Essening oʻziga xos xususiyatlari,Esse yozishdagi talablar


Download 228.4 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi228.4 Kb.
#1793458
Bog'liq
Madrimova Muattar

Essening oʻziga xos xususiyatlari,Esse yozishdagi talablar.

Tayyorladi:Madrimova Muattar

Qabul qildi: Ilyosbek Abdugʻaniyev

Reja

  • Esse haqida tushuncha.
  • Essening oʻziga xos xususiyatlari.
  • Esse yozishdagi oʻziga xos talablar.

Esse haqida tushuncha

  • Esse (fransuzcha: essai — urinish, sinash, ocherk) — erkin kompozitsiyali, uncha katta boʻlmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va yoki shaxsga oid subyektiv fikr bildiriladi. Esselar falsafiy, tarixiy-biografik, publitsistik, adabiy-tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof belletristik xarakterda boʻladi. Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi.

Esse haqida tushuncha

  • Mazmuni muayyan sabab yoki masalaga oid tugal tafsilotni yoki aniqlikni talab qilmaydigan individual taassurot va mulohazalardan iborat boʻladi. Mustaqil janr sifatida A. Montel ijodida tarkib topdi. O‘zbek adabiyotida XX-asrning 90—110-yillaridan Esse yaratila boshlandi.

XXI asrning mashhur janrlaridan biri bo’lgan essening o’ziga xos jihatlari quyidagilar:

Hajmi kichik bo’ladi. 500-1000 so’zgacha. Masalan: Hardvard biznes maktabida ikki varaq esse yetarli bo’ladi. Yevropa universitetlarida besh va yetti varaqqacha bo’lishi talab etiladi;

Aniq mavzuda tizimli erkin fikrlar beriladi. Essening mavzusi aniq bo’lishi shart. U majhul yo umumiy fikrlardan iborat bo’lmasligi kerak. Bitta g’oya tanlanadi. Soddaroq qilib aytganda bitta savolga bitta javob beriladi;

Esse erkin kompozitsiyaga ega bo’ladi. Ya’ni reja tuzilmaydi. Hech qanday qolip yo ramkalarga solinmaydi;

  • Esseda yozuvchining “men”i yaqqol sezilib turadi. Bu essening zaruriy sifatlaridan biridir;

XXI asrning mashhur janrlaridan biri bo’lgan essening o’ziga xos jihatlari quyidagilar:

Ichki fikriy bog’liqlik mavjud bo’ladi. Barcha fikrlar bitta go’ya atrofida birlashadi. O’sha g’oyani dalillaydi hamda himoya qiladi;

Esse yozishda nisbatan oddiy so’z va iboralar tanlanadi. Sababi fikrlashda aniq, qisqa va qat’iy qarorlar muhim ahamiyatga egadir;

  • Esse yozishda rasman faqat mavzuga ega bo’lish mumkin. Boshqa qolip berilmaydi;

Essening ichki tuzilishi erkin bo’ladi. Ya’ni barcha xatboshilar bir-biri bilan mantiqiy bog’langan bo’lishi muhim ahamiyatga egadir;

  • Mazmunan bir xil fikrlar takrorlari mavjud bo’lmaydi. Esse kichik janr bo’lgani uchun unda bir xil fikrlar takrori bo’lmasligi kerak;

Foydalanilgan adabiyotlar

  • Esse yozish qoidalari. N. Erkaboyeva
  • Esse haqida tushuncha. Registan oʻquv markazi.
  • Esse yozishdagi talablar.

Eʼtiboringiz uchun rahmat


Download 228.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling