6-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari
Download 248.02 Kb.
|
6-мавзу
6-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari
Mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`z oldiga qo`ygan vazifalari mavjud bo`lib, davlatning iqtisodiy siyosati bu vazifalarni bajarilishiga qaratilmog`i kerak. 90-yillar O`zbekiston iqtisodiy mustaqilligining dastlabki bosqichi hisoblanadi va davlat tashqi iqtisodiy siyosatining maqsadlari shu davrning o`ziga xos xususiyatlariga mos kelishi kerak. Ular orasida eng muhimlari quyidagilar: yo`naltirilgan iqtisodiyotini shakllantirish milliy ishlab chiqarishni texnik iqtisodiy jihatdan jahon darajasiga ko`taradi., uning tuzilishini takomillashtiradiYU, respublika valyuta zahiralarini ko`paytiradi; import tuzulishini takomillashtirish, ya`ni uni milliy ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va kengaytirishga qaratish, sobiq ittifoq import siyosatida bo`lgan kamchilik, xatolarni bartaraf etish; O`zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash, ya`ni ma`lum darajada tashqi iqtisodiy faoliyatda eksport-import operatsiyalari, valyutani olib chiqish, boshqa xalqaro bitimlar ustidan davlat nazoratini o`rnatish. O`zbekistonning tashqi iqtisodiy siyosati aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport bo`g`inini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`ringa ega bo`lishini ta`minlovchi sohalarini aniqlash. Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport bo`g`inida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usullaridan keng foydalanish. Bu usullar quyidagilardan iborat: eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash; eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilar ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash; davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnalogiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishiga subsidiyalar ajratish; eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish; ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltiriladigan xom ashyo va materiallar, asbob uskunalar va jihozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar. Bozor iqtisodiyotiga o`tishning hozirgi bosqichida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish tizimining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: respublika milliy manfaatlariga javob beruvchi va uning jahon hamjamiyatidagi o`rnini ta`minlovchi tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonuniy asoslarini o`rnatish; mulkchilik ko`rinishining turli shakllaridan qat`i nazar, TIFning barcha ishtirokchilari uchun eng yuqori samaradorlikni ta`minlash, ularning faoliyati va manfaatlarini himoya qilish; milliy iqtisodiyotni muvoffaqiyatli isloh etish uchun tashqi iqtisodiy omildan to`liq foydalanish. Prezident, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi O`zbekiston TIFning rivojlanish strategiyasini aniqlaydi, uning normativ bazasini ishlab chiqadi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari harakatiga umumiy rahbarlikni va ular ustidan nazoratni amalga oshiradi; tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi – yagona TIFni amalga oshirishni, xalqaro aloqalarning barcha ishtirokchilari, ya`ni davlat, shirkat, paychilik, jamoat, xususiy tashkilotlar faoliyatini nazorat qilishni ta`minlaydi; TIF ni tartibga solishning davlat usullarini ishlab chiqadi va qo`llaydi (bojxona tariflari, eksport kvotalari, TIF bilan shug`illanishga ruxsat va boshqalar); vazirlikka taqdim etilgan ruxsatga mos keluvchi mahsulotlar bo`yicha eksport-import operatsiyalarini o`tkazadi; tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlari tomonidan tuziladigan tashqi iqtisodiy shartnoma va kelishuvlarni tekshirishni amalga oshiradi. "Innovatsiya", "O`zagroimpeks", "Interservis", "O`ztashqitrans", "O`zekspomarkaz" - Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiyalar vazirligi tizimidagi yirik xo`jalik hisobidagi tashqi savdo va iqtisodiy tashkilotlar hisoblanadi. Ular shu tashkilotlar uchun belgilangan mahsulot va xizmat turlari bo`yicha tijorat-xo`jalik faoliyatini amalga oshiradilar. TIF banki yoki respublika Milliy banki: tashqi iqtisodiy operatsiyalarga xizmat ko`rsatadi, shuningdek eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlar tuzadi; korxonalar, tashkilotlar, xususiy shaxslarning valyutadagi hisob-kitoblarini olib boradi; xorijiy valyuta sarmoyalarini jalb etadi, ularga xizmat ko`rsatadi, valyutadagi kredit zahiralarini yig`adi va valyutada kreditlarni amalga oshiradi; valyuta zahiralarini yaratadi, saqlaydi va respublikaning valyuta manfaatlarini himoya qiladi. Bojxona boji – bu mamlakatga olib kelinayotgan yoki mamlakatdan olib chiqilayotgan mahsulotlarga solinadigan majburiy soliqdir. Xalqaro amaliyotda bojxona bojlarining turli xillari qo`llanadi va ularni hisoblash yo`llari ifodalanishi hamda harakat sohasiga ko`ra quyida keltirilgan chizma bo`yicha guruhlash mumkin. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek bojxona bojlari stavkasi, ya`ni ularning tartibga solingan ro`yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflari qandaydir belgilashga ko`ra taqsimlangan mahsulotlar ro`yxatini o`z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilari (klassifikatorlari) asosida qurilgan. Bunday belgilarga ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o`simlik dunyosi) qayta ishlash darajasi (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ni misol qilib keltirish mumkin. Bojxona tariflari asosan milliy darajada qo`llaniladi. va bunda qator vazifalarni bajaradi: Download 248.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling