;
2) ruknlarni tanlash va ularni nomlash;
3) mos materialni tanlash va tizimlashtirish hamda konspekt, sxema, klaster, intellekt-kart yoki jadval shaklida taqdim etish ;
4) atamalar va tushunchalar lug’atini tuzish;
5)mavzu bo’yicha zarur axborot matnlarini tanlash hamda tezislar tayyorlash;
6)statistik ma’lumotlarni to’plab, grafik shaklda taqdim etish;
7) namoyish ( ilyulyustratsiya) materiallarini tanlash (rasmlar, foto, video);
8) tadqiqot rejasini tuzish;
9) tadqiqotni o’tkazish, natijalarni tahlil qilish;
10) axborot manbalariga oid havolalar mavjudligini tekshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |