Mustaqil ish natijalari:
Tadqiqiy vazifalarning original echimini topishda shaxsiy kreativ qobiliyatlari namoyon bo’ladi;
Ijodiy ravishda zamonaviy axborot muhitida axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ko’nikmalarini takomillashtirishtiradilar.
talabalar kasbiy va ta’limiy vazifalarni echishda zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan foydalanishga yuqori tayyorgarligini namoyon qiladi;
AXBOROT QIDIRUV
Mustaqil ishning maqsadi: turli shakllardagi axborot qidiruv asosida o’quv faoliyatini tashkil etish va loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirish, tizimlashtirilmagan tarqoq hujjatli axborotlarni qidirish.
Axborot qidiruvning zamonaviy vazifalari:
- hujjatlarni ajratish, tasniflash;
- qidiruv tizimlari hamda foydalanuvchi interfeyslar arxitekturasini loyihalash;
- hujjatlarni annotatsiyalash hamda tahrirlash;
- Internetdagi axborot tizimlarida samarali axborot qidiruv tizimini to’g’ri tanlay olish.
Topshiriqni bajarish:
1) bilimlar chegarasini aniqlash;
2) ma’lumotlar manbasi va turini tanlash;
3) axborot modelini shakllantirish uchun materiallarni to’plash;
4) foydali axborotni tanlash;
5) axborotni qayta ishlash metodini tanlash;
6) to’plangan axborotlar orasidagi qonuniyat, qoidalar va tizimli bog’lanishlarni aniqlash;
8) olingan natijalarni ijodiy tahlil qilish.
Mustaqil ish natijalari
-talabalar turli ilmiy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish orqali, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda, kasbiy faoliyatdagi standart, aniq ta’limiy va tadqiqotchilik vazifalarini echish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
INFOGRAFIKADAN FOYDALANISh
Mustaqil ish maqsadi: mavzuning asosiy tushunchalari va alohida bo’limlari orasidagi munosabatlarni o’zlashtirish uchun infografikadan foydalanish.
Infografika – kommunikativ dizayn sohasi hisoblanib, axborotlar, xabarlar, sonli ma’lumotlar, bilimlar grafik tarzda taqdim etiladi.
Topshiriq: berilgan mavzu bo’yicha axborotlarni belgilar, rasmlar hamda ilyustratsiyalar yondamida taqdim etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |