6-Mavzu: Qorin parda bo’shligining pastki qavati a’zolari klinik anatomiyasi va operativ jarrohligi. Mavzu bayoni


Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishi


Download 31.57 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi31.57 Kb.
#1125739
1   2
Bog'liq
6- Mavzu.

Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishi


Yo’g’on ichakning qon bilan ta’minlanishida yukori va pastki ichak to’tqich arteriyalari qatnashadi.
Yuqori to’tqich arteriyasining tarmoqlari:
1. a.iliocolica. – yonbosh ichakning terminal qismi, chuvalchangsimon o’simta, ko’tariluvchii chambar ichakning boshlangich qismini qon bilan ta’minlaydi.Bu arteriya a. colica dextraning pastga tushuvchi tarmogi bilan anostomoz hosil kiladi.
2. a.colica dextra –ko’tariluvchii va pastga tushuvchi tarmoqlarga bulinadi. Ko’tariluvchi chambar ichak, ko’ndalang chambar ichakning jigar egriligi sohasini qon bilan ta’minlaydi.
3. a.colica media– o’ng va chap tarmoklarga bo’linib, ko’ndalang chambar ichakni qon bilan ta’minlaydi. a.colica medianing chap tarmogi va a.colica sinistra o’rtasidagi anastomoz Riolan ravogini hosil qiladi.
Pastki to’tqich arteriyasining tarmoqlari:
1. a.colica sinistraning yuqoriga ko’tariluvchi tarmogi pastga tushuvchi chambar ichakni, pastga tushuvchi tarmogi esa pastga tushuvchi chambar ichakning pastki qismini qon bilan ta’minlaydi va a.sigmoidea bilan anstomoz hosil kiladi
2. a.sigmoidea. Sigmasimon ichakni qon bilan ta’minlaydi.
3.a.rectalis superior sigmasion ichakning pastki qismini va to’g’ri ichakning yuqori qismini qon bilan ta’minlaydi
INGICHGA ICHAK REZEKSTIYASI .

Kursatmalari: churra tarkibiga kirib uni qisilishi natijasida yazaga kelgan ichak nekrozlari , tutkich arteriyasining trombozi yoki buralib kolishi natijasida ichak nekrozga uchrashi , ichak jaroxatlari yalliglanishlari ( Kron kasaliklar) korin terlama kasaliklarda yuzaga kelgan yaralar .


Operastion kirish yuli: urta – urta laporatomiya yoki pastki urta laporatomiya kesimi kullaniladi. Agar ingichka ichak kovuzlogi churra ilimenti buli kisilish natijasida nekrozga uchragan bulsa ( kupincha chov , son churralarida ) , churra operastiyalari vaktida son va chov kanali teshiklari kichkina bulganligi sababli ichakni rezekstiya kilish kiyinchilik tugdiradi. Buning uchun churra operastion kesimiga kushimcha yana pastki urta laporatomiya kesimi kullash zaruriyati tugiladi.
Ichak rezeksiyasining asosiy boskichi rezekstiya kilinuvchi soxasining chegarasi xisoblanadi. Buning uchun ichakning sog soxasidan kesilishi kerak va uni tomrlarini saklab kolishiga xarakat kilinadi Rezekstiyada shuni etiborga olish kerakki ichakning qisilish holatlarida uzgarish qupg’oq olib keluvchi qismida yuzaga keladi . Shu sababli ichakning olib keluvchi qismini nekrozga uchragan kismiga 10-15 sm yetmasdan olib ketuvchi kismini esa 8-10 sm uzokrokdan rezekstiya qilinadi. Ichak rezekstiyasidan uning tutkichini ichidagi tomirlarni boglab kesish muhim rol o’ynaydi. Buning uchun ingichka ichakning kon bilan ta’minlanish xususiyatlarini esda saklash ma’kul . Bizga malum ki yukori tutki arteriyasi korin aortasidan chikib 12-barmokli ichagining pastki gorizontal va me’da osti bezi boshchasining orasidan utib tutkichni ichiga kiradi va arkadalarga ( bir necha) keyin esa paralel arteriyalariga va ulardan tugri arteriyalar chikib ichak devoriga kiradi.Arteriyalarni paralel arteriyalar soxasida kesib boglansa shu arteriya kon bilan ta’minlovchi : soxaning kolgan kismi yana nekrozga uchraydi. Agar ichakning kam kismi zararlangan bulsa tomirlar ichak devoriga yakin joydan boglab kesiladi . Ichak devorining kup kismi zararlangan bulsa (usmalarda ) bunday xolda ichak tutkichi xam ponasimon shaklida kesiladi. Ichakni tutkichi bilan birgalikda rezekstiya kilish uchun uni rezekstiya kilinuvchi sohasidan ildiz asosiga karab kesib boriladi.Rezekstiya qilinuvchi ichakning oxirgi qismlariga qisuvchi ( Koxer ) qisqichi , qoluvchi qismiga esa elastik qisqich ( ichak jomlari ) urnatiladi. Kisuvchi kiskichlar kiyshik – kundalang yunalishi buyicha ( ichakni ozod soxasi kuprok tutkichli kismi esa kamrok olinadi) kuyiladi . Buning natijasida ichakni qipg’oq tomirlari saqlanib qolinadi va uni diametri kam torayadi .Kisuvchi kiskichlarning tashkiy soxasidan ichak kesib tashlanib ichaklar orasida anastomoz kuyiladi. Anastomoz qo’yishning uch xili tafovut qilinadi.: uchma-uch, yonma-yon , va uchma-yon.Uchma –uch anastomoz qo’yish boshqa anastomozlarga nisbatan fiziologik jihatidan qulayroq . Lekin buning uchun olib keluvchi va olib ketuvchi ichaklarning diametrlari bir xil bulishi shart. Bundan tashkari anastomozdan keyin ichak diametri kisilib kolishi mumkin. Uni oldini olish uchun uzluksiz choklardan foydalanish kulayrokdir. Olib keluvchi va olib ketuvchi ichaklarning orka kismiga sero-seroz Lyamber choki kuyiladi, keyin esa orka ( ichki ) lablarni Albert ichak choki yordamida tikib chikiladi va oldingi ( tashki ) lablarga buruvchi SHmiden chok kuyiladi. Shiden chokidan keyin operastiyaning iflos boskichi tugaydi . Jarroxlik asboblar va dokalar sterillangani bilan almashtirilib , jarrox kulini yuvadi. Keyin esa Shmiden chokining ustidan yana sero-seroz Lyamber choki kuyiladi.Yonma-yon anastomoz kuyishida esa ikkala kesilgan yuzalariga sero-seroz kavatlarni olgan xolda xaltali ( aylana ) chok kuyilish ichaklarning uchi tozalanib yod eritmasi surtiladi. Keyin ichak chultogi xaltali chokni ichiga keritilib tortib boglanadi, uning ustidan yoki zet – simon chok qo’yiladi. Ikkala ichaklarning oxirgi qismlari o’zaro yaqinlashtirilib sero-seroz choklari yordamida bir-biriga tikiladi. Lamber chokidan 0,75 sm qoldirilib ichak devori anatomik pinstet yordamida ushlanib hamda qavatlar kesiladi va teshik orkali ichakning ichi tupfer bilan tozalanib ikki tomonga karab (Lyamber chokining boshlanish va tugash kismiga 1 sm yetmasdan ) ichak devori kesiladi . Ikkinchi ichakda xam xuddi shunday kesim utkaziladi . Natijada 4 ta lab ( ikkita ichki va ikkita tashki ) xosil buladi . Ichki lablarga Albert choki tashki lablarga esa Shmiden choki qo’yib tikiladi. Operastiyaning kolgan kismi esa yukorida kursatilgan usul bilan tugatiladi. Jaroxat kirrasiga rezinali naycha ( 72 soat ) kuyilib, kesilgan yumshok tukimalar kavatma-kavat tikiladi. Yonma-yon anastomoz qo’yishining uchma-uchdan afzalligi shundaki bu usulda ichak diametri toramaydi, lekin fiziologik jihatdan kamchilik tomoni bo’lib , unda ichak cho’ltoqlari ko’r xalta shaklida qoladi.
Download 31.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling