Mustaqil ishning maqsadi: bashoratlash, loyihalash, modellashtirish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Loyiha -aniq reja, maqsad asosida uning natijalanishini kafolatlagan holda pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan harakat mahsuli.
Loyihalash -boshlang’ich ma’lumotlar, aniq belgilangan vaqt, maxsus tanlangan shakl, metod va vositalarga tayanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, rejalashtirish orqali avvaldan faoliyat modelini tuzish, faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan amaliy harakat.
Topshiriq variantlari(magistrlar uchun):
- akademik guruh kuratori faoliyatining ekspert-baholovchi texnologiya (ilmiy-pedagogik amaliyot);
- o’quv mashg’ulotining texnologik xarita loyihasini ishlab chiqish( ilmiy- pedagogik amaliyot).
Topshiriqni bajarish :
1) vaziyatni tashxislash (muammoni aniqlash, maqsadni belgilash va aniqlashtirish)
2) loyihalash ( ishning maqsadi, funktsiyalari, vazifalari va rejalarini aniqlashtirish; vazifani echish metod va vositalarini nazariy modellashtirish; aniq vazifalarni echish bosqichlarini batafsil ishlab chiqish, rejalashtirilgan loyihalash faoliyatini qadamba-qadam amalga oshirish; olingan natijalarni umumlashtirish va tizimlashtirish)
3) refleksiya ( bashoralatlash maqsadi va olingan natijaning mosligini aniqlash; ishlab chiqilgan loyihaning sifati uni takomillashtirish va qo’llash istiqbollarini belgilash)
Mustaqil ish natijalari :
- talabalar kasbiy va ta’limiy vazifalarni echishda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanishga yuqori tayyorgarligini namoyon qiladi;
-tashxislash, loyihalash hamda modelleshtirish ko’nikmalari rivojlantiriladi, tadqiqotchilik vazifalarining original echimini topishda individual kreativlik qobiliyatlarini namoyon qiladi.
KEYS-TOPShIRIQLARINI BAJARISh
Mustaqil ishning maqsadi: axborot etishmovchiligi sharoitida qaror qabul qilish, tartibga solinmagan ma’lumotlarni qisqa vaqt ichida tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Keys-topshiriq (ing. case - vaziyat, holat) - talabalarda aniq, real muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metod.
Keys turlari: illyustrativ, muammoning echimi va qarorlarni tahlil qilishga yo’naltirilgan keyslar, qaror yoki yaxlit muammoni ifodalovchi keyslar, faoliyatni tahlil qilish va baholash imkoniyatini beruvchi keyslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |