6-mavzu. O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi


Birinchi Prezident I. Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohot­larni chuqurlashtirish yo'lida»


Download 1.81 Mb.
bet3/3
Sana31.03.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1311003
1   2   3
Bog'liq
6-MAVZU

Birinchi Prezident I. Karimov o'zining «O`zbekiston iqtisodiy islohot­larni chuqurlashtirish yo'lida»

  • «Mulkchilik masalasini hal qilish bozorni vujudga keltirishga qaratil-gan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo'lib xizmat qiladi... Xuddi shu masalani hal qilish bilan yangi jamiyat, yangi iqtiso­diy munosabatlar poydevoriga birinchi g'isht qo'yildi. Ushbu masalaning davr talablariga muvofiq muvaffaqiyatli hal etilishi respublikamiz iqtisodiyotini jahondagi rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorga qo'yadigan asosiy omildir».

Dehqon xo'jaliklari faoliyati tubdan o'zgarib bordi. 1998-yilda go'shtning 90 foizi, sutning 92 foizi, sabzavot va kartoshkaning 70 foizdan ortig'i, poliz ekinlari va uzumning yarmidan ko'pi, respub­likada yetishtirilayotgan mevalarning 61 foizi shaxsiy yordamchi xo'jalik deb atalmish xo'jaliklarda tayyorlandi.
Mulkdorlar sinfini shakllantirish davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish bilan bevo-sita bog'liq. Xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish jarayoni natijasida hozirgi paytda xususiy korxonalar respublikadagi korxonalarning umumiy sonidan 46 foizni, aksionerlik jamiyatlari va mas'uliyati cheklangan jamiyatlar - 12 foizni, jamoa mulki kor-xonalari - 6 foizni, fermer xo'jaliklari - 14 foizni tashkil qiladi.
2005-yilda davlat korxonalarini butunlay, shuningdek, davlat aksiya paketlarini asosan xususiy mulkdorlarga sotish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Natijada 980 ta obyektdan 902 tasi xususiy mulkka aylantirildi. 2000-2005-yillar davomida jami 4 ming 660 ta korxona va obyekt xususiy mulkdorlarga sotildi.
O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shaklllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo‘yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish;
Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling