6-mavzu: raqamli gigiena va netiket reja: 1
Download 73.34 Kb.
|
6-MAVZU RAQAMLI GIGIENA VA NETIKET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijodkor yoshlar media kontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida .
Mavzuga oid topshiriq. Yosh jurnalistlar “Bu juda muhim” rukni ostida turkum tok-shou ko‘rsatuvlarini tayyorladi. Ularning ishiga baho bering hamda ushbu jarayonda qanday vosita, usul va yondoshuvlardan foydalanilgani, buning natijasida auditoriyada qanday hissiyotlar uyg‘ongani to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring. 2.Rejissyor X. Nasimovning yoshlar haqidagi “Tubanlik’ filmini ko‘rib chiqing. Ushbu film yoshlarning ongiga va shaxsiy “men”I shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? U qanday hissiyotlarni uyg‘otadi? Ushbu film qanday qadriyatlarni ilgari suradi? Filmda zo‘ravonlikning roli qanday? Qaysi yoshdagi tomoshabinlar ongining ushbu filmni qabul qilishga tayyorligini e’tiborga olgan holda ko‘rishi mumkin? Filmda qanday gender qoliplarni ko‘rish mumkin?
Media turli ideal, qadriyat va dunyoqarashlarni taklif etadi. Kasbiy nuqtai nazardan, yoshlar taqdim etilayotgan media modellar orqali o‘zining ijodiy qiyofasini belgilab oladi, turli mass-medialarda yetakchilik qilayotgan ustoz jurnalistlar imiji bilan o‘zini qiyoslab ko‘radi. Teleko‘rsatuv, ijtimoiy media va kontentning boshqa ko‘rinishlari vositasida ijodkor yoshlar shaxsiy kontenti orqali o‘z qadriyatlarini va olam bilan munosabatlarini shakllantiradi. Yaratilayotgan media resurs orqali ular o‘z tengdoshlariga ta’sir ko‘rsatishi, ijtimoiy xulq-atvor va xatti-harakatning ma’lum modellarini taklif etishi mumkin. Ijodkor yoshlar media kontenti o‘zlikni anglash va dunyoqarashni shakllantirish omili sifatida. Ijodkor yoshlar boshqa tengdoshlaridan o‘zini namoyon etishga bo‘lgan alohida intilishi bilan ajralib turadi. Ushbu jihatular shaxsi va kasbiy dunyoqarashining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Medialar esa ular turli rollar, modellar va tajribalar vositasida o‘zining maqsadsari intilishini ko‘rsatish uchun universal makon sifatida xizmat qiladi. Bu o‘rinda gap ijodkor shaxs mustaqilligi, fikr va his-tuyg‘ularining anglanganligini nazarda tutuvchi o‘zlik haqida bormoqda. Shuning asosida ijodkor yoshlarda izchil tarzda yuqori darajadagi mustaqillik, o‘zini anglash va aniq natijalarni ko‘zlash asosida yuzaga keluvchi tanqidiy tafakkur shakllanadi. Shubhasiz, yoshlarning o‘ziga baho berishi va o‘zligini anglashi tashqi ta’sirlardan xoli bo‘lmaydi. Media ularga o‘ziga xos tarzda bosim o‘tkazadi. Chunki odatda, ular o‘zini namoyon etayotgan media resurs boshqalarning mehnati mahsuli ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatda o‘z ichiga turlicha yo‘nalish va mazmundagi qadriyatlarni olgan media xabarlarni tanqidiy ko‘rib chiqish ko‘nikmasining mavjudligi muhim. Media ta’lim ijodkor yoshlarning ongini, o‘ziga va atrofdagilarga bo‘lgan munosabatini rivojlantirishda, o‘zini olamning bir qismi sifatida tasavvur etishida turli imkoniyatlarni taklif etadi. Bu o‘rinda ularning o‘zlikni namoyon etishning qudratli visual vositasi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga aralashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda, ularda taniqli media shaxslarga taqlid qilishni emas, balki yosh o‘zining fe’l atvorini, kasbiy qiyofasini, ijodiy “men”ini yaratish va mustahkamlashga xizmat qiladigan shaxsiy xatti-harakat modelini shakllantirish muhimdir. Download 73.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling