6-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni xorijiy investitsiyalar yordamida rivojlantirish masalalari


Download 248.02 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi248.02 Kb.
#1056096
1   2   3
Bog'liq
6-мавзу

fiskal, ya`ni davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat qiladi;
protektsionistik, ya`ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi;
boshqaruv, ya`ni iqtisodiy tuzilishni qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg`or siljishlar rag`batlantiriladi.
Xalqaro hududiy savdo bloklarining eng yirik to`qqiztasining tarkibi qo`yida keltirilgan:
1. Ovrupa Hamjamiyati (ES)-Avstriya, Germaniya, Velikobritaniya, Italiya, Irlandiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Finlyandiya, SHvetsiya, Daniya, Bel’giya, Lyuksemburg, Niderlandu, Gretsiya.
SHimoliy Amerika erkin savdo haqidagi kelishuvi (NAFTA) - A+SH, Kanada, Meksika.
Ovrupa erkin Savdo Assotsiatsiyasi (EAST) - Islandiya, Norvegiya, SHveytsariya, Lixtenshteyn.
Osiyo-Tinchokeani iqtisodiy hamkorligi (ASEAT) - Avstraliya, Bruney, Malayziya, Singapur, Tailand, YAngi Zelandiya, Papua-Novaya Gvineya, Indoneziya, Fillipinu, Tayvan’, Gonkong, YAponiya, YUjnaya Koreya, Kitay, Kanada, SSHA, Meksika, CHili.
Merkosur - Braziliya, Argentina, Paragvay, Urugvay.
Janubiy Afrika Tarakkiyot kumitasi (SADK) - Angola, Botsvana, Lesoto, Malavi, Mozambik, Mavrikiy, Namibiya, YUAR, Svazilend, Tanzaniya, Zimbabve.
G`arbiy Afrika iqtisodiy va valyuta ittifoki(YUEMOA)- Kot-d`Ivuar, Burkina-Faso, Nigeriya, Togo, Senegal, Benin, Mali.
Janubiy Osiyo hududiy hamkorlik assotsiatsiyasi(SAARK)- Indiya, Pakistan, SHri Lanka, Bangladesh, Mal’div orollari, Butan, Nepal.
And pakti- Venesuela, Kolumbiya, ekvador, Peru, Boliviya.
Xalqaro savdoni boshqarish, uning taraqqiyotiga bo`lgan to`siqlarni yo`q qilish, uni erkinlashtishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tashkilotlarning eng asosiylaridan biri bu-Tariflar va savdo bosh bitimidir (GATT) dir. GATT to`zilishi haqidagi kelishuv 1947 yilda 23 mamlakat tarafidan imzolandi va 1948 yilda kuchga kirdi. 1995 yil 31 dekabr’da GATT o`z faoliyatini tugatdi va uning urniga Umum jahon savdo tashkiloti(VTO) barpo qilindi.
GATT bu ko`p tomonlama xalqaro kelishuv bo`lib, u a`zo mamlakatlarning o`zaro savdosiga aloqador ko`pgina printsiplar, huquqiy normalar, savdoni olib borish va davlat boshqaruviga oid qoidalarni o`z ichiga oladi. GATT eng yirik xalqaro iqtisodiy tashkilotlardan biri bo`lib, uning faoliyat doirasi dunyo savdosining 94%ni kamrab oladi. GATTning huquqiy mexanizmi bir qator qonun-qoidalarga asoslangan:
- savdoda bir tarafning huquqi bo`zilishini oldini olish, qo`yidagilarni ta`minlash yo`li bilan: bir tarafdan eksport, import, tranzit operatsiyalari va ular bilan bog`liq boj va to`lovlar borasida eng qulay sharoit yaratish yo`li bilan; ikkinchi tarafdan esa import va milliy mollar orasida ichki solik va to`lovlar borasida, shuningdek ichki savdoni boshqaradigan qoidalar borasida teng huquqlikni ta`minlaydigan milliy tartibni yaratishda;
- eng qulay sharoit , ya`ni kelishuvga kirishayotgan taraflar orasida ular tarafidan uchinchi davlatlarga berilayotgan(yoki berilajak) barcha imtiyoz va ustunliklardan foydalanish huquqini yaratish. Bu qoida tovarlarning olib kirilishi va olib chiqilishi, boj to`lovlari, ishlab chiqarish, dengizchilik, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqiy axvoliga ta`alluqli;
- milliy bozorni himoya qilishda ko`prok tarif ko`rollaridan foydalanish, import va boshqa notarif cheklashlardan voz kechish;
- ko`p tomonlama mo`zokaralar olib borish yo`li bilan boj tariflarining jiddiy pasaytirilishi;
- rivojlanayotgan mamlakatlar bilan savdoda preferentsialtizimni urnatish;
- savdo borasida paydo bo`lgan kelishmovchiliklarni mo`zokaralar yo`li bilan xal qilish;
- bir-biriga savdo-siyosiy yon bosishda hamkorlik.
O`zbekiston davlat suverentetiga va mustaqillikka 1991 yilning avgustida erishib, mustaqil ravishda xalqaro bozorga chiqish yo`li juda ideal bo`lmasa ham, lekin rivojlanish uchun ko`plab zahiralarga ega edi. Respublika tashqi iqtisodiy aloqalari intensifikatsiyasining kelib chiqish shart-sharoitlari quyidagilardir:
yer boyliklari, mineral xom ashyo va o`simliklar resurslari, shuningdek, ajoyib tuproq-iqlim sharoitlari, qishloq xo`jaligini rivojlantirish hamda uning mahsulotlarini qayta tayyorlaydigan sanoat ishlab chiqarish majmui bazasini yaratish uchun haddan ziyod imkoniyatlarning mavjudligi;
milliy xalq xo`jaligi majmui infratuzilmasining yuzaga kelishi, respublikani jahon xo`jaligi aloqalariga keng miqyosda jalb eta oladigan yirik ilmiy potentsialning jamuljamligi;
eksport potentsialining yuqori darajada ekanligi;
tegishli koooperatsiya va hamkorlikdagi sarmoyalar yordamida raqobatga bardoshli mahsulotlarni yuqori darajada tayyorlay oladigan ishlab chiqarishni qisqa vaqt ichida yaratish potentsialining mavjudligi;
nisbatan olganda (jahon miqyosida baholaganda) arzon ishchi kuchiga ega bo`lishi mumkinligi;
xorijiy kapital sarmoyasi va o`zaro manfaatdorlik asosida hamkorlik o`rnatish uchun respublikada barqaror siyosiy muhitning yaratilganligi.
O`zbekiston iqtisodiyotining asosiy tarmoqlariga ko`plab xorijiy texnologik sarmoyalarning kirishi bilan chambarchas bog`liqdir:
aviatsiya mashinasozligi va avtomobilsozligi;
kon qazilmalari va kimyo sanoati;
qishloq xo`jaligi xom ashyosini qayta ishlash va qadoqlash;
qurilish materiallarini ishlab chiqarish;
to`qimachilik sanoati;
telekomunikatsiya va aloqa;
transport va uning xizmati.
“Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonga ko`ra, korxonalar ishlab chiqargan mahsulot tarkibida eksportga ishlab chiqarish bo`lsa, imtiyozlarga ega.
Amaldagi imtiyozlar va rag`batlantirish omillari tizimi quyidagilardir:
ishlab chiqarish hajmida tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti kamida 30%ni tashkil etadigan korxonalarga , mulkchilik shakllaridan katxiy nazar, foyda solig`ini amaldagi stavkalardan ikki baravar kamroq to`lash huquqini berish;
Respublika davlat investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo`yicha soliqlar to`lashdan besh yil muddatga ozod etish;
O`zi ishlab chiqargan mahsulotni ruxsatnomasiz bemalol chetga olib ketish;
O`zbekiston hududida qo`shma korxonalarning va faqat xorijiy sarmoya bilan ishlaydigan korxonalarning Ustav fondiga hissa qo`shish uchun mol-mulkni chetdan boj solig`isiz olib kirish;
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun er uchastkalaridan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqini tanlov asosida sotib olish.
tashqi aloqalar jarayonida salmoqli yutuqlarga erishishimiz bilan birga, bozor iqtisodiyotiga o`tish munosabati bilan iqtisodiy islohotlarini amalga oshirish davomida uchrayotgan muhim va dolbzarb muammolar hali echimini topgani yo`q. Bunga bir necha sabablar bor:
Birinchidan, tashqi tuzilmalardagi eksport ishlab chiqarishida tub o`zgarishlar ro`y bermaguncha, xom ashyo mahsulotlari, avvalo, paxta salmoqli o`rinda turaveradi, shuningdek, boy turistik imkoniyatlardan aslo etarli darajada foydalanilayotgani yo`q.
Ikkinchidan, qoloq (jahon standartlariga nisbatan olganda) texnologiyadan va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish past darajada davom etmoqda, ayniqsa, respublikaning xom ashyo maxsulortlarini qayta tayyorlaydigan sohalari bo`yicha ishlab chiqarish yaxshi yo`lga qo`yilmagan. Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmayotgan eksport baza taraqqiyotini cheklab qo`yishda asosiy to`siq bo`lmoqda.
Uchinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirishga oid qabul qilingan qarorlar ma`muriy-tashkiliy tadbirlar miqyosida o`z ijrosini topmayapti hamda iqtisodiy va amaliy choralarni hal etishda qat`iyatlilik etishmayapti.
To`rtinchidan, vazirliklaridoralar, kontsernlar, hissadorlik jamiyatlari, barcha xususiy korxonalar hamda matlubot tashkilotlari respublika qonunchiligi asosida o`z zimmalariga yuklangan tashqi iqtisodiy faoliyatdagi vazifalarini mukammal bajarmayaptilar, bunga qisman iqtisodiy rag`batlantirish choralaridan samarali foydalana olmaslik ham sabab bo`lmoqda. Jahon bozori qonunlari va talablarini yaxshi bilmaslik, tegishli chora-tadbirlarni o`z vaqtida amalga oshirmaslik, munosib kadrlar tayyorlash ishida mas`uliyatsizlik holatlari namoyon bo`lmoqda.
Xalqaro marketing ko`pincha mamlakatlar chegarasidan tashqaridagi tovar va xizmatlar marketingi yoki mahsulot va xizmatlarni ikki yoki undan ortiq mamlakatda ishlab chiqaruvchi va taqsimlovchi xalqaro kompaniya tomonidan amalga oshiriluvchi marketing sifatida ta`riflanadi. Xalqaro marketing kontseptsiyasining mazmuni va uning rivojlanish yo`nalishlari tovar va xizmatlar jahon bozori bilan aloqasi xarakteri va kengligiga bog`liq bo`ladi.
Bu aloqalarni quyidagilar yordamida tavsiflash mumkin:
1. Korxona mahsulot eksportchisi ham, importchisi ham bo`lmaydi va xalqaro mehnat taqsimotining boshqa hech qanday shakllarida ishtirok etmaydi.
2. Korxona vaqti-vaqti bilan tayyor mahsulotlarni eksport qiladi hamda chet eldan tovar va xizmatlarni import qiladi.
3. Korxona xalqaro mehnat taqsimotida import materiallar yoki tarkibiy qismlar, nou-xauni iste`mol qilish orqali ishtirok etadi yoki aksincha, u etkazib beruvchi material va yarim tayor mahsulotlar yakuniy mahsulot tarkibida eksport qilinadi.
4. Korxona shartnomaviy ishlab chiqarish yoki qo`shma korxona shaklida xalqaro sanoat va ilmiy-texnik hamkorliklarda ishtirok etadi.

Download 248.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling