Iqtisodiy psixologiya va


Iqtisodiy iqtisodiyot muqobil yondashuvlar


Download 115 Kb.
bet3/6
Sana02.04.2023
Hajmi115 Kb.
#1321774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
117248-Xulq atvor iqtisodiyoti Yarashov Nuriddin

2. Iqtisodiy iqtisodiyot muqobil yondashuvlar

Amaliy iqtisodiyotda muqobil yondashuv o`z oldiga iqtisodiy psixologiya muammolari bilan ishlash uchun ayrim psixologik nazariyalarni jalb qilishni maqsad qilib qo`yadi. Bu yerda, asosan, “maqsadga muvofiq bog`lanish” nazariyasi jalb etiladi. Taxmin qilinadiki, qaror qabul qilishda stantdart mantiqiy tasdiqlarni qo`lash emas, balki ko`p obrazli evristikadan foydalanish tushuniladi. Evristika – bu axborotni qayta ishlash va xulosalar shakllantirishda turli xil mantiqiy “yon yurish”lardan foydalanuvchi mulohaza usulidir. Bunday yondashuvda iqtisodiy qarorlar maqsadga muvofiqlik usuli yordamida qabul qilinadi, degan iqtisodchilarning boshlang`ich tasavvuri o`z navbatida oqilonalik taxminlari haqidagi psixologik tasavvurlarga o`rinni bo`shatib beradi. Bu yerda iqtisodiy modellarning beqaror ekanligi aniqlanadi; muqobil variant sifatida ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan foyda o`rtasidagi nisbatni hisoblab chiqish o`rniga “real psixologik” tahlillardan foydalanish taklif etiladi.




3. Iqtisodiy iqtisodiyot madaniy yondashuvlar

Yuqorida iqtisodiy iqtisodiyot J.Katona boshlang`ich dasturiga asosida rivojlangan uch yondashuv ko`rsatib o`tilgan edi. Ularning barchasi iste`mol jarayonini afzalliklar o`rtasida tanlashga olib borishga harakat qiladi, ular eksperimental (yoki hech bo`lmasa kvazieksperimental) usullarga asoslanadi. Bu yondashuvlarning muhim jihati shundaki, ular psixologiya va iqtisodiyotni ikkita mustaqil va bir-biridan farqlanuvchi fan sifatida aniq ajratishdan kelib chiqadi.


Olimlarning yaqin o`tmishdagi boshqa ilmiy izlanishlarida iqtisodiyotning boshqa ijtimoiy fanlar bilan muqobil aloqalari kuzatiladi. Ushbu yo`nalishning asoslarini Li, Terri va Veblilarning “Iqtisodiyotda individuum (har bir shaxs)” (Lea, Tarru and Webley, 1987) kitobidan topish mumkin. Mualliflar “Favqulodda yuz beradigan ikki yoqlamalik” deb nomlangan tamoyil tarafida bo`ladilar. Unga ko`ra har qanday “iqtisodiy xulq-atvor” moddiy tugallikka ega bo`ladi, iqtisodiyot esa o`z navbatida, ko`plab kishilarning iqtisodiy xulq-atvori natijasi hisoblanadi. Kitobda ijtimoiy nazariyaga (masalan, Giddens, Bourdieu or Habermas) ishora bo`lmasa-da, biroq maxsus sosiologlar (masalan, Geshuny) va antropologlar (masalan, Douglas) iiguruhiga ishora qilinadi.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling