Iqtisodiy psixologiya va


Iqtisodiy iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi


Download 115 Kb.
bet2/6
Sana02.04.2023
Hajmi115 Kb.
#1321774
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
117248-Xulq atvor iqtisodiyoti Yarashov Nuriddin

1. Iqtisodiy iqtisodiyotning vujudga kelishi va rivojlanishi

Dastlab iqtisodiy psixologiya muammolari psixologiya va iqtisodiyot o`rtasida mujassamlangan. J.Katonai aytadiki: “Biz iqtisodiy jarayonlarni insonning xulq-atvori namoyon bo`lishi sifatida ko`rib chiqamiz va uni zamonaviy psixologiya fani nuqtai nazaridan tahlil qilamiz”.


J.Katona iqtisodiy xulq-atvorning psixologik jihatlarini empirik tadqiq etishning birinchi loyihasini taklif etdi. Ushbu loyihaning qismlaridan biri iqtisodiyot va insonlar psixologiyasi o`rtasidagi munosabatlarni tushunish bo`ldi. Bunda J.Katona allaqanday “barcha zamonaviy psixolog olimlar o`rtasida fundamental kelishuv”ga ishora qilgan holda turli psixologik yondashuvlar o`rtasidagi jiddiy farqlardan asbstraktlanish tendensiyasini ko`zda tutgan. Bu o`sha paytlar psixologiyada keng tarqalgan lingvistik bixeviorizmning bir qismi bo`lib, unda nazorat qilinayotgan xulq-atvor kuzatuvi asosida oraliq psixologik o`zgaruvchilar o`rtasidagi o`zaro aloqalar tadqiq etiladi. “Iqtisodiy iqtisodiyotning asoschisi” bo`lgan J.Katona ishi o`ziga juda kam tanqidiy e`tiborni jalb qildi. Shu bois, biz uning boshlang`ich jihatlariga e`tibor qaratamiz.
J.Katonaning ta`kidlashicha, iqtisodiyot va shaxs psixologiyasi o`rtasida yaqqol aloqa mavjud. “Obyektiv” iqtisodiy sharoitlar individ xulq-avtoriga ta`sir ko`rsatsa-da, biroq ular subyektiv iqtisodiy qarashlar orqali bilvosita ifodalanadi. Shu sababli, iqtisodiyotning qaysi yo`nalishda ketayotganligini, kelajakda u rivojlanadimi yoki pasayib ketadimi, hech kim oldindan aytib bera olmaydi. Insonlar esa, o`z jamg`armalarini saqlash yoki sarflash masalasini hal etishlari lozim bo`ladi. Bunday sharoitlarda jamoatchilik fikri iqtisodiyot ravnaqi uchun katta ahamiyatga ega omil hisoblanadi. Agar insonlarning kichik bir guruhi mablag`larni sarflash yoki saqlab turish muammosini hal qilish vaqtida o`z xulq-atvorlarini o`zgartirishadigan bo`lishsa, ularning bu qarori “investisiyalar uchun ochiq pul hajmi” kabi makroiqtisodiy omilga bevosita ta`sirini ko`rsatadi.
Mutaxassislarning e`tirof etishlaricha, psixologik omil biznes jarayonining borishini o`zgartirib yuboradi. J.Katona tomonidan fanga kiritilgan shu va shunga o`xshash boshqa mulohazalarida qayd etilgan iqtisodiy psixologiya dasturi hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotmagan. U har qanday nazariy va metodologik nuqtai nazardan tahlil etilganda, obyektiv va subyektiv qarashlar o`rtasida aniq iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik chegaralarni nazarda tutadi. J.Katonadan so`ng ko`plab izlanishlar iqtisodiyotga oid ijtimoiy qabul qilish tadqiqotlariga o`z e`tiborini qaratgan. J.Katonaning fikriga ko`ra, ijtimoiy-psixologik jarayonlar omma yoki guruhlar darajasida emas, balki har bir shaxs darajasida amal qiladi. Iqtisodiy xulq-atvor har bir shaxsning xulq-atvori va qabul qilish yig`indisi sifatida tushuniladi. Bunday tasavvur o`z navbatida, iste`mol borasida olib borilgan tadqiqotlarda qaror qabul qilishning roli alohida ekanligini ta`kidlab o`tadi.
Iqtisodiy psixologiya shakllanishiga sabab bo`lgan eng muhim nazariyalardan biri “Ko`rsatma va qaror qabul qilish nazariyasi”dir. Keyingi paytlarda olib borilgan ijtimoiy-psixologik izlanishlar doirasida “istaklarni shakllantirish davomida ko`rsatmalarning tutgan roli” masalasi tadqiq etilgan bo`lib, bu ishlar J.Katona dasturining yangicha zamonaviy o`qilishiga o`z ta`sirini ko`rsatdi. Ushbu mazmundagi eng ta`sirchan yondashuv – Adzen va Fishbeyn (Ajzen and Fishbein, 1980) tomonidan taklif etilgan “asosli harakatlar nazariyasi” hisoblanadi. Mualliflarning fikricha, u yoki bu tarzda harakat qilish istagini shakllantirishda me`yoriy e`tiqod va ko`rsatma elementlarning qarama-qarshiligi kuzatiladi... Inson xarajatlar foydadan oshib ketadigan yoki ahamiyatga ega bo`lgan boshqa shaxslar tomonidan norozilik bildirilishi kutiladigan hollarda o`z ko`rsatmalarini amalga oshirish borasida izchil emaslikka yo`l qo`yishi mumkin. Asosli harakatlar nazariyasida biron narsani xarid qilish istagi xaridning ahamiyati va buning boshqalar tomonidan qanday baholanishi bilan belgilanadi... Asosli harakatlar nazariyasi erkin tanlovli tadqiqotlarga umumiy yondashuv sifatida o`zining psixologik jihatdan yaroqli ekanligini isbotlab berdi. U iqtisodiy qaror qabul qilishga ko`plab ko`rsatmaviy, iqtisodiy va ijtimoiy holatlarning ta`sirini hisobga olishi mumkin, deb biladi. Bunday yondashuvning asosiy qimmati mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga ta`sir ko`rsatuvchi omillarni aniqlash hisoblanadi. Adzen va Fishbeynning ta`kidlashicha, xaridorning xohish-istagiga shunday yondashish kerakki, bu qaror qabul qilishning shakllaridan biriday bo`lsin, ya`ni: “O`z mohiyatiga ko`ra xaridorning xulq-atvorida hech qanday kutilmagan narsa yo`q. Bu insonning odatiy harakatlari bo`lib, bir nechta muqobil variantlardan birini tanlashni qamrab oladi, uning asosida biror-bir yangi, hech narsaga o`xshamas sabab yotadi deb hisoblash mumkin emas”.
Bu mualliflar o`z yondashuvidan xaridorlarning avtomobil va pivo markasini tanlashini aniqlashda foydalanishgan. Ular ko`rsatmalar va subyektiv me`yorlarni hisobga olgan holda xarid ehtimolini oldindan aytib berishning uddasidan chiqdilar. Qaror qabul qilishga ta`sir ko`rsatuvchi ayrim “tugal” samaralar aniqlandi, masalan, kishilar narsalarni o`zlari uchun xarid qiladilarmi yoki boshqalar uchunmi. Asosli harakatlar modeli iqtisodiy psixologiyada qaror qabul qilish bo`yicha tadqiqotlarda kamdan-kam hollarda tizimiylashgan ravishda qo`llanadi. Shunday bo`lsa-da, Katona dasturi doirasida xarajatlarni sarflash jarayonlarini o`rganish yetakchi hisoblanadi. Katona dasturi amaliy iqtisodiyotning “ko`rsatmalar nazariyasi” bilan birgalikda iqtisodiy psixologiyadagi “qaror qabul qilish modeli”ning yetakchi bo`lishiga olib keldi. Biroq, kishilar noaniqlik yoki tavakkal holatlarda ham qarorlar qabul qiladilar.
Ko`pincha (ehtimol, har doim) ular xarajatlar, yutuqlar, cheklovlarni baholashni tahlil qilish uchun barcha zarur ma`lumotga ega bo`lmaydilar. Noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilinar ekan, insonlar to`laqonli maqsadga muvofiq hisoblangan tahlil kabi katta hajmda axborot talab qilmaydigan nazariy tekshirishda yangiliklar kashf etish jarayonida qo`llaniladigan mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmui (evristika)dan foydalanadi. Tverski va Kanemanning (Tversky and Kahneman, 1981) izlanishlari shuni ko`rsatdiki, statistika axboroti bilan ishlar ekan, kishilar ko`pincha o`xshashlik va reprezentativlik kabi mantiqiy usullar va metodik qoidalar majmuiga tayanadi.
Oxirgi yillarda bu yondashuv iqtisodiy psixologiyada ta`sirchanlik rolini yanada oshirib oldi. Psixologlar ham, iqtisodchilar ham ushbu yondashuvga asosan, kishilar o`z manfaatlari, ko`plab iqtisodiy sharhlar va tushunchalar, masalan, kelajakdagi daromadni bilish tamoyillari negizida qaror qabul qiluvchi iqtisodiy nazariyadagi oqilonalik asoslariga tanqidiy munosabatda bo`lishadi. Amaliy iqtisodiyot noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilish modeli sifatida Saymon (Simon, 1957) tomonidan taklif etilgan maqsadga muvofiq bog`lanish (bounded rationality) tushunchasidan foydalanadi. Modelga muvofiq, kishilar turli xildagi o`ziga xos mulohaza shakllaridan foydalanib, maqbullikka qaraganda ko`proq asoslanganlikka intilishadi. Agar biror-bir usul o`tmishda o`zining bunday vaziyatda samaradorligini isbotlagan bo`lsa, kishilar o`z qarorini takrorlash bilan qoniqadilar va yanada maqbulroq yo`lni izlamaydilar.
Gute va boshqalar (Guth et al., 1992)ning fikriga ko`ra, amaliy iqtisodiyotda psixologiya va iqtisodiyot o`rtasidagi munosabatlarni turlicha talqin qiluvchi ikkita yondashuv mavjud. Amaliy iqtisodiyot nazorat qilinuvchi sharoitlarda iqtisodiy (qoidaga ko`ra moliyaviy) qarorlar qabul qilishni modellashtiruvchi bir qator texnikalarni o`z ichiga qamrab oladi. Ushbu usulning afzalligi mojarolarni hal etish, narx haqida kelishuvlar, altruizm holatlari, guruhlararo va shaxsiy munosabatlar o`rnatilishi vaziyatlari kabi psixologik jarayonlar keng doirasiga nisbatan qo`llanilishi bilan izohlanadi.
Ilmiy tajribalarni o`tkazuvchilar qat`iy asoslangan ko`rsatkichlar bilan “o`yin” tashkil qiladilar. O`yinchilarning xulq-atvori qoidalar bilan cheklangan bo`lib, yuqori darajadagi foyda olishga yo`naltiriladi. Tadqiqotchilar sinovda ishtirok etayotganlarni o`yinda yana qatnashishga taklif etadilar. Maqsadga muvofiq xulq-atvordan og`ishni xarajatlar va foyda nisbatidagi o`zgarishlar funksiyasi sifatida ko`rib chiqish mumkin. Agar cheklovlarga rioya qilgan holda yutuqning subyektiv ahamiyati o`rganiladigan bo`lsa, bunda xuddi o`sha iqtisodiy modellashtirish tamoyillari qo`llanishi mumkin. Biroq bunda kishilar o`zini o`yinda va real dunyoda qanday tutishi o`rtasidagi muvofiqlikni topish talab qilinadi. Bu tashqi yaroqlilik masalasiga qaraganda ko`proq iqtisodiy xulq-atvorning muayyan turlari haqidagi masaladir.



Download 115 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling