6-mavzu. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi


Download 1.81 Mb.
bet2/3
Sana31.03.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1311003
1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU

BIRINCHI BOSQICHDA 1992-1993

  • 1 mil­lion kvartira xususiylashtirildi yoki O'zbekiston shaharlaridagi har bir oilada o'rtacha 4,7 kishi bo'lsa, qariyb 5 millionga yaqin kishi birgina kvartiralar xususiylashtirilishi evaziga mulkdorga aylandi.

«Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»g

  • 1994-yil 21-yanvarda qabul qilingan «Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 1994-yil 16-martda qabul qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy­lashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida»gi Prezident Farmonlari xususiylashtirish jarayonini yana ham yangi pog'onaga ko'tarish, uni sifat jihatidan yaxshilash imko­nini berdi.

Dehqon xo'jaliklari uchun 193 ming gektar yer ajratib berilib, 7 ming dehqon xo'jaligi paydo bo'ldi. 1994-yil oxiriga kelib ular soni 14, 2 mingtaga yetdi.
Mustaqillikning o'tgan davrida xususiy korxonalar soni 7,5 mingtadan 19 ming 300 taga yetdi. Birgina 1996-yilning o'zida ki­chik va xususiy korxonalar soni 19 ming 100 taga ko'paydi. 1997-yilning 1-yanvariga kelib ular soni 100 mingtaga yetdi.
1997-yil 1-yanvariga kelib aksariyat korxonalar xususiylashti­rildi. Agar 1993-yilda jami korxonalarning 39,4 foizdan ortig'i dav-latga tegishli bo'lmagan korxona bo'lsa, 1994-yilda bu ko'rsatkich 57,7 foizga, bugunga kelib esa 82,7 foizga yetdi.
Agar 1993-yilda xalq xo'jaligida band bo'lgan aholining 48 foi-zi nodavlat sektorida ishlagan bo'lsa, ayni paytda ularning 70 foizi mazkur sektorda faoliyat ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda sanoat mah­suloti hajmining yarmidan ko'pi, qishloq xo'jalik mahsulotining 97 foizi, chakana tovar oborotining 94 foizi, pudrat ishlarining 61 foizi nodavlat sektori hissasiga to'g'ri keladi.

Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bi­lan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 ba­robar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi.

  • Kichik va xususiy biznes faol rivojlanmoqda. Ro'yxatdan o'tgan kichik va xususiy korxonalar soni 1999-yil 1-iyunga kelib 160,1 ming birlikka yetdi, bu esa respublika hududidagi yuridik shaxslar umumiy sonining 89 foizini tashkil qiladi. 260 mingdan ortiq respublika fuqarosi yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bi­lan shug'ullanmoqda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar soni - 1,4 ba­robar, fermer xo'jaliklari soni - uchdan bir hisobida ko'paydi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling